O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik



Yüklə 155,5 Kb.
səhifə2/2
tarix10.02.2020
ölçüsü155,5 Kb.
#30418
1   2
Akramova Z. Ona tili metodikasi Kurs ishi


Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik:

1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari tadbirlariga rahbarlik qilishda, avvalo o'tkazilayotgan tadbirning ahamiyatiga, ijtimoiy xarakteriga e'tibor berish kerak;

2. Yaxshi ishtirok etgan o’quvchilarni, sinfni maktab jamoasi oldida moddiy va ma'naviy jihatdan ragbatlantirish;

3. Darsdan tashkari tadbirlar orkali ukuvchi shaxsidagi axlokiy sifatlarni rivojlantirish yullarini izlash;

4. Sinfdan tashkari mashgulotlarga raxbarlik kilishda milliy kadriyatlar ta'siri vositasida ba'zi ukuvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bar-taraf kilib borish;

5. Boshlangich sinf ukuvchilari bunday tadbirlarda zur ishtiyok bilan kat-nashadilar. Ba'zan xamma ukuvchilar xam birdek talabga javob bera olmay-dilar, shu sababdan ularning ishtirokiga asta-sekinlik bilan erishish.

Mazkur ishlarni amalga oshirishda xar-bir boshlangich sinf ukituv-chisi eng avvalo, tashkil kilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chukur urganishi, uning natijalariga jiddiy e'tibor berishi va bu bilan ukuvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etishga intilmogi, Vatanga e'tikod, milliy gurur, Vatan ravnaki uchun xizmat kilish, kolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yullarini izlamogi lozim.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari tarbiyaviy faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning darsda olgan bilimlarini amalda isbotlash maqsadida turli ertaliklarni, kechalarni, bellashuvlarni o'tkazish maqsadga muvofiq.

Buning uchun, avvalo o'tkazilayotgan tadbir haqida bolalarda tushuncha xosil kilish, Vatan xakidagi she'rlarni yod oldirish, ukuvchilarning uzlari chizgan suratlar namoyishini tashkil qilish, ko'rinishlarni tayyorlash bilan ertaliklarga tayyorgarlik kuriladi.

Milliy bayramlarimizni boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan birga-likda nishonlash, avvalo o'quvchilarda ona-Vatanga, tabiat va jonzotlarga nisbatan mehr-muhabbat, g'urur va iftixor hissini tarbiyalaydi. Bu kabi tarbiyaviy ishlarning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lo'gat boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlarini mustahkamlanadi, xotirasida uzoq vaqt saqlab qoladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'quvchilar birdamlikka, jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasiga ega bo'ladilar.

Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiyalab borishda ertaliklarning o'z o'rni bor.

Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega bo'lgan tarbiya vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o'quvchilari ishtirok etadilar. Ularga tayyogarlik ko'rishning o'ziyoq bolalarda qiziqishni uyg'otadi. Bolalar ertalik munosabati bilan she'r, qo'shiqlar yodlashi, raqs tushishi va albatta milliy qadriyatlarimiz namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir.

Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o'tkazishga kam e'tibor beriladi, ba'zi sinflarda umuman o'tkazilmasligi ayon bo'ldi.

Ertaliklar quyidagi tartibda o'tkazilsa, yaxshi natija beradi.

- ertalikning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar to'plash;

- ertalikning dasturini rejalashtirish;

- ertalikka mehmonlar taklif etishni rejalashtirish;

- ertalik o'tkaziladigan joyni aniqlash va bezash;

- ertalikni muvaffaqiyatli o'tkazish va qatnashchilarni rag'batlantirish.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan «Navro'z bayrami», «Mehrjon bayrami», «Gullar bayrami ertaligi», «Alifbo ertaliklari», “Oltin kuz” va boshйa ertaliklarni uyushtirish mumkin.

Shuningdek, Navro'z bayrami xalqimizning eng qadimiy qadriyatlaridan biridir. Uni necha ming asrlardan buyon ajdodlarimiz nishonlab kelishadi. Navro'z kelishi bilan tabiat uyg'ona boshlaydi. Bu kun tabiatning o'zidan kelib chiqqan holda, kun va tun tenglashuvi, kunlarning uzayishi, dalalarda ishlarning avj olishi bilan, tabiatning uyg'onishi va yashillanishi bilan boshlanadigan xalq bayramidir. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha shahar va qishloйlarida, korxona-yu, tashkilotlarida, maktabu-bog'chalarida “Navro'z” bayramiga bag'ishlangan sayillar, tadbirlar, namoyishlar, bellashuv va ko'rik-tanlovlar o'tkaziladi.

Boshlang'ich sinflarda bu ishlarning davomi sifatida «Navro'z bayrami» ertaligini tashkil qilish mumkin. Bu borada boshlangich sinf o’qituvchilari “Navro’z”, “Bahor” haqidagi she'rlarni ifodali o’qib berib, o'quvchilarni bahor kelganidan ogoh etishi va bu tadbirga ularni jalb etishlari mumkin. Ertalikda barcha o’quvchilarni ishtirok etishini ta'minlash lozim. Shuningdek, musiqa o'qituvchisi yordamida bolalarga Navro’, Bahor, Vatan, Tabiat haqidagi alohida va guruh ishtirokida aytiladigan ashulalar o'rgatiladi. Mana shu tantanaga tayyorgarlik ko'rishning o'ziyoq bolalarga benihoya zavq-shavq bag'ishlaydi. O'qituvchining bayramga atab devoriy gazeta chiqarishi, unda bahor, tabiatning tasvirlanishi ham bolalarda ko'tarinki kayfiyatni hosil qiladi. Biz yuqorida aytganimizdek, ertalik munosabati bilan bolalarning she'r yodlashi, qo’shiq va raqslarni, bahor, tabiat, hayvonlar to’g’risidagi topishmoq, tez aytishni o’rganishlari ertalikni qiziqarli, ta'sirchan o’tishiga katta yordam beradi. Ertalik mazmunini boyitadigan obrazlar: Navro’zoy, Dehqonbobo, Gullar, Bahoroy, Quyosh bobo, hayvonlardan: Ayiqpolvon, Quyoncha, Olmaxon, qushlarning ishtiroki bayramga yanada ko’rk bag’ishlab bolalarning qiziqishini yanada oshiradi.



Ertalikka ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif qilinadi. Bu ertalik, ya'ni, «Navro'z» bayrami ertaligi orqali o'quvchilar yurtimiz tabiati, undagi bahor munosabati bilan bo'ladigan tabiat hodisalari, kattalar mehnati xaqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Qolaversa, bu ertalik orqali bolalar ona-tabiatni asrashga, jonvorlarga ozor bermaslikka, tevarak-atrofni ifloslantirmaslikka, daraxt va ko'chatlarni ko'paytirish ishlariga o'z hissalarini qushishda katnashadilar. Shu bilan birga o’quvchilar bu ertalik orqali, «Navro’z» bayrami xalqimizning e'zozlab keladigan qadriyatlaridan biri ekanligini anglab etadilar.


  1. Savod o‘rgatish davri sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchlar savodxonligini oshirishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlardan foydalanish

Zamonaviy ta'lim sharoitida yangi pedagogik va axborot texnologiya ishlarini qo'llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashda didaktik ta'limotni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

Didaktik vosita nima? Bu savolga javob berish uchun biz avvalo «vosita» so'zining ma'nosini esga olaylik. Yuqorida aytib o'tganimizdek biror bir ishni sifatli va samarali amalga oshirishimiz uchun biz albatta tegishli vositalardan foydalanamiz. Masalan, tuproqqa ishlov berishda, uni yumshatish vositalari, bular tuvakdagi gul uchun kichik yumshatgich belkurakchalar bo'lsa, bog'dagi tuproqqa ishlov berishda ketmon va belkuraklardan, bir necha gektarlik ekinzor dalalarga esa traktorlardan foydalanamiz. Endi tasavvur qiling, agar vosita bo'lmasa ushbu ishlarni amalga oshirish qanchalik qiyin bo'lardi, hatto ba'zilarini amalga oshirish imkoni ham bo'lmasdi. Xuddi shu kabi mahsulot tayyorlashda dastgohlardan, yuk tashishda transportlardan, ommaga axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalaridan va h.k. foydalanamiz. Xuddi shuningdek ta'lim berishda esa didaktik vositalardan foydalanamiz. Pedagogika kursidan bizga ma'lum bo'lgan didaktika, ya'ni grekcha «didaktos» so'zidan olingan bo'lib, ta'lim bermoq yoki ta'lim nazariyasi degan ma'noni anglatishini esga olishning o'zi kifoya. Didaktik vositalar - bizga tanish, hayotimizda uchraydigan, hatto biz foydalanib yurgan vositalar bo'lishi mumkin. Ya'ni ularning hammasi ham aynan ta'lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo'lishi shart emas. Shu jihatdan olganda didaktik vositalardan foydalanishni o'rganish osonroq. Faqat qo'llanilayotgan vositaning didaktik imkoniyatlarini aniqlab olish zarur. Masalan: televideniyeni olsak, u turmushimizda dam olish uchun qo'llaniladigan maishiy texnik vosita bo'lsa, aholi orasida targ'ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Lekin undan ta'limda ham keng foydalanayapmiz. Masalan, masofadan turib o'qitishda u didaktik vosita sifatida qo'llanilishi mumkin.

Didaktik vositalar o'quv jarayonida muhim o'rin tutadi. Chunki ular o'quv jarayonining asosiy tashkil etuvchi vositalaridan biri hisoblanadi. Didaktik vositalar o'quv jarayonida o'qituvchilarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Didaktik vositalardan o'quv jarayonida quyidagilardan foydalaniladi:

- nazariy mashg'ulotlarda talabalarga yangi bilimlarni berish uchun mavzuga doir o'quv materiallarini tushuntirish, namoyish qilish, tahlil qilishda;

- amaliy mashg'ulotlarda talabalarga tanlagan kasblariga oid vazifalarni bajarishga doir malaka va ko'nikmalarni shakllantirish uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish, mashq qilishda;

- nazorat mashg'ulotlarida talabalarning bilimlarini baholash uchun turli testlar va dasturlardan foydalanishda.

Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va turli tadbirlarni o'tkazishda ham didaktik vositalarsiz ko'zlangan maqsadga erisha olmaymiz.

Endi bir tasavvur qilib ko'raylik, mashg'ulotda biror bir texnologik mashina yoki jihozning ishlash prinsipi to'g'risida o'qituvchi faqat og'zaki usul bilan qay darajada talabalarga ma'lumotlarni bera olardi. Agar bu ishda o'qituvchi shu texnologik mashina yoki jihozning prinsipial sxemasidan-mi, uning virtual, yoki aynan modelidan-mi, unga doir video materialdan-mi foydalansa, talabalarga uni tushunishlari, tasavvur qilishlari qay darajada oson bo'ladi. Bu ikki vaziyatni solishtirsak natija yaqqol sezilib turadi. Albatta ikkinchi vaziyatda samara yuqori bo'ladi. O'quv jarayonida olib boriladigan mashg'ulotlarda biz faqat og'zaki usul bilan tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi o'quv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma ko'rinishda, ovozli va tasviriy ko'rinishda, xajmiy va harakatli ko'rinishda, elektron va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini bilib olamiz. Buning uchun biz avvalo didaktik vositalarning klassifikasiyasi bilan tanishib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.



Didaktik vositalarning klassifikasiyasi. Avvalo biz didaktik vositalarni uch yo'nalishga ajratamiz. Bular didaktik materiallar, ulardan foydalanish uchun qo'llaniladigan didaktik vositalar, hamda didaktik materiallar va vositalar yordamida ta'limni amalga oshirish uchun loyihalangan majmualar. Har bir yo'nalish bo'yicha ularning tegishli turlari bor.

Biz bularning har biri bilan kelgusi ma'ruzalarda, tegishli mavzular orqali, chuqurroq tanishib olamiz. Hozir esa ular to'g'risida qisqacha boshlang'ich ma'lumotlarni beramiz. O'quv mashg'ulotlarida talabalarga beriladigan, namoyish qilinadigan, bajarib ko'rsatiladigan va shunga o'xshash barcha turdagi o'quv axborotlarini biz didaktik materiallar deymiz. Ularni qachon va qay maqsadda qo'llashimizga qarab ularni alohida guruhlarga ajratib chiqamiz (1-rasmga qarang).





1 – rasm. Didaktik vositalarning guruhlanishi.

Ushbu materiallarni qo'llashda va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plakatlar, diapozitivlar, fotosuratlar, audio, televizion va videomateriallar, informasion texnologiyalar asosidagi materiallar va h.k.z.

O'z navbatida vositalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va didaktik imkoniyatlariga qarab sinflaymiz (1–rasmga qarang).

Shundan kelib chiqqan holda biz mashg'ulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qo'llaymiz, buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashg'ulot uchun tuzilgan didaktik vositalari majmuasi hisoblanadi (1–rasm).

Endi qisqacha didaktik vositalar to'g'risida mulohaza yuritsak. Har bir vazifani amalga oshirishda, yaxshi samaraga erishish uchun biz unga kompleks, ya'ni majmuiy yondoshishimiz maqsadga muvofiqdir. Shudan kelib chiqqan holda biz ham mashg'ulot davomida beriladigan o'quv axborotlarini majmua tuzgan holda bersak ishimiz ancha samarali kechadi.

Didaktik o'yinli darslar

Didaktik o'yinli darslarni o'quvchilarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferensiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin.

O'qituvchi avval o'quvchilarni individual, so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng, ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o'quvchilar didaktik o'yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.

O'qituvchi didaktik o'yinli darslarni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:



  1. Didaktik o'yinli darslar dasturda qayd etilgan ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi.

  2. Muhim muammolarga bag'ishlanishi va ular o'yin davomida hal etishini.

  3. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi.

  4. O'yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi.

Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o'yinli darslarning tavsifiga qisqacha to'xtalamiz.

Rolli o'yinlar

Zamonaviy ta'limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o'yinlardan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'quvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko'nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta'limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o'yinlar o'ziga xos o'rin tutadi. Bugungi kunda ta'lim jarayonida qo'llash nihoyatda qulay bo'lgan bir qator o'yinli texnologiyalar yaratilgandir.

Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, o'quvchilarning muayyan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo'llash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo'ljallangan didaktik o'yinlarni ishbilarmonlar o'yini deyiladi. Ishbilarmonlar o'yini ham boshqa o'yinlar kabi o'qituvchi va o'quvchilardan puxta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi.

O'qituvchi ishbilarmonlar o'yinini uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur:



  1. O'yin mavzusini oldindan belgilash.

  2. Didaktik o'yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, o'quvchilar bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.

  3. Didaktik o'yin davomida o'quvchilar oldiga qo'yiladigai o'quv-bilishga oid muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo'llarini aniqlash va loyihalash.

  4. O'quvchilarni didaktik o'yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, didaktik o'yin talab etadigai vazifalarni taqsimlash, har bir o'quvchiga aniq yo'llanma berish.

  5. Mazkur o'quv-bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda o'quvchilarning avvalgi mavzulardan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini tanish, odatiy va kutilmagan vaziyatlarda qo'llash imkoniyatlarini aniqlash.

  6. O'quvchilarning didaktik o'yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish.

Didaktik o'yinli darslarniig muvaffaqiyati, avvalo, o'quvchilarning mazkur o'yinlarga puxta va qizg'in tayyorgarlik ko'rishlariga, o'qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bog'liq. O'quvchilarning bunday o'yinga tayyorgarlik ko'rish faoliyati quyidagi masalalarni bilishni taqozo etadi:

  1. Didaktik o'yinning maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish.

  2. Didaktik o'yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni aniqlash.

  3. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo'llarini topish.

  4. Har bir o'quvchining o'zi bajarishi lozim bo'lgan vazifalarni anglashi, o'qituvchidan kerakli yo'riqnoma va ko'rsatmalar olish.

  5. Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning optimal variantini tanlash.

  6. Didaktik o'yin ishtirokchilari o'rtasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam va o'zaro nazorat vujudga kelishini ta'minlash.

Shuni ta'kidlash joizki, o'yinli texnologiyalar ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlash, o'quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig'ini qisqartirish, ta'limni jadallashtirishga yordam beradi.

O'yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo'ladiki, buning oqibatida har o'quvchi o'zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o'zi egallagan o'rinni barqarorlashtiradi, o'z – o'zini boshqarish ko'nikmalarini hosil qiladi. O'yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko'nikma va malakalarga aylanishini ta'minlash, balki o'quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.

Pedagog va psixolog olimlar – D.N.Uznadze, L.S.Vgotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.Ya.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbiskiy va boshqalar o'yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o'ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma'lumotlarga egamiz.

O'yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko'zda tutiladi:



  • ta'limiy (didaktik) maqsad;

  • tarbiyaviy maqsad;

  • faoliyatni rivojlantirishga yo'naltiruvchi maqsad;

ijtimoiy maqsad.

G.K. Selevkoning fikricha, o'yin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo'ladi:



Didaktik o'yinlarning umumiy tavsifi




Dars qurilishiga doir dars namunalari:

1. Tayyorlov bosqichi.

Mavzu: Cho’pon yigit Shiroq.

Darsning maqsadi:

a) afsonaviy qahramonlar haqida ma'lumot berish.

b)o`quvchilarda Vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash;

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar.

Darsning borishi:

1. Kirish suhbati.

O`quvchilardan Vatanini dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari so’raladi. To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon ham o’tganligini, uning qahramonligi haqida xalqimiz, "Cho’pon yigit Shiroq" degan afsona yaratgani aytiladi.

2. "Cho’pon yigit Shiroq" afsonasi o`qilb beriladi. Z.Afsona yuzasidan dastlabki suhbat:

Afsona sizga yoqdimi? Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan? Shiroq nima uchun xanjari bilan burni, quloqlarini kesdi? Keyin Shiroq kimning oldiga bordi? U shox Doroga nima dedi? Shiroq Doro qo’shinlarini kayerga olib bordi? Shiroq nima deb hayqirdi?

3. O`quvchilar javobi umumlashtirilib, ular Vatanni sevishga, uning tinchligi uchun kurashishga chorlaydilar.

4. Asarga ishlangan rasmlar ko’rsatiladi.

5. Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig’i beriladi. Ota-onalaridan qahramonlar haqida ertak, hikoya, bilib kelishlari va ota-onalariga Shiroq haqida gapirib berishlari aytiladi.

Yana nimalar haqida bilishni istashlari o`quvchilardan so’raladi.


UMUMIY XULOSALAR

Boshlang`ich sinflarda o'qish darslari to'g'ri yo'lga qo'yilsa sinfdan tashqari o'qish darslarida o‘qitish metodlarini qo'llash to'gri yo'lga qo'yiladi. Tuzilmaning ikki asosiy tashkil etuvchisi: o'qish darslari jarayoni va sinfdan tashqari o'qish darslari turlarining bir-birini rivojlantirishini ta'minlash uchun ularning har bir bo'g'inining o'zaro bog'liqlik asoslari ishlab chiqildi.



Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlar o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek, qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi.

Badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va axloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. “Ertaklar- yaxshilikka yetaklar” deganlariday o’quvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekan, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi.

2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. O‘zbekiston. 2008.

3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent. O‘zbekiston. 2012

4. Abdullayeva Q. Savod o‘rgatish metodikasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1996

5. Abdullayeva Q. va boshqalar. O‘qish kitobi. 2-sinf. Toshkent. O‘zbekiston. 2011.

6. .“Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturi boshlang’ich ta’lim” T.:2017 yil

7. Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodlari. -Toshkent: O'qituvchi, 1985. - 290 bet.

8. Bobomurodova A. Ona tili ta'limi jarayonida O'yin topshiriqlaridan foydalanish: Ped.fan. nom. ...dis. –Toshkent, 2006. –146 b.

9. Mavlonova R., To'rayeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika.-Toshkent: O'qituvchi, 2001. – 510 b.

10.Ne'matov H., G'ulomov A., Ziyodova T. So'z boyligini oshirish. –Toshkent: O'qituvchi, 207. –98 b.

11. Safarova R. va boshqalar. Savod o‘rgatish darslari. Toshkent. Ma’naviyat.

12. “ Boshlang’ich ta’lim takomillashtirilgan o’quv dasturi ” Boshlang’ich ta’lim 2006 , 5- son .

13.G'afforova T., Nurullayeva Sh., Haydarova O. Boshlang'ich sinflar uchun ona tili va o'qishdan didaktik materiallar. –Toshkent: Ilm ziyo, 2004. –80 b.

14. G'afforova T., G'ulomova X., Eshturdiyeva G. 1-sinfda savod darslari. – Toshkent: O'qituvchi, 1996. -127 b.

15. Gapparova T., Shodmonov E. , Eshturdiyeva G.l , “Alifbe ”; “Savod ” ; “ Ona tili ” T ., “O’qituvchi ”1999 yil

16. G'afforova T., Nurullayeva Sh. Boshlang'ich sinflar ona tili darslarida didaktik o'yinlar va mustaqil ishlar. –Qarshi: Nasaf,2003.–54 b

17. Gapporova T., va boshqalar 1-sinfda “ Ona tili ” darsligi T., 2003

18. G’affarova T. va boshqalar “O’qish kitobi ”, 1-sinf , T. , 2006 yil

19. G’affarova T.. va boshqalar 1-sinfga o’qish darslari , T. , 2003 yil

20. Karima Qosimova va boshqalar “Ona tili o’qitish metodikasi” T., “Nosir” 2009

Internet saytlari:

1.www. ziyonet.uz

2.www.tdpu.uz

3.www.google.ru




1O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi.


Yüklə 155,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin