Oilaning kinetik rasmi



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#118071
  1   2   3
oila testi


5.2. Mavzu: “Oilaning kinetik rasmi” metodikasi
Maqsad: Proyektiv metodikalarni qo’llanilishini o’rganish
Jihoz: “Oilaning kinetik rasmi” metodikasi, natijalarini tahlil qilish usullari va javoblar varag’i.
Tadqiqot uchun – oq qog’oz (21 x 29 sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam (qora, qizil. ko’k, yashil, sariq, jigarrang), o’chirgich zarur. Bolaga qo’yidagicha ko’rsatma beriladi: «Iltimos, o’z oilang rasmini chiz». Bunda «oila» so’zining ma’nosini tushuntirish ta’qiqlanadi. Agar bola nima chizish kerakligini so’rasa, psixolog ko’rsatmani qayta takrorlashi zarur. Vazifani bajarish vaqti chegaralanmagan (ko’pincha 35 minut dan oshmaydi). Vazifani bajarish jarayonida bayonnomada quyidagilar qayd qilinishi zarur: A) degallarni chizish ketma-ketligi; B) 15 sekunddan ortiq pauzalar; V) detallarni o’chirish; G) bolaning spontan (dabdurustdan, o’z-o’zidan berilgap) izohlari; L) emotsional reaktsiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi.
Vazifa bajarib bo’lingach, psixolog vsrbal yo’l bilan iloji boricha ko’proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim. Odatda quyidagi savol bilan murojaat qilinadi.

  1. Ayt-chi, bu erda kim tasvirlangai?

  2. Ular qaerda tasvirlangai?

  3. Ular nima qilishayapti?

  4. Buni kim o’ylab gopdi?

  5. Rasmda chizilganlarning esh baxtlisi kim? Nima uchun?

  6. Ulardan eng baxtlisi kim? Nima uchun?

Oxirgi ikkita savolga agar bola javob bergisi kelmasa, uni majburlash mumkin emas. Chunki u hissiyotlar bilan bog’liq.
Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmning mazmunini aniqlashga harakat qilishi zarur:
- agar oila a’zolaridan biri tasvirlanmagan bo’lsa unga nisbatan hissiyotlarini;
- uning sabablarini; rasmdagi alohida detallar (hayvonchalar, qushchalar) bola uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilish muhimdir. Ammo bunda iloji boricha, to’g’ri, bevosita savollarga murojaat qilmaslik zarurki, bu bolada tashvishlanish, himoya reaktsiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Ko’pincha bunday hollarda Proyektiv savollarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir (masalan, «agar qushcha o’rniga odam rasmi chizilgan bo’lsa, u kim bulishi mumkin?», «Akang bilan musobaqalashsang kim totgan bo’lardi?». «Biror erga bormoqchi bo’lsa, akang uzi bilan kimni olib ketar edi?»).
Suhbatdan so’ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabarni aniqlashga qaratilgan:

  1. Tasavvur qilaylik, tsirkka 2ta chiptang bor. Kimni o’zing bilan birga tsirkka taklif qilar eding?

  2. Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq kimdir kasal bo’lib uyda qoladi. U kim?

  3. Konstruktordan uy yasayapsan, lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga chaqirasan?

  4. Senda qiziqarli filmga bir necha chiitalar bor, lekin u oila a’zolarining sonidan 1taga kam. Uyda kim qoladi?

  5. Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga chushib qolding, u erda kim bilan yashashni xohlarding?.

  6. Senda qiziqarli loto o’yini bor. Oila a’zolaring bilan uni o’ynamoqchisizlar. Ammo bitta odam ortiqchalik qilayapti. Kim loto o’ynamaydi?

Interpretatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur:
a) tadqiq qilinayotgan bolaning yoshi;
b) uning a’zolari soni, aka-singillari yoshi;
v) agar iloji bulsa, bolaning uy va bogchadagi, maktabdagi xulqi haqida ma’lumotlar.
«Oila rasmi» metodikasi interpretatsiyasini shartli 3 qismga ajratiig mumkin:

  1. «oila rasmi» strukturasi tahlili;

  2. oila a’zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi;

  3. rasm chizish jarayoni tahlili.

1. «Oila rasmi» strukturasini tahlil qilin: va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash.
Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to’laligicha aks ettiradi. Tadqiqotlarda ko’rsatilishicha, 6-8 yoshli normal intellektga ega bulgan bolalarning 85% (oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a’zolarini tuliq rasmini chizadi. Agar oila a’zolaridan birortasi tushib qolgan bulsa, bunga alohida e’tibor berilishi talab qilinadi. Chunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi.
Ba’zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman aloqasi bo’lmagan odamlar aks ettirilganligini ko’rish mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi – oila bilan bog’liq bulgan salbiy kechinmalar: rad etilganlik hissi, himoyasizlik hissi, yuqori darajadagi xavotirlanish hamda psixologning urganilayotgan bola bilan yaxshi aloqa o’rnata olmaganligi bulishi mumkin.
Amaliyotda ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qoldirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi o’sha oila a’zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Odatda, ko’proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi – masalan; «joy qolmagani uchun chizmadim», «U o’ynashga ketgan» kabi. Ba’zida esa ochiqdan ochiq: «Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi», «U biz bilan birga yashashini xohlamayman» deb javob beradilar.
Ba’zan real oila a’zolari o’rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda, psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi muhim (ko’pincha bola oiladagi ta’sirni kamaytirishni xohlagan aka yoki ukasini shunday aks zttiradi).
Ba’zi rasmlarda bola uz rasmini chizmaydi yoki oilasi urniga faqat uzini aks ettiradi. Bu bolaning o’zini oila tarkibiga qushmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi.
Rasmda «Men»ning mavjud bulmasligi qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli.
Oila tarkibining katgalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lumotlar berishi mumkin. Odatda bu oiladagi psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bogliq. Oilada yolgiz farzand bulsa, affilyatsiya ehgiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo’shni bolalar yoki ba’zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin.

Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin