O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 69,85 Kb.
tarix11.03.2020
ölçüsü69,85 Kb.
#30647
537 24.07.2017



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasida kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning maqsadli amalga oshirilishi natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda katta yutuqlarga erishildi. 1991-yildan boshlab qator yuqumli kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichlarining izchil kamayib borishi kuzatilmoqda, shu jumladan “A” virusli gepatit bilan kasallanish 4,5 baravar, o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish 4,6 baravar, o‘tkir respirator kasalliklar bilan kasallanish 7,9 baravar kamaydi.



Profilaktik emlashlar Milliy taqvimining takomillashtirilishi natijasida hamda rivojlangan mamlakatlarning xalqaro tajribasini hisobga olgan holda hozirgi vaqtda 13 ta yuqumli kasallikka qarshi vaksinatsiya o‘tkazilmoqda. Aholining immunizatsiya bilan qamrab olinishi 95 — 99% ni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, yuqumli kasalliklar profilaktikasi darajasi va davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar to‘la yechimini topgan emas. Moddiy-texnik baza hamda respublikada yuqumli kasalliklar muassasalarining, shu jumladan yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish laboratoriyalarining kadrlar salohiyati dunyo standartlariga muvofiq emas.

Virusli gepatitlar tarqalishining oldini olish hamda 2030-yilga kelib bu kasalliklarni tugatishga erishish, samarali profilaktika tizimini tashkil qilish, yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolashning ilg‘or usullarini joriy etish, respublika yuqumli kasalliklar muassasalari moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yilda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy yuqumli kasalliklar kasalxonalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan gepatologiya markazlari tashkil qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilab qo‘yilsinki, gepatologiya markazlari:

dispanser ko‘rigidan va profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda aholini ommaviy tekshirishni tashkil etish maqsadida yuqumli kasalliklar va virusli gepatitlarning laboratoriya diagnostikasi samaradorligi oshirilishini ta’minlaydi;

epidemiologiya, virusologiya, mikrobiologiyasi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash masalalari bo‘yicha fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilashda, shuningdek tadqiqot natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etishda qatnashadi;

yuqumli kasalliklar, shu jumladan virusli gepatitlar tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktik, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi.

3. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilansinki, Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar “Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

5. Belgilab qo‘yilsinki, Kompleks chora-tadbirlarda ko‘rsatilgan yuqumli kasalliklar muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

bir oy muddatda gepatologiya markazlarining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomini tasdiqlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yuqumli kasalliklar muassasalari, shu jumladan tashkil qilinayotgan gepatologiya markazlari yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishini, shuningdek tibbiyot xodimlari va boshqa tegishli mutaxassislarning malakasi muntazam ravishda oshirib borilishini ta’minlasin;

yuqumli kasalliklar muassasalari, shu jumladan gepatologiya markazlarining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;

yuqumli kasalliklar muassasalarining yuqumli kasalliklarga, shu jumladan surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash standartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil qilsin;

xorijiy tajribani e’tiborga olgan holda respublikada qo‘llanilayotgan yuqumli kasalliklarga, shu jumladan surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash usullarini muntazam yangilab borish maqsadida ularning samaradorligini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilishini ta’minlasin.

7. Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini va boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 24-iyul,

537-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-iyuldagi 537-son qaroriga


ILOVA

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish bo‘yicha

KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR

Oldingi tahrirga qarang.



T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Bajaruvchilar

Summa

Moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish mexanizmi,
kutilayotgan natija


I. Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish, ular profilaktikasi va ularni davolash masalalari bo‘yicha normativ
bazani takomillashtirish


1.

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mavjud normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va gepatologiya markazlarining normativ bazasini yaratish.

2017-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari.

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish.



2.

Aholi sonini e’tiborga olgan holda gepatologiya markazlarining shtat normativlarini ishlab chiqish.

2017-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i.

Namunaviy shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.



3.

Yuqumli kasalliklar muassasalari va bo‘limlarining shtat normativlarini qayta ko‘rib chiqish.

2017-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i.

Namunaviy shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.



II. Surunkali virusli gepatitlar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish

4.

“V” va “S” virusli gepatitlarga barvaqt tashxis qo‘yishni bosqichma-bosqich joriy etish. Respublika hududlarida har yili dispanser ko‘rigi va profilaktik tibbiy ko‘riklar o‘tkazish.

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

1,52 mln AQSh dollari

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i.

Yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlashni joriy etish, laboratoriyada tashxis qo‘yish imkoniyatlarini oshirish



5.

Qon xizmatida tashxis qo‘yishning ichki va tashqi nazorat sifatini oshirish.

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Har yili ajratilad�gan budjet mablag‘lari doirasida

Qon va uning komponentlarida virusli gepatitlarni aniqlash sifatini muntazam nazorat qilishni joriy etish. Laboratoriyada tashxis qo‘yish sifatini oshirish.

6.

Yuqumli kasalliklar, shu jumladan virusli gepatitlar profilaktikasi masalalarida aholining xabardorligi darajasini oshirish.

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zMAA

-

Xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari

Samarali profilaktik tadbirlarni joriy etish, shu jumladan broshyuralar, bukletlar chiqarish, videorolik va audioeshittiruvishlab chiqish. Virusli gepatitlarga barvaqt tashxis qo‘yish bo‘yicha aholini qamrab olishni oshirish.

7.

Davolash-profilaktika muassasalarida gepatitlar bilan kasallanishning kasalxonalar ichki profilaktikasi ustidan infeksiya nazoratini takomillashtirish.

2017 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

-

Gemokontakt infeksiyalarning yuqish xavfini kamaytirish maqsadida davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilib borish. Qon orqali yuqadigan infeksiyalarning parenteral yuqish xavfini kamaytirish.

8.

Davolash-profilaktika muassasalarida inson a’zosi, to‘qimalar va biologik suyuqliklar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlarini “V” virusli gepatitga qarshi vaksinatsiya qilish (har yili 20 ming kishi).

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i.

Davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari orasida kasb kasalliklari profilaktikasini ta’minlash.



9.

Bolalarni maktab va maktabgacha bolalar muassasalariga qabul qilishda “A” virusli gepatitga qarshi profilaktik emlashlar o‘tkazish zarurligi haqida aholi orasida tushuntirish ishlarini ta’minlash.

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri xokimliklari

-

-

“A” virusli gepatiti bilan kasallanishni kamaytirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish orqali epidemik vaziyatni yaxshilash

10.

Surunkali “S” virusli gepatit va uning asoratlarini davolashda virusga qarshi maxsus terapiya o‘tkazish.

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

40 mlrd so‘m

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i.

Aholining ijtimoiy zaif qatlamini maxsus virusga qarshi terapiya bilan ta’minlash. Surunkali “S” gepatit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash.



11.

Surunkali virusli gepatitlar va ularning asoratlari bilan kasallanish holatlarini YuKEMAT (yuqumli kasalliklar elektron axborot tizimi) dasturida qayd qilish.

2018 — 2020-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlarida surunkali virusli gepatitlarni qayd qilish tizimini o‘rnatish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash. Surunkali virusli gepatit holatlarining faoliyat ko‘rsatuvchi va yangilanib turuvchi reyestrini tashkil etish.

III. Respublikada yuqumli kasalliklar muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish

12.

Gepatologiya markazlarini zamonaviy davolash-tashxis qo‘yish asbob-uskunalari bilan ta’minlash.

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

4,87 mln AQSh dollari.

Xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari (ishlab chiqish)

Yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga chalingan bemorlarga tashxis qo‘yish sifatini va davolash samaradorligini yaxshilash.

13.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ITI hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ITI hududlarida poliklinikalar qurish, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar kasalxonalarida ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish.

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

78,8
mlrd so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish. Aholining malakali tibbiy yordam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

IV. Sog‘liqni saqlash tizimining yuqumli kasalliklar muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash

14.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzurida gepatologiya markazlarining mutaxassislari, gastroenterologlar va umumiy amaliyot vrachlari uchun gepatologiya yo‘nalishi bo‘yicha kurslar tashkil qilish va o‘qitish.

2017-yil sentyabrdan boshlab doimo

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

O‘quv dasturini tasdiqlash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i. Tibbiyot xodimlarining bilim darajasi va malakasini oshirish.

15.

Yuqumli kasalliklar muassasalari, jumladan gepatologiya markazlarining mutaxassislarini YuKEMAT (yuqumli kasalliklarning epidemiologik monitoringi bo‘yicha axborot tizimi)dan foydalanish bo‘yicha o‘qitish.

2020-2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i.

Virusli gepatitlar bilan kasallangan bemorlarning reyestrini shakllantirish, ular holati monitoringini olib borish va kasalliklarni erta bosqichda davolashni rejalashtirish.



16.

Surunkali virusli gepatitlar va ular asoratlarining tarqalganligini aniqlash hamda tashxis qo‘yish va davolashning yangi yuqori texnologik usullarini tatbiq etishning samaradorligini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik loyihalar ishlab chiqish va amalda tatbiq etish.

2018 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi



-

Xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari

Loyihalarni ishlab chiqish.

Ilmiy salohiyatni oshirish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etish.



17.

Gepatologiya sohasidagi xalqaro mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish.

Ikki yilda bir marta

Sog‘liqni saqlash vazirligi

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligining konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha yillik rejasini tasdiqlash. Gepatologiya sohasida dunyo tajribasini o‘rganish.

18.

Yaqin va uzoq xorijdagi ilg‘or klinikalar va markazlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash va ularning profilaktikasi borasida tajriba almashish bo‘yicha yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun memorandum va bitimlar tuzish.

2017 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

-

-

Memorandum va bitimlar tuzish. Jahon standartlari darajasida tashxis qo‘yish sifati va davolash samaradorligini yaxshilash.

19.

Evropa va Osiyoning ilg‘or gepatologiya markazlarida tajriba orttirishni tashkil qilish.

doimo

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

-

Xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari, budjetdan tashqari mablag‘lar

Respublikaning tegishli mutaxassislarini tayyorlash va yetakchi gepatologiya markazlariga yo‘llash. Yuqumli kasalliklarni davolash sohasida o‘zaro hamkorlik qilish va tajriba almashish bo‘yicha aloqalar o‘rnatish.

Kompleks chora-tadbirlar tadbirlarini amalga oshirishga jami xarajatlar:

118,8 mlrd so‘m va 6.39 ml� AQSh dollari

shundan:


mlrd so‘m

mln AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

- 40

- 1,52

davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari

- 78,8

-

xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablag‘lari va grantlari

-

- 4,87

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 737-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)

Yüklə 69,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin