Oilaning kinetik rasmi



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə3/3
tarix19.05.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#118071
1   2   3
oila testi

Rasm chizish jarayoni tahlili Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi zarur:
a) oila a’zolari rasmini chizishdagi ketma - ketlik;
b) detallarni chizishdagi ketma - ketlik;
v) o’chirish;
I) chizib bo’linmagan ob’ektlar, detallar va figuralarga qaytish;
d) pauzalar;
s) spontan izohlar;
Tadqiqotlarning kursatishicha, 38 % ga yaqin bolalar birinchi bo’lib onalarini, 35 % i o’zlarini, 17 % i otalarini, 8 % i esa aka-uka, ona-singillarini chizadilar. Himoya qilishda eng muhimidan boshlanganidek, bolalar rasmda birinchi bo’lib eng ahamiyatli, muhim yoki emotsional jihatdan yaqin odamini aks ettiradi. Bu shu bilan izohlanishi mumkinki, ona oilada muhim funktsiyalarni bajaradi, bolalar bilan ko’p vaqt birga bo’ladi, ularga boshqalarga nisbatan ko’proq e’tibor qaratadi.
O’zlarini birinchi bo’lib tasvirlash bolalarga xos bo’lgan mos xususiyati – egotsentrizm bilan bog’liq.
Agar rasm onasi yoki o’zidan katta balki boshqa oila a’zolaridan boshlansa, bunga ahamiyat qaratish zarur. Chunki bu shaxs ko’pincha bola uchun qadrli bo’lib, unga bog’langan bo’ladi. Agar bola eng oxirida onasini chizsa, bu bolaning unga nisbatan negativ munosabatini bildiradi.
Oila a’zolarini chizishdagi ketma-ketlik tahlili figuralar grafik tasviri xususiyatlari tahlili bilan birgalikda amalga oshirilsa, ishonchli ma’lumotlar olish mumkin. Agar birinchi tasvirlangan figura hajm jihatidan katta, biror sxematik tarzda, bezatilmagan holda ifodalansa, bu shaxsning bola uchun ahamiyati, oiladagi ustunligi, kuchidan dalolat beradi, ammo bolaning unga nisbatan hissiyotlari ijobiy emas. Ko’pincha bolalar oila rasmini chizish vazifasini olgach, oila a’zolarini chiza boshlaydilar. Ba’zi bolalar esa avval turli ob’ektlarni, quyosh, mebel rasmini chizib, keyin odamlarni tasvirlashga kirishadilar. Bu - o’ziga hos himoya reaktsiyasi bo’lib, bola o’ziga yoqimsiz vazifani bajarishni bir oz orqaga suradi. Ko’pincha bu noqulay oilaviy vaziyat, yomon munosabatlar, shuningdek, bazida psixolog bilan bolaning aloqasi yomon bo’lganida kuzatiladi.
Oila azolari rasmi chizib bo’lingach unga yana qaytish bola uchun uning ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Muayyan detallar, oila a’zolarini chizishdan oldingi pauza nizoli vaziyat bilan bogliq hamda motivlar ichki dissonansining tashqi ifodalanishi hisoblanadi. Ongsizlik darajasida bola negativ emotsiyalar bilan boglangan shaxs yoki detalini chizish chizmaslikni hal qiladi.
Chizilgan rasmni, detalni o’chirish, uni qayta chizish bu oila azosiga nisbatan negativ yoki ijobiy munosabat ifodasi bo’lishi mumkin. Bunda rasm chizishning natijasi muhimdir. Agar o’chirish, qayta chizish yaxshi tomonga o’zgarmagan holda bo’lsa, bolaning bu kishiga nisbatan nizoli munosabati haqida fikr yuritish mumkin. Spontan izohlar ko’pincha raem mazmunining bola uchun ahamiyatini anglatishi mumkin. Shuning uchun bu izohlarni diqqat bilan eshitish lozim
Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin