O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 114.54 Kb.
tarix12.02.2017
ölçüsü114.54 Kb.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo’qotilishi darajasini aniqlashga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”



2011 yil 1 iyuldagi № 195-son Qarori

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodyeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida" 2011 yil 7 apryeldagi 107-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo’qotilishi darajasini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnatga layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari ro’yxati 3-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari ro’yxatiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish huquqi berilsin.

3. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritilsin.

4. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 1 iyuldagi

195-son qaroriga

4-ilova
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o’zgartirishlar

1. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida" O’zbekiston Respublikasining Qonunini ro’yobga chiqarish uchun zarur bo’lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida" 1994 yil 11 maydagi 249-son qarori 1-bandining o’ninchi va o’n birinchi xatboshilari hamda qarorga 6 va 7-ilovalar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

2. Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2008 yil 8 avgustdagi 175-son qarorida (O’zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 44-modda):

a) 1-bandning to’rtinchi xatboshi va 3-ilova o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin;

b) 6-ilovada:

2-bo’limga izohdan "2-banddagi kasalliklar holatida uchinchi guruh nogironi ikki yil mobaynida TMEK tomonidan kuzatilgandan keyin qayta tibbiy tyekshirishdan o’tkazilmasdan belgilanadi" so’zlari chiqarib tashlansin;

3-bo’limga izohdan "1, 2, 3" va "5" raqamlari chiqarib tashlansin.

3. Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" 2010 yil 2 sentyabrdagi 193-son qarori)" 2010 yil 11 noyabrdagi 250-son qaroriga ilova 3-bandining "g" kichik bandi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 1 iyuldagi

195-son qaroriga

2-ilova
Mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi gradusini aniqlash tartibi to’g’risida



Nizom

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o’rinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi gradusini aniqlash tartibini byelgilaydi.

2. Kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasi kasb faoliyatini amalga oshirish layoqati yo’qotilishini baholashdan kelib chiqib, mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarni ko’rikdan o’tkazish sanasida foizlarda belgilanadi.

3. Jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasi TMEK tomonidan:

mehnatda mayib bo’lganda - Nogironlikning sabablari ro’yxati asosida belgilanadi, bunda nogironlik ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq mehnatda mayib bo’lganlik oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblanadi;

kasb kasalligida - ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq Kasb kasalliklari ro’yxati asosida belgilanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli sog’liqni saqlash muassasasining xulosasidan ko’chirma ham taqdim etiladi.



II. Kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlashning umumiy qoidalari

4. Kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasi jabrlanganga mehnatda mayib bo’lganda va/yoki kasb kasalligiga chalingandan oldingi kasbiy faoliyatni bajarishni davom ettirish imkonini beradigan layoqatlar, psixofiziologik imkoniyatlar va sifatlar, ayni o’sha mazmunda va o’sha hajmda hisobga olingan holda, yoxud malaka pasayganligi, bajariladigan ish hajmi va odatdagi, maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida va boshqa sharoitlarda mehnat og’irligi kamayishi hisobga olingan holda mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligiga duchor bo’lganlik oqibatida sog’liqqa shikastning oqibatlaridan kelib chiqib aniqlanadi va 5 foizdan 100 foizgacha darajada belgilanadi.

5. Takroran mehnatda mayib bo’lishda yoki yangidan paydo bo’lgan kasb kasalliklarida kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasi umuman olganda 100 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas va:

ko’rikdan o’tkazish paytida kasalliklarning har biri bo’yicha alohida, kasalliklar bir xodimning yoki turli xodimlarning ishi davrida bo’lganligi yoki bo’lmaganligidan qat’i nazar belgilanadi;

kasalliklar oqibatlari jabrlanganning kasbiy bilimlari va uquvlari hisobga olingan holda uning takroran mehnatda mayib bo’lishdan oldingi kasb faoliyatini bajarish layoqati ta’siriga qarab belgilanadi;

oldingi mehnatda mayib bo’lganlikdan oldingi kasbda kasbiy mehnat layoqatini tiklash bo’yicha jabrlanganni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.

6. Quyidagilarning jami tahlili:

klinik-funksional mezonlar;

kasb faoliyatining xususiyati (malakasi, ish sifati va hajmi, uni bajarish layoqati);

toifalar va hayot faoliyati cheklanishi darajasi jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasini ekspertizadan o’tkazishning asosiy myetodologik prinsipi hisoblanadi.

7. Klinik-funksional mezonlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

mehnatda mayib bo’lganlik va kasb kasalligining xususiyati va og’irligi;

mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligi tufayli kelib chiqqan patologik jarayon kechishi xususiyatlari;

organizm funksiyalari buzilishlarining xususiyati (turi) va darajasi (aniq namoyon bo’lgan, namoyon bo’lgan, mo’’tadil, uncha kuchli bo’lmagan);

klinik, reabilitatsiya va klinik-mehnat prognozi, shuningdyek psixofiziologik imkoniyatlar.

8. Kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlashda mehnat faoliyatiga bo’lgan layoqat cheklanishiga va hayot faoliyati cheklanishining boshqa toifalariga olib keladigan jabrlanganning organizmi funksiyalari buzilishining namoyon bo’lishi hisobga olinadi.

9. Kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlashda mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligidan keyin jabrlanganning odatdagi yoki maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida o’zining oldingi kasbi bo’yicha ishni to’liq hajmda bajarish layoqati hisobga olinadi.

10. Malaka pasayishining ko’p karraligi ushbu kasb faoliyati uchun belgilangan tarif-malaka razryadlari, darajalar, toifalar hisobga olingan holda belgilanadi.

11. Kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasi ishlarning murakkabligi koeffitsiyenti kamayishi hisobga olingan holda malaka pasayishi gradusiga qarab belgilanadi.

12. Kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlashda ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining og’irligi va tig’izligi ko’rsatkichlari bo’yicha mehnat sharoitlari darajalari hisobga olinadi.



III. Kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlash

13. Agar jabrlanuvchida mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligiga chalinish natijasida organizm funksiyalari aniq namoyon bo’lgan buzilishlarda kasb faoliyatiga, shu jumladan, maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida kasb faoliyatiga layoqat to’liq yo’qotilganda kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishining 100 foizi belgilanadi.

14. Quyidagi organizm funksiyalarining aniq namoyon bo’lgan buzilishlari kasbiy mehnat layoqati 100 foiz yo’qotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:

a) quyi paraplyegiya; ancha aniq namoyon bo’lgan tyetraparyez, triparyez, spastik tip yoki gipotoniya bo’yicha mushak tonusi oshgan holda paraparez, mustaqil harakatlanish mumkin bo’lmagan, muskul kuchi yaqqol pasayishi namoyon bo’lgan (1 ballgacha) oyoqlarning barcha bo’g’imlarida faol harakatlar minimal hajmi bilan (5,0 - 6,0 gradus) gipotoniya, elyektromiografiya (keyingi o’rinlarda EMG deb ataladi)ning III tipi - potyensialning tez-tez tebranishi, elyektromiogrammaning "tez-tez yuz beradigan ossillitsiyali baravariga otilgan" normal tuzilishining buzilishi (aniq namoyon bo’lgan paryez (nim falaj); EMGning IV tipi - funksional yuklamalar holatida to’liq bioelektrik sukut (qo’l-oyoq falaji);

b) barcha bo’g’imlarda faol harakatlarning eng kam hajmi bilan har ikki qo’lning ancha aniq namoyon bo’lgan nim falaji (yelka nim falaji - 5,5 - 10 gradus, tirsak nim falaji - 4,3 - 7,7 gradus, bilak-kaft nim falaji - 5,5 - 8,5 gradus); bosh barmoqni zid qo’yishning yaqqol namoyon bo’lgan cheklanishi (bosh barmoqning distal falangi ikkinchi barmoq o’zagiga yetadi), barmoqlarni musht qilib bukish (barmoqlarning distal falanglari 5 - 8 sm masofada kaftga yetmaydi); qo’llarning mushak kuchi pasayishi (1 ballgacha); qo’llar asosiy funksiyalarining buzilishi: yirik va mayda buyumlarni tutib olish va ushlab olish mumkin emasligi, faqat yordamchi funksiya saqlangan - buyumlarni ushlab turish va qisish;

v) vestibulyar-miyacha buzilishlari: yaqqol namoyon bo’lgan turg’un, dinamik ataksiya; III gradus aylanishdan keyingi nistagma 120 sekunddan ortiq davom etadigan vestibulyar qo’zg’aluvchanlik gipyerrefleksiyasi, 130 sekunddan ortiq davom etadigan III gradus kalorik nistagma;

g) qo’l panjasida barcha barmoqlar bo’lmasligidan boshlab qo’l cho’ltoqligi bilan birgalikda har ikki oyoqning amputtsion cho’ltoqligi (protezlanmagan);

d) III daraja nafas yetishmasligi, III daraja qon aylanishi buzilishi (tinch holatda nafas qisishi, 1 minutda nafas olish tezligi 30 va undan ortiq, dastlabki daraja tiklanmagan holda uncha ko’p bo’lmagan jismoniy zo’riqishdan keyin nafas olish 1 minutda 10 - 15 marta kuchayishi, ancha aniq namoyon bo’lgan sianoz, tinch holatda yordamchi nafas olish muskullari qatnashishi, aniq namoyon bo’lgan taxikardiya - minutiga 130 marta va undan ortiq urish, epigastral pulsitsiya, jigarning kattalashishi, periferik shish, o’pka hayotiy sig’imining zarur ekanligidan 50 foizgacha pasayishi, o’pkaning maksimal ventilyatsiyasi - 50 foizgacha, nafas olishning 1 minutdagi hajmi 180 foizgacha ko’payishi, Tiffno indyeksining 40 foizdan kamga pasayishi va kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti 20 foizgacha kamayishi, o’pka gyemodinamikasi buzilgan holda o’ng qorinchalar miokardining qisqartirish layoqati pasayishi);

ye) ancha aniq namoyon bo’lgan sensor buzilishlar (yagona yoki yaxshi ko’radigan ko’zning amalda yoki mutlaq ko’rligi: ko’rish o’tkirligi korreksiya bilan - 0,03 - 0, ko’rish maydoni 0 - 10 darajaga tyeng (qayd etish nuqtasidan myeridian bo’ylab periferik chegaralar va/yoki markaziy yoki paramarkaziy quyiladigan skotoma); ko’rish layoqati - ancha aniq namoyon bo’lgan pasayish yoki ko’rmaslik, elyektrofiziologik tyekshirishlar (keyingi o’rinlarda EFT deb ataladi) - E-U nuqsonlari 300 mkA yoki aniqlanmaydi, o’zgaruvchanlik 20 Gs dan kam yoki mavjud emas, miltillab ko’rinish qo’shilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi bir sekundda 20 dan kam (me’yor 45 Gs dan yuqori) yoki mavjud emas - har qanday ishni bajarishga monyelik bo’lganda;

j) tos organlari funksiyalarining ancha aniq namoyon bo’lgan buzilishlari (siydik, najas tutmaslik).

15. Agar jabrlanuvchi organizm funksiyalarining aniq namoyon bo’lgan buzilishi oqibatida kasbiy mehnatni faqat maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarishi mumkin bo’lsa, unga kasbiy mehnat layoqatining 70 foizdan 90 foizgacha yo’qotilishi belgilanadi.

Bunda kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishi darajasi maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida ishlarni bajarishda malaka pasayishi darajasiga qarab belgilanadi. Quyidagi hollarda:

a) ilgari malakali ishni odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida bajargan jabrlanuvchi mehnatning faqat nomalakali turlarini maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida bajarishi mumkin bo’lsa, kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishining 90 foizi belgilanadi;

b) jabrlanuvchi kasbiy bilim va ko’nikmalarni hisobga olgan holda maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida pastroq malakali ishni bajarishi mumkin bo’lsa, kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishining 80 foizi belgilanadi;

v) jabrlanuvchining maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligiga chalinishdan oldingi kasb bo’yicha ishni bajarishi mumkin bo’lsa, kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishining 70 foizi belgilanadi.

16. Organizm funksiyalarining quyidagi aniq namoyon bo’lgan buzilishlari kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishining 70 - 90 foizi byelgilanishining klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:

a) har ikki oyoqning aniq namoyon bo’lgan nim falaji, tyetraparyez, triparyez, oyoqning barcha bo’g’imlarida - tos-son bo’g’imlarida (20 gradusgacha), tizza bo’g’imlarida (10 gradusgacha), boldir-oyoq panjasi bo’g’imlarida (6-7 gradusgacha), faol harakatlar aniq namoyon bo’lgan amplituda cheklanishi bilan spastik tip yoki muskul gipotoniyasi bo’yicha mushak tonusi aniq namoyon bo’lgan oshishi bilan birga gyemiparyez; oyoqlarning muskul kuchi aniq namoyon bo’lgan holda pasayishi (2 ballgacha), aniq namoyon bo’lgan varusli, ekvin-varusli oyoq panjasi deformatsiyasi; oyoq panjasi aniq halpillab turgan holda spastik, paryetik, pyeronyeal odim tashlash; qo’shimcha tayanch (qo’ltiqtayoq) bilan harakatlanish;

b) qadam tashlash biomyexanikasining aniq namoyon bo’lgan buzilishi - 100 metrga yurishda qadamlar sonining 204 - 226 martagacha ko’payishi (me’yor - 80 - 120 qadam), keng qadam tashlash uzunligi 2,5 - 3,6 sekundgacha ko’payishi (me’yor - 1,0 - 1,3 sekund), qadam tashlash sur’atining 1 minutda 29 - 46 qadamgacha kamayishi (me’yor - 80 - 100 qadam), yurishning bir maromdaligi koeffitsiyentining 0,52 - 0,58 gacha pasayishi (me’yor - 0,94 - 1,00), harakatlanish tezligining 1 soatda 1,0 kilometrgacha pasayishi (me’yor - 1 soatda 4-5 km); muskul bioelektrik faolligi buzilganligi aniq namoyon bo’lgan holda EMGning II tipi - tinch holatda va funksional yuklamalarda aniq ritm bilan "fassikultsiyalar" tipidagi past chastotali potyensiallar;

v) har ikki qo’lning aniq namoyon bo’lgan nim falaji, barmoqlarni musht qilib tugish cheklanishi aniq namoyon bo’lgan (barmoqlarning distal falanglari 3-4 sm masofada kaftga yetmaydi), qo’llarning asosiy funksiyasi buzilgan holda 10 - 20 gradus doirasida faol harakatlar hajmi bilan qo’l bo’g’imlari kontrakturasi: mayda buyumlarni ushlab turish, yirik buyumlarni uzoq vaqt va mustahkam ushlab turish mumkin emasligi, EMG - II tip;

g) aniq namoyon bo’lgan vestibulyar-miyacha buzilishlari (tinch holatda bosh aylanishi, boshning og’ir va tez-tez - bir oyda 4 va undan ortiq marta aylanishi), II-III gradus spontan nistagma, statika va harakatlar muvofiqlashtirilishining aniq namoyon bo’lgan buzilishi, yordamchi vositalar (hassa, qo’ltiqtayoq) yordamida harakatlanish, aylanishdan keyingi II-III gradus nistagma 85 - 120 sekund, II-III gradus kalorik nistagma (110 - 130 sekund) davom etgan holda vestibulyar qo’zg’aluvchan gipyerrefleksiya;

d) son yoki boldirning turli darajalardagi amputtsion cho’ltoqligi, oyoq nuqsoni bilan boldirning har ikki suyagi soxta bo’g’imlari, 140 darajadan ortiq egish mumkin bo’lmagan holda bukish kontrakturasida tizza bo’g’imlarining funksional noqulay holati, tosning aniq namoyon bo’lgan nuqsoni va oyoqning 10 santimetrgacha funksional kaltaligi bilan bukish 150 gradusgacha yoki oyoqni 165 gradusdan ortiq egish chyeklangan holda tos-son bo’g’imining funksional noqulay holatida oyoqlarning nuqsonli joylashishi, harakatlar hajmi 30 gradusdan ortiq bo’lmagan aniq namoyon bo’lgan kontraktura yoki funksional noqulay holatdagi bo’g’imlar ankilozi;

ye) II daraja nafas olish yetishmovchiligi, II bosqich qon aylanishi buzilishi (tinch holatda nafas olish tezligi minutiga 21 - 29 marta, jismoniy yuklamadan keyin nafas olish tezligining minutiga 12 - 16 martaga ko’payishi, aniq namoyon bo’lgan sianoz, uncha kuchli bo’lmagan jismoniy yuklama vaqtida nafas olishda yordamchi nafas olish muskullarining qatnashishi, yurak urishi tezligi minutiga 100 - 129 zarb, uncha katta bo’lmagan periferik shishlar, o’pka hayotiy sig’imining zarur bo’lgandan 50 - 55 foizgacha pasayishi, o’pkaning maksimal ventilyatsiyasi - 5 - 54 foizgacha, harakatning 1 minutdagi hajmi 150 foizgacha ko’payishi, Tiffno indyeksining 54 - 40 foizgacha pasayishi, kisloroddan foydalanish koeffitsiyentining 28 foizgacha pasayishi, o’pka gyemodinamikasi buzilishi qo’shilgan holda o’ng qorinchalar miokardi qisqartirish qobiliyatining pasayishi);

j) aniq namoyon bo’lgan sensor buzilishlar: yagona yoki yaxshi ko’radigan ko’zning yaxshi ko’rmasligi yuqori gradusi 0,08 - 0,04 ga tyeng bo’lgan yoki undan kam korreksiyali ko’rish o’tkirligi, ko’rish maydoni - 50 gradusga tyeng bo’lgan yoki undan kam bo’lgan periferik chegaralar, biroq 10 gradusdan keng bo’lgan va (yoki) yagona markaziy skotomalar, ko’rish layoqati - aniq namoyon bo’lgan pasayish, EFT ko’rsatkichlari - E-U - 200 - 300 mkA nuqson, o’zgaruvchanlik 20 - 35 Gs, miltillab ko’rinish qo’shilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi - 20 - 35 p/sek.;

z) tos a’zolari funksiyalarining aniq namoyon bo’lgan buzilishi, siydik chiqarish va siydik chiqaradigan yo’l bo’ylab siydik chiqishi hissi qistamasligi, sistometriyada siydik pufagi sig’imi dyetruzor gipotoniyasida 500 - 600 ml, qoldiq siydik - 400 ml gacha, dyetruzor gipyertoniyasida sig’im - 20 - 30 ml; defektsiyaning uzoq vaqt kechikishi - 5 sutkagacha; anal refleks, monometriyada sfinkter tonusi va bosim pasaygan, tashqi sfinkterning anal kanalida - 10 - 15 mm simob ustuni, ichki sfinkterning anal kanalida - 16 - 25 mm simob ustuni (me’yor 35 - 62 mm simob ustuni).

17. Jabrlanuvchiga, agar u:

odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida malakaning aniq namoyon bo’lgan pasayishi bilan yoxud bajariladigan ish hajmi kamaygan holda kasbiy mehnatni bajarsa;

organizm funksiyalarining o’rtacha buzilishi oqibatida kasb faoliyatini davom ettirish layoqatini yo’qotgan bo’lsa, biroq odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida pastroq malakali kasb faoliyatini davom ettira olsa, kasbiy mehnat layoqatining 40 foizdan 60 foizgacha yo’qotilishi belgilanadi.

18. Bunda, jabrlanuvchi malakasining pasayishi darajasiga, ishlab chiqarish faoliyati hajmiga yoki mehnat og’irligi toifasiga qarab organizm funksiyalari o’rtacha buzilishli jabrlanuvchilarga kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishining quyidagi darajalari belgilanadi:

a) agar jabrlanuvchi:

kasb bo’yicha ishni bajara olsa, biroq malaka to’rt tarif razryadiga pasaysa;

kasbiy bilimlar, uquv va malakalardan foydalangan holda ishni bajara olsa, biroq malaka to’rt tarif toifasiga pasaysa;

ish razryadi og’irlikning to’rt toifasiga pasaygan holda malakasiz jismoniy mehnatni bajarishi mumkin bo’lgan hollarda - kasbiy mehnat layoqatining 60 foiz yo’qotilishi;

b) agar jabrlanuvchi:

kasb bo’yicha ishni malakaning uch tarif razryadiga pasaygan holda;

kasb bo’yicha ishni ishlab chiqarish faoliyati hajmi kamaygan holda (0,5 stavkaga);

malakasiz jismoniy mehnatni ish razryadi og’irlikning uch toifasiga pasaygan holda bajarishi mumkin bo’lgan hollarda - kasbiy mehnat layoqatining 50 foiz yo’qotilishi;

v) agar jabrlanuvchi:

kasb bo’yicha ishni ishlab chiqarish faoliyati hajmi kamaygan holda;

kasbiy bilimlar, uquvlar va malakalardan foydalangan holda ishni, biroq malaka ikki tarif razryadiga pasaygan holda;

kasb bo’yicha ishni malaka ikki tarif razryadiga pasaygan holda;

malakasiz jismoniy mehnatni ish razryadi og’irlikning ikki toifasiga pasaygan holda bajarishi mumkin bo’lgan hollarda - kasbiy mehnat layoqatining 40 foizga yo’qotilishi belgilanadi.

19. Organizm funksiyalarining quyidagi o’rtacha buzilishlari kasbiy mehnat layoqati 40 - 60 foiz yo’qotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:

a) har ikki oyoqning mo’’tadil nim falaji, tyetraparyez, triparyez, gyemiparyez, son muskullarining 5 - 7 santimetrga gipotrofiyasi bilan monoparyez, boldir - 4-5 santimetrga, spastik tip yoki muskul gipotoniyasi bo’yicha mushak tonusi oshishi, oyoqlarning barcha bo’g’imlarida - tos-son muskullarida (15 - 20 gradusgacha), tizza muskullarida (16 - 20 gradusgacha), boldir-oyoq panjasi bo’g’imlarida (14 - 18 gradusgacha) faol harakatlar amplitudasi mo’’tadil chyeklangan holda; muskul kuchining mo’’tadil pasayishi (3 ballgacha), oyoq panjasi kamroq yoki mo’’tadil bo’shashgan holda spastik, paryetik, pyeronyeal qadam tashlash; ba’zan qo’shimcha tayanchdan (hassadan) foydalangan holda harakatlanish;

b) yurish biomyexanikasining mo’’tadil buzilishi - 100 metrga yurishda qadamlar sonining 170 - 190 qadamgacha ko’payishi, katta qadamning 2,0 - 3,0 sekundgacha ko’payishi, 1 minutda yurish sur’atining 50 - 60 qadamgacha kamayishi, yurishning bir maromdaligi koeffitsiyenti - 0,82 - 0,75 gacha pasayishi, harakatlanish tezligining 1 soatda 2,0 kilometrgacha mo’’tadil pasayishi;

v) bioelektrik faollikning mo’’tadil buzilishi - AKBA 25 foizdan ortiq doirada, biroq me’yordan 70 foizdan kam;

g) qo’llarning mo’’tadil paryezi:

faol harakatlar amplitudasining yelka bo’g’imida (35 - 40 gradus), tirsak bo’g’imida (30 - 45 gradus), bilak-kaft bo’g’imida (30 - 40 gradus) chyeklangan holda gyemiparyez;

qo’l muskul kuchining mo’’tadil pasayishi (3 ball), qo’l panjasi bosh barmog’i zich qo’yilishining cheklanishi (katta barmoqning distal falangi 4 barmoqning asosiga yetadi), barmoqlarni musht qilib tugish cheklanishi aniq namoyon bo’lgan (barmoqlarning distal falanglari 1-2 sm masofada kaftga yetmaydi), mayda buyumlarni ushlash qiyinlashadi;

EMGga - qo’l muskullari bioelektrik faolligi amplitudasining me’yorning 25 - 75 foizi doirasida mo’’tadil pasayishi;

d) yelka bo’g’imi kontrakturasi harakatlar hajmi 30 - 90 gradus hajmida, tirsak bo’g’imi - 80 - 130 gradus, bilak-kaft bo’g’imi 120 - 130 gradusda (bukish kontrakturasi va kontrakturasi - 200 - 220 gradus); funksional foydali holatda bo’g’imlar ankilozi; mayda buyumlarni ushlash qiyinlashgan holda birinchi barmoqni istisno qilganda qo’lning uch barmog’i yo’qligi;

ye) mo’’tadil vestibulyar-miyacha buzilishi:

bosh, tana holati kyeskin o’zgarganda, transportda yurishda bosh aylanishi;

I yoki II gradusli spontan nistagma;

mo’’tadil statodinamik buzilishlar (Romberg pozasida, yurishda gandiraklash, tovon-tizza probasida yanglishish;

aylanishdan keyingi nistagma 50 - 80 sekund, kalorik nistagma - 90 - 110 sekund davom etgan holda vestibulyar qo’zg’aluvchan gipyerrefleksiya;

j) oyoq-qo’lning amputtsion cho’ltoqligi (son, boldir, har ikki oyoq panjasi Shopar, Lisfrank bo’g’imi darajasida), tos-son bo’g’imi, boldir bo’g’imining mo’’tadil bukish yoki yoyish kontrakturasi; boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo’g’in kontrakturasi (ekvinus oyoq kafti); oyoqning 5 - 7 santimetrga kaltaligi; funksional qulay holatda bo’g’imlar ankilozi - tos-boldir bo’g’imida bukish burchagi 160 - 170 gradus doirasida, tizza bo’g’imida - 170 - 180 gradusda, boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo’g’imda - 95 - 100 gradusda;

z) I-II A daraja nafas yetishmasligi (mo’’tadil jismoniy zo’riqishda nafas qisishi, mo’’tadil jismoniy yuklamadan keyin sianozning kuchayishi, tinch holatda nafas olish tezligi 1 minutda 20 martagacha, 5 minut mobaynida birlamchi gradusgacha tiklangan holda jismoniy yuklamadan keyin nafas olish tezligi 1 minutda 12 - 16 martaga tezlashishi, o’pkaning hayotiy sig’imi zarur bo’lganidan 56 - 69 foizgacha mo’’tadil pasayishi, o’pkaning maksimal ventilyatsiyasi - 55 - 58 foizgacha, nafas olishning 1 minutdagi hajmi 142 - 148 foizgacha ko’payishi, Tiffno indyeksining 74 - 55 foizgacha, kisloroddan foydalanish koeffitsiyenti 36 - 44 foizgacha pasayishi, 1 minutda kislorod yutilishi 277 - 287 ml), I-II A bosqich qon aylanishi buzilishi (uncha kuchli bo’lmagan taxikardiya (1 minutda 90 - 99 marta urish), o’pka gyemodinamikasi buzilgan holda o’ng qorinchalar miokardi qisqartirish layoqatining mo’’tadil pasayishi byelgilari);

i) mo’’tadil sensor buzilishlar: ko’rish analizatori funksiyalari buzilishi - yaxshi ko’rmaslikning o’rtacha gradusi: ko’rish maydoni 0,09 - 0,2 korreksiyali bo’lgani holda yagona ko’z yoki yaxshi ko’radigan ko’zning ko’rish o’tkirliligi pasayishi - periferik chegaralar 40 gradusdan kam, biroq 20 gradusdan keng, ko’rish layoqati mo’’tadil pasaygan, EFT ko’rsatkichlari U nuqsonlari - 100 - 150 mkA, o’zgaruvchanlik 30 - 35 Gs dan 40 - 43 Gs gacha, miltillab ko’rinish qo’shilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi 30 - 35 p/sekunddan 40 - 43 p/sekundgacha; eshitish pasayishining aniq namoyon bo’lishi: so’zlashuv nutqining 0,75 - 1,5 metrgacha qabul qilinishi, eshitish nuqsoni - 61 - 80 dsb, nutq tushunarligi nuqsoni 80 - 90 dsb;

k) tos a’zolari funksiyalarining mo’’tadil buzilishi:

siydik pufagi to’lishini his etmaslik, sistometriyada siydik pufagi sig’imi dyetruzor gipotoniyasida 500 - 400 ml, qoldiq siydik - 100 ml dan ortiq, dyetruzor gipyertoniyasida - 20 - 125 ml;

defektsiyaning uzoq vaqt kechikishi - 3-4 sutkagacha;

sfinkter yetishmovchiligi - gazlar ushlab turilmasligi, anal refleks pasaygan, onus va sfinkterning iroda qisqarishlari zaiflashgan, manometriya tashqi sfinkter bosimining mo’’tadil pasayishini aniqlaydi - 16 - 25 mm simob ustuni, ichki sfinkterniki - 26 - 40 mm simob ustuni.

20. Jabrlanuvchi, agar u odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida malaka mo’’tadil yoki uncha pasaymagan holda, yoxud bajariladigan ish hajmi kamaygan holda, yoxud jabrlanuvchining ish haqi pasayishiga olib kelgan mehnat sharoitlari o’zgarganda, yoki uning kasbiy faoliyatini bajarish oldingiga qaraganda ko’proq tig’izlikni talab qilgan holda kasbiy mehnatni bajara olsa, unga kasbiy mehnatga layoqatning 5 foizdan 30 foizgacha yo’qotilishi belgilanadi.

21. Bunda, malaka darajasi malaka, ishlab chiqarish faoliyati hajmi yoki mehnat og’irligi toifasi pasayishi darajasiga qarab organizm funksiyalari uncha ko’p buzilmagan jabrlanuvchiga kasbiy mehnat layoqati yo’qotilishining quyidagi darajasi belgilanadi:

a) kasbiy mehnatga layoqatning 30 foiz yo’qotilishi - quyidagi hollarda, agar jabrlanuvchi:

bir tarifiktsiya razryadiga past malakali kasb bo’yicha ishni;

ish razryadi og’irlikning bir toifasiga pasaygan holda malakasiz jismoniy mehnatni;

kasbiy faoliyat hajmi uncha ko’p pasaymagan holda kasb bo’yicha ishni (ishlab byerish me’yori oldingi yuklamaning 1/3 qismiga pasayishi) bajarishi mumkin bo’lgan hollarda;

b) kasbiy mehnatga layoqatning 20 foiz yo’qotilishi - agar jabrlanuvchi ishni kasbiy faoliyat hajmi oldingi yuklamaning 1/5 qismiga pasayishi bilan bajarishi mumkin bo’lgan hollarda;

v) kasbiy mehnatga layoqatning 5 - 10 foiz yo’qotilishi - agar jabrlanuvchi kasb bo’yicha ishni kasbiy faoliyat hajmi oldingi yuklamaning 1/10 qismiga pasayishi bilan bajarishi mumkin bo’lgan hollarda.

22. Organizm funksiyalarining quyidagi uncha katta bo’lmagan buzilishlari kasbiy mehnatga layoqatning 5 - 30 foiz yo’qotilishini belgilashning klinik-funksional mezonlari hisoblanadi:

a) uncha kuchli bo’lmagan paraparez, tyetraparyez, gyemiparyez, son va boldir muskullari gipotrofiyasi 1,5 - 2,0 sm bo’lgani holda (bo’shashgan paryez) oyoq monoparyezi, barcha bo’g’imlarda harakatlarning to’liq hajmi bilan muskul kuchining pasayishi (4 ballgacha), yurish biomyexanikasining uncha kuchli bo’lmagan buzilishi - 100 metrga yurishda qadamlar sonining 150 - 160 qadamgacha ko’payishi, katta qadam uzunligining 1,5 - 1,7 sekundgacha ko’payishi, 1 minutda yurish sur’atining 64 - 70 qadamgacha kamayishi, yurishning bir maromdaligi koeffitsiyenti 0,85 - 0,90 gacha pasayishi, 1 soatda harakatlanish tezligining 3,0 kilometrgacha pasayishi; bioelektrik faollik tyebranishlari EMG amplitudasiga me’yorning 25 foizigacha uncha ko’p bo’lmagan pasayishi;

b) muskul kuchining bir yoki har ikki qo’l bo’limlarida 4 ballgacha pasaygan, bo’g’inlarda faol harakatlar to’liq hajmda va qo’l panjasining asosiy funksiyasi - buyumlarni ushlab olish va ushlab qolish saqlangan holda yelka, yelkaoldi muskullari gipotrofiyasi 1,5 - 2,0 sm bo’lgani holda (bo’shashgan paryez) bir yoki har ikki qo’lning uncha kuchli bo’lmagan paryezi; EMGga - qo’l muskullari bioelektrik faolligi amplitudasi me’yorning 25 foizigacha uncha ko’p bo’lmagan pasayishi;

v) yelka, tirsak yoki bilak-kaft bo’g’imlarining uncha kuchli bo’lmagan kontrakturasi; qo’l panjasining asosiy funksiyasi saqlanib qolgan holda birinchi barmoqni istisno qilgan holda qo’lning bir-ikki barmog’i yo’qligi;

g) uncha kuchli bo’lmagan vestibulyar-miyacha buzilishlari:

vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan bosh aylanishi;

ba’zan I darajali spontan nistagma;

d) uncha kuchli bo’lmagan statodinamik buzilishlar (Rombyerg, Sarbo pozasidagi nobarqarorlik), aylanishdan keyingi nistagma 50 - 80 sekund, kalorik nistagma 80 - 90 sekund davom etgan holda vestibulyar qo’zg’aluvchan gipyerrefleksiya;

ye) oyoq bo’g’imlarining uncha kuchli bo’lmagan kontrakturasi: oyoq panjasi ekvinus holatida bo’lgani holda (bukish kontrakturasi), 80 gradusgacha burchakka bukish - tovon kafti (bukish kontrakturasi) holda boldir kafti bo’g’imida 100 gradusgacha burchakka bukish;

j) I gradus nafas yetishmasligi, I bosqich qon aylanishi buzilishi (ancha kuchli jismoniy zo’riqishda, tez yurishda nafas qisishi, tinch holatda nafas olish tezligi 1 minutda 16 - 20 gacha me’yor doirasida, jismoniy yuklamadan keyin 1 minutda nafas olish tezligining 10 - 12 martaga ko’payishi - 3 minut mobaynida boshlang’ich gradusgacha tiklangan holda tananing 10 marta cho’kka tushishi yoki tananing oldinga tomon egilishi, jismoniy yuklamadan keyin sianozning kyeskin bo’lmagan kuchayishi, o’pka hayotiy sig’imining zarur bo’lganning 80 - 90 foizgacha uncha ko’p bo’lmagan pasayishi, o’pkaning maksimal ventilyatsiyasi - 60 - 74 foizgacha, nafas olish bir minutlik hajmining 130 - 140 foizgacha ko’payishi, 1 minutda 260 - 270 ml gacha kislorod yutilishi, o’ng qorinchalar miokardi kompyensator giperfunksiyasi byelgilari);

z) uncha kuchli bo’lmagan sensor buzilishlar:

ko’rish analizatori funksiyalari buzilishi - yagona yoki eng yaxshi ko’radigan ko’z yomon ko’rishining kichik gradusi, korreksiya 0,3 dan ortiq bo’lgan holda ko’rish o’tkirligi, ko’rish maydoni - periferik chegaralar me’yorida yoki maydon 40 gradusgacha qisqargan, ko’rish layoqati me’yorida, EFT ko’rsatkichlari - E-U nuqsonlari 80 mkAdan 100 mkAgacha, o’zgaruvchanlik 40 Gs dan ortiqdan - 43 - 45 Gs gacha, miltillab ko’rinish qo’shilib ketishining xavfli tez-tez takrorlanishi 40 p/sekunddan ortiqdan - 43 - 45 p/sekundgacha; eshitishning mo’’tadil pasayishi, so’zlashuv nutqini 2-3 metrgacha qabul qilish, shivirlagan nutqni - 0,5 - 0 metrgacha qabul qilish, o’rtacha eshitish nuqsoni - 41 - 60 dsb, nutq tushunarliligi nuqsoni - 50 - 70 dsb;

i) tos organlari funksiyalarining uncha kuchli bo’lmagan buzilishi:

siyish qistashini his etishning sust namoyon bo’lishi, sistometriyada siydik pufagi sig’imi 200 - 250 ml, qoldiq siydik - 50 ml gacha;

defektsiyaning kechikishi - 2-3 sutka mobaynida;

gazlarning tutilmasligi, anal refleks pasaygan, sfinkter tonusi pasaygan, monometriya tashqi sfinkter bosimi pasayishini aniqlaydi - 22 - 33 mm simob ustuni, ichki sfinkterniki - 41 - 58 mm simob ustuni.

23 Navbatdagi qayta tibbiy ko’rikdan o’tkazishda kasbiy mehnatga layoqatning yo’qotilishi darajasi jabrlanuvchini tibbiy va kasbiy reabilitatsiya qilish natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.

Nizomga


1-ilova

Nogironlik mehnatda mayib bo’lish oqibatida kelib chiqqan deb hisoblanadigan nogironlik sabablari ro’yxati

Agar nogironlikni keltirib chiqaruvchi jarohatlanish, zaharlanish, oftob urishi, kuyish, sovuq urishi, cho’kish, elyektr toki yoki yashin urishi, shuningdyek tabiiy ofatlar yoki avariyalar tufayli salomatlikning boshqacha shikastlanishi quyidagi hollarda sodir bo’lsa (huquqqa qarshi xatti-harakatlardan tashqari), nogironlik mehnatda mayib bo’lish tufayli sodir bo’lgan deb hisoblanadi:

a) mehnat vazifalarini bajarishda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), shuningdyek korxona yoki tashkilot manfaatlari yo’lida hatto maxsus topshiriqsiz biron ish bajarganda ham;

b) korxona, tashkilot hududida yoki boshqa ish joyida ish vaqti davomida (belgilangan tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shuningdyek ish boshlanishi yoki tugashi oldidan ishlab chiqarish qurollarini, kiyim-bosh va boshqalarni tartibga keltirish uchun zarur bo’lgan vaqt davomida;

v) ish vaqti davomida (belgilangan tanaffuslar ham shunga kiradi) korxona, tashkilot yoki boshqa ish joyi yaqinida, agar u yerlarda bo’lish ichki mehnat tartibi qoidalariga zid bo’lmasa;

g) ishga borayotganda yoki ishdan qaytayotganda;

d) vaxtali shaharcha hududida vaxta-ekspeditsiya usuli bilan ishlaydigan va tabiiy ofat vaqtida smyenali dam olishda bo’lgan xodim bilan yuz byerganda;

e) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishda, shuningdyek O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ro’yxatga olingan jamoat tashkilotlarining topshiriqlarini (garchi bu topshiriqlar asosiy ish bilan bog’liq bo’lmasa ham) bajarishda;

j) inson hayotini saqlab qolish, O’zbekiston Respublikasi davlat va jamoat mulkini, fuqarolar mulkini, huquq-tartibotni qo’riqlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi fuqarosi burchini bajarish vaqtida;

z) ish kuni davomida ma’muriyatning (bo’lim, bo’linma, sex, uchastka rahbarlarining va shu kabilarning) xodimning vazifasiga kirmaydigan topshiriqlarini bajarish vaqtida;

i) donorlik vazifalarini bajarish munosabati bilan.

Nizomga


2-ilova

Kasb kasalliklari ro’yxati

1. Zaharli kimyoviy moddalar ta’sirida paydo bo’ladigan kasalliklar:

1.1. Nafas olish a’zolarining zahar ta’sirida zaharlanishi:

1.1.1. Rinofaringolaringit

1.1.2. YUqori nafas yo’llari shilliq pardalarining yallig’lanishi

1.1.3. Burun parda devorining tyeshilishi

1.1.4. Traxyeit

1.1.5. Bronxit (barcha shakllari)

1.1.6. Pnyevmosklyeroz

1.2. Zaharli anyemiya

1.3. Zaharli gyepatit

1.4. Zaharli nyefropatiya

1.5. Asab tizimining zaharlanishi:

1.5.1. Polinyevropatiya

1.5.2. Ensyefalopatiya

1.5.3. Nyevrozsimon holat



1.6. Ko’zlarning zahar ta’sirida zararlanishi:

1.6.1. Katarakta

1.6.2. Kon’yunktivit

1.6.3. Kyeratokon’yunktivit



1.7. Suyaklarning zahar ta’sirida zararlanishi:

1.7.1. Ostyeoporoz

1.7.2. Ostyeosklyeroz

1.7.3. Jag’ suyaklarining nyekrozi



1.8. Tyeri kasalliklari:

1.8.1. Epidyermoz

1.8.2. Kontaktli dyermatit

1.8.3. Fotodyermatit

1.8.4. Onixiya

1.8.5. Paranixiya

1.8.6. Zaharli myelanodyermiya

1.8.7. YOg’li follikulitlar

1.8.8. Ekzyema

1.9. Myetall va ftoroplastli (tyeflonli) byezgak

2. Sanoat aerozollari va changlari ta’sirida paydo bo’ladigan kasalliklar:

2.1. Pnyevmokoniozlar

2.1.1. Silikoz

2.1.2. Silikatozlar

2.1.3. Myetallokoniozlar

2.1.4. Aralash changdan paydo bo’ladigan pnyevmokoniozlar va boshqalar

2.1.5. Gipyersyeziluvchan pnyevmonitlar



2.2. Biossinoz

2.3. Kasb bilan bog’liq surunkali bronxit (noqulay ob-havo sharoitlari bilan bog’liq barcha changli, zaharli-changli shakllari):

noobstruktiv

obstruktiv

astmatik


2.4. YAngidan paydo bo’lgan o’smalar

3. Fizik omillar ta’sirida paydo bo’ladigan kasalliklar:

3.1. Ionlovchi nurlanish ta’sirida paydo bo’ladigan kasalliklar:

3.1.1. Nur kasalligi

og’ir nurlanish kasalligi

surunkali nurlanish kasalligi

3.1.2. Mahalliy nurlanish (og’ir va surunkali)

3.2. Noionlovchi nurlanishlar ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar:

3.2.1. Vyegyeto-qon tomirlari distoniyasi

3.2.2. Astyenik sindrom

3.2.3. Astyeno-vyegyetativ sindrom

3.2.4. Gipotalamiya sindromi

3.3. Lazyerli nurlanish bilan to’qimalarning mahalliy shikastlanishi:

3.3.1. Tyerining kuyishi

3.3.2. Ko’z muguz pardasining shikastlanishi

3.3.3. Ko’z to’r pardasining shikastlanishi



3.4. Tyebranish kasalligi

3.5. Koxlyear nyevrit (nyeyrosensor karlik)

3.6. Qo’lning vyegyetativ-sensor (angionyevroz) yoki syensomotor polinyevropatiyasi

3.7. Elyektrooftalmiya

3.8. Katarakta

3.9. Dyekompryession (kyesson) kasalligi va uning asoratlari

3.10. Qizib ketish:

3.10.1. Oftob urishi

3.10.2. Tomir tortishishi sindromi

3.11. Past harorat ta’sirida paydo bo’ladigan kasalliklar:

3.11.1. Oblyetirillovchi endartyeriit

3.11.2. Vyegyetativ-sensor polinyevropatiyasi

3.12. Onixodistrofiya, myexanik epidyermiozlar (omozolyellik va boshqalar)

4. Alohida a’zolar va tizimlarning jismoniy zo’riqishi va toliqishi tufayli kelib chiqadigan kasalliklar:

4.1. Koordinatorli nyevrozlar, shu jumladan, pischiy spazm

4.2. Periferik asab tizimi kasalliklari:

4.2.1. Mono- va polinyevropatiya, shu jumladan, qo’llarning kompryession va vyegyetativ-sensor polinyevropatiyasi;

4.2.2. Bo’yin va byel-dumg’aza ryeflyektor sindromlari (nyeyrotomir, miotonik, nyeyrodistrofik)

4.2.3. Bo’yin-yelka, byel-dumg’aza radikulopatiyasi

4.2.4. Bo’yin-yelka, byel-dumg’aza radikulomiyelopatiyasi

4.3. Tayanch-harakatlanish apparati kasalligi:

4.3.1. YElka oldi va yelka kamari surunkali miofibrozlari, tyendovaginitlar

4.3.2. Styenozlovchi ligamyentozlar, stiloidozalar (tirsak va yelka) epikondilozlari

4.3.3. Funksiyalar buzilgan holda pyeriartrozlar (yelka-kurak, tirsak, tizza, aynan o’sha lokaliztsiyaning dyeformtsiyalovchi ostyeoartrozlari); bursitlar, asyeptik ostyeonyekrozlar



4.4. Bachadon, moyliq devorlarining tuban siljishi va tushishi

4.5. Oyoqlardagi tomirlarning varikonoz kengayishi, yallig’lanishi (tromboflyebit) va trofik o’zgarishlar asorati

4.6. Ovoz apparatlarining zo’riqishidan paydo bo’ladigan kasalliklar:

4.6.1. Surunkali laringit

4.6.2. Vazomotorli monoxordit

4.6.3. Ovoz burmalari tugunlari ("xonandalar tugunchalari")

4.6.4. Ovoz burmalarining kontaktli yaralari

4.6.5. Fonostyeniya



4.7. Uzoqni yaxshi ko’rmaslikning kuchayishi

4.8. O’pka emfizyemasi

4.9. Nyevrozlar

5. Biologik omillar natijasida kelib chiqadigan kasalliklar

5.1. Xodimlar ish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan yuqumli va parazit kasalliklar:

5.1.1. Sil kasalligi

5.1.2. Brtsyellyoz

5.1.3. Manqa kasalligi

5.1.4. Kuydirgi

5.1.5. Kana ensyefaliti

5.1.6. Ornitoz

5.1.7. Sut sog’uvchilar tuguni

5.1.8. Toksoplazmoz

5.1.9. Virusli gyepatit

5.1.10. Tyeri mikozasi

5.1.11. Rozyenbax erizyepiloidi

5.1.12. Qichitma, qo’tir

5.1.13. Sifilis - zaxm



5.2. Disbaktyerioz, tyeri va shilliq pardalar kandidomikozi, vissyeral kandidoz

6. Allyergik kasalliklar:

6.1. Kon’yunktivit

6.2. Rinit, rinofaringit, rinifaringolaringit, rinosinusit

6.3. Bronxial astma

6.4. Astmatik bronxit

6.5. Ekzogyen alvyeolit

6.6. Dyermatit, ekzyema, toksikodyermiya

6.7. Kvinkye shishi, eshak yemi, anafilaktik esog’ish (sadma)

6.8. Zaharli-allyergik gyepatit

6.9. Markaziy va periferik asab tizimi zararlanishi va boshqalar



7. Ish joyida kansyerogyen moddalar ta’sirida paydo bo’ladigan yangi o’smalar:

7.1. Tyeri shishi (gipyerkyeratozlar, epityeliomalar, papillomalar, saraton, lyeykokyeratozlar)

7.2. Og’iz bo’shlig’i va nafas olish a’zolarining shishi

7.3. Jigar shishi

7.4. Oshqozon raki

7.5. Lyeykozlar

7.6. Qovuq shishi (papillomalar, saraton)

7.7. Suyak shishi






Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə