Maqsad: ishtirokchilarni faollashtirish, ijobiy kayfiyatni yuzaga keltirish.
Jarayon: avvalo ishtirokchilardan “yungi jingalak, seryung bo‘lgan honaki itning nomi nima deb ataladi?” Deya so‘raladi. Ishtirokchilardan turli fikrlar chiqishi mumkin. Bunday itning nomi pudel. Ishtirokchilardan endi quyidagini faraz qilish so‘raladi. “bizlar pudel itlarimiz va biz suvga tushib ketdik. Suvdan chiqqach jiqqa xo‘lmiz. Endi ustimizgadi suvdan qutilishimiz kerak. Buning uchun yaxshilab silkinamiz va silkinishni tananing bosh qismidan boshlaymiz.” Shundan so‘ng trener o‘zi qilgan harakatlarni ishtirokchilardan bajarishni so‘raydi. Harakatlar quyidagicha: 1-alohida bosh huddi itlarniki kabi siltitiladi; 2-so‘ngra elkalar ham shunday silkitiladi; 3-har bir qo‘l alohida-alohida osmonga ko‘tarib silkitiladi; 4- dumlar (bel va toz qism engil silkitiladi) likkilatiladi; 5-oyoqlar alohida-alohida silkitiladi. Bundan so‘ng harakat tananing pastidan tepaga qarab qaytariladi. Ya’ni: 1-oyoqlar alohida-alohida silkitiladi; 2-dumlar (bel va toz qism engil silkitiladi) likkilatiladi; 3-har bir qo‘l alohida-alohida osmonga ko‘tarib silkitiladi; 4-so‘ngra elkalar ham shunday silkitiladi; 1- va ohirida alohida bosh huddi itlarniki kabi silkitiladi shuning bilan mashg‘ulot yakuniga etadi.
2-sessiya asosiy qism “hayot yo’li obrazi” mashqi
Mashg’ulotning borishi: ishtirokchilarda hayotiy maqsadlarni tushunish uchun qanday obraz yoki sur’at muvofiq kelishini o’ylashlari kerak bo’ladi. So’ngra quyidagi tartibda suhbat o’tkaziladi:
Siz yashayotgan hayot tarzini qanday tasavvur qilish mumkin?
Agar sizning hayot yo’lingizni rasmi chizilsa, o’zingizni bu yo’lda qanday tasavvur qilasiz?
Hayot yo’lingizni tasavvur qilib bo’lgach uni qanday o’zgartirish haqida o’ylab ko’ring. Bu obrazda nimani “qayta bo’yashni”, o’chirishni, qayta chizishni xohlardingiz? Hayot yo’lingizni yangi obrazlarini qaysi biri sizga yoqadi? Sizga yoqqan obrazga muvofiq kelishi uchun hayotingizda nimani to’g’irlash mumkin edi?