O'zbekiston respublikasi


II. BOB. Harbiy va harbiy-ma’muriy unvon va



Yüklə 73,57 Kb.
səhifə4/11
tarix23.05.2023
ölçüsü73,57 Kb.
#121039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qo\'qon xonligi davlat boshqaruvida mansab va unvonlar

II. BOB. Harbiy va harbiy-ma’muriy unvon va mansablar
2.1.Saroy unvon va mansablari



Amir ul-umaro amirlar amiri. Qo’qon xonligida Aliquli Hasanbiy o’g’li Sulton Saidxon tomnidan rasman amir ul-umaro mansabiga ko’tarib amirlashkar ham etib tayinlandi. Aliquli tarixda shu oxirgi harbiy unvoni bilan qolgan. Hijriy 1280 yili safar oyi, 1863 iyul-avgustida Qo’qon xoni Aliquli nomiga yorliq berib, unga “amir ul-umaro” mansabini berib, uning vakolatlarini belgilaydi. Yorliqda jumladan shunday yozilgan: “...chun zohiriy va ma’naviy aholining egasi amri sohib ul-fikr tadbir Mullo Aliquli lutfu shafqat va qahru g’azab ko’zini do’sti-dushmanlarga ochibdur, shuning uchun uning cheksiz shahona marhamatimizga sazavor etib “amir ul-umaro” mansabiga mansub etib sarafroz va arjumand etdik”. Tamomi ulamo fuzalo va sayyidlar, fuqaro va raiyatning hammalari masharoalayx (Aliquli) ni “amri nafiz-ul-hukum biy-l-istiqlol” (hukum chiqarishda mustaqil amir) deb bilib, uning madhi va hurmati, e’zozlash va ehtiromida qilgacha g’aflat va g’ofillikda qolmasinlar5. Saltanat va kishvarsitonlikdek muhim ishlarni, ya’ni qo’shin va askarlarni jihozlash, hokimlar va askar amaldorlarni amalga qo’yish va olish, ko’cha ko’ylarni tartibga keltirish, fasodchi va buzg’unchi kishilarni qatli, jazosi va shunga o’xshash ishlarni sohibi amir va tafakkur bo’lgan amir (Aliquli) ga berdik. Hyech bir kishi bir qarich ham uning hukmi farmoyishidan chiqmasin, uning har bir va har qanday farmonini bajarishi lozim va itoat etishi vojib deb bilsinlar. Uning nomi nasabini amru farmonlarda “amir” sifatsiz zikr qilmasinlar...”
Hujjatdan ma’lum bo’ladiki, Sulton Saidxon o’z homiysi Aliquliga (muayyan kuchlar tazyiqi ham bu yerda mustasno emas) keng vakolatlarni bergan va amir ul-umaro xondan keyin eng yuqori mansab hisoblangan.

    1. Amirlashkar bu mansabda yuqorida ko’rgaimizdek Aliquli tshayinlangan edi. (1862 yilda). Qhqon xonligida mingboshi harbiy unvonining vazifalari, darajasi amirlashkarlikga teng bo’lgan.

    2. Mingboshi (m-t)-mo’g’ullar istilosi davrida mavjud (ularda:timchi), ming nafar askarning boshlig’i. Ma’mur sifatida ming nafar otliq askar beradigan mulkning hokimi harbiy yurishlar vaqtida qo’shinni boshqarib, lashkarboshi unvonini olardi. Bu unvonning egasi

vazirlikka da’vo qilrdi. Qo’qon xonligida mingboshi amali Sheralixon davrida (1842-1844yy.) yuqori darajadagi vazifaga aylanib ketgan. Mashhur mingboshilar Muhammad Yusuf, Shodiboy, Musulmonquli qipchoq, Muhammad Diyor, Mullo Xolbek, Mirzo Ahmad, Niyoz Muhammad, Aliquli, Abdurahmon Musulmronquli o’g’li va boshqalar bo’lganlar.

    1. Botirboshi botir va bahodirlar boshlig’i. 500 nafardan ko’p dasta yoki to’pga boshchilik qilardi. Viloyatlarda botirboshi harbiy va qo’shin ishlariga ma’sul edi. Botirboshi ba’zan qurilish hamda sug’orish (ariq qazish) ishlariga ham boshchilik qilgan. Xonlikdagi Ulug’ nahr arig’i Otabek botirboshi sarkorligi ostida amalga oshirilgan edi.

    2. Qo’shbegi - harbiy qo’shinning boshlig’i. Yurish va jeang vaqtilarida berilib, uning egasi minboshilik unvonini olishga da’vo qilardi. (Buxoroda eng oliy mansabdor shaxslardan hisoblanardi). Qo’shbegi mansabiga ko’tarilgan zot alohida viloyatga ham hokim bo’lishi mumkin bo’lgan. Umarxon davrida Rajab qo’shbegi, Muhammad Alixon zamonida Muhammad Sharif qo’shbegi (mingboshi), Mirzo Ahmad qo’shbegi (keyinchalik mingboshi mansabiga ko’tarilgan) ma’lum o’rin egallaganlar.

    3. Voli (noib-muovin)-viloyat va tumanlarda xonning o’rinbosari. Viloyatlarda lashkar unga itoat etardi va u viloyatning harbiy va ma’muriy ishlariga boshchilik qilardi.

    4. Qal’abon, ba’zan kutvol - Qo’qon xonligining chegaralari joylashgan qal’a va istehkomlarning hokimi bo’lib, shu tumanlarning harbiy-ma’muriy, xiroj va boj olish ishlariga, chegarani muhofaza qilish ishlariga javob beradi. Harbiy maqsadga ko’ra, qal’abon vazifasiga dadxoxdan qo’shbegigacha bo’lgan shaxslar tayinlanardi. Lekin mahalliy manbalar ma’lumotiga qaraganda ba’zan xon nomaqbul kishini o’zidan chetlatizsh uchun ham uzoqdagi qal’alarga ularni hokim qilib

yuborardi. Qanoat otaliq (1862y. o’ldirilgan) Mallaxon davrida Turkiston o’lkasida shunday surgunda bo’lib qaytgan edi.

    1. Qo’rboshi - qo’rxona, ya’ni, qurol-aslaha, yaroq, to’p yasash ishxonalarining boshlig’i. Xon va mingboshiga itoat qilardi. Xudayorxon so’nggi xolik davrida (1866-1875 yillar) qo’rboshi qo’rxona, miltiqxona, to’pxona (ishxonai to’pxon) larga boshchilik qilib, xomashyo topib kelishdan tortib, to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni xon qaroriga binoat tarqatib berish jarayonigacha javobgar edi. Masalan, Baxti Muhammad qo’rboshi boshchiligida Ovropacha qurollar (miltiqi farangi), to’plar, jazoillar va ularning o’qlari, o’q qutilari (jilt sandiqi to’p va tirkash), to’p aroblari va qurol- aslahalarning ehtiyot qismlari ishlab chiqilardi.

    2. Yovar -soqchilarning boshlig’i. Dastasi yuz znafar askardan iborat edi. Yovar o’z dastasi yoki tubining hisob-kitobi, yillik xarajatini askarlari uchun xazinadan olib berardi. Yovarlar xon devonini hujjatlarida g’allagir (g’alla oluvchi), javgir (bug’doy oluvchi) va sarpo oluvchi sifatida qayd etilgan. Ba’zan yovar biron ariq (jo’y) yoki anhorga ham sohib bo’lib, xizmati uchun “mirobona” xaq olgan. Ba’zi hujjatlarda yovar to’pchilar dastasining boshlig’i hamda qurol yasovchilar ustaxonasining sardori sifatida tasdiqlangan6. Mahalliy manbalarda “Tarixi Aliquli amirlashkar” asarida Xayr Muhammad yovar amirlashkarining shaxsiy dastasini boshlig’i sifatida tilga olingan.

    3. To’pchiboshi -to’pchilar boshlig’i.

    4. To’qsabo -o’zlarining tug’iga ega bo’lgan harbiy dastasining boshlig’i (Buxoro VII darajali mansabdor).

    5. Ponsatboshi -500 nafar askardan iborat guruhni rahbari.

    6. Yuzboshi -100 kishilik dastasining boshlig’i.

    7. Panjohboshi (ellikboshi; “elboshi” emas) (f.t.)- 50 nafarlik harbiy tubning sardori.

    8. Dahboshi (o’nboshi)-o’n nafarlik jangiy dastasining sardori.

    9. Qarovulbegi soqchilar va qarovullar boshlig’i.

Harbiylar qatoriga askar, sarboz, nukar, sipohi, mergan, mahram, (mulozim ma’nosida), botir, jazoilchi, to’pchi, zambarchi, (to’pchi va jozoilchining yordamchisi), qo’rchi, qoravul (soqchi) kiradilar. Qo’shinda yana nog’arachilar surnaychi, dafchi (katta nog’oralarni chaluvchi), ko’s va duxulchilar, tug’chi (bayroqbordor) ham xizmat qiladilar. Bu unvonlar o’rtasida mingboshidan posbonboshigacha oliy unvonlar hisoblanardi; yuzboshidan qoravulbegigacha o’rta unvonli mansabli, qolganlari past unvonlilar hisoblanardi. Harbiylar o’rtasida ellikboshidan mingboshigacha lavozimidagi amaldorlar xizmatlariga mulozimlarni oladilar. Pansatboshidan yuqori lavozimdagi harbiylarga yana mirzo va munshi ham xizmat qilardi.
Ma’lumotlarga qaraganda bu unvonlar sohiblari saroydan yiliga quyidagi miqdorda maosh olardilar.
Yuzboshi yiliga 8 pud bug’doy, 240 pud jo’xori (otlari uchun), kimxob chopon, salla, to’shak (yoki uch tillo), etik, po’stin, to’n, chakmon, ikkita qo’y, cheprak, choy, (ikki qadoq), oq choy va har oyi bir tilloyu to’rt tanga pul, ya’ni, bir yilda jami 36 tilloga teng maosh olardi.
Qo’rboshi 400 tanga, qorovulbegi 200 tanga, qushbegi 150 tanga,
to’qsabo 300 tanga, qo’rchi 70 tanga va bahodirlar 20 botmon (1 botmon - 7,8 pud-mual.) bug’doy bilan 50 tanga yillik maosh olardilar.
Harbiylarga xizmatlari evaziga xon tomonidan muayyon mulk (yer, ariq yoki anhor) berilardi. Bunday mulk “tanho” bo’lib, mulkdor “tanhodor” nomini olardi. Tanhodorlik huquqi muayyon muddatga berilib, bir umrga ham berilishi ham mumkin edi. “Tanho”-to’g’ridan-to’g’ri meros qolmasdi. Tanhodorning o’g’li borisi otasining vazifasiga o’tsagina bu mulk o’g’liga o’tardi. Ba’zan muayyan mulkning yer, ariq, anhor,qishloq xiroji yoki tanobona solig’i harbiy kishiga xizmati evaziga berilardi. Bu mulkning shakli “tarxon” bo’lib, egasi shu soliqlarni olardi. Harbiylarda o’z shaxsiy mulklari bo’lsa xizmatlari evaziga ular soliq to’lashlardan ozod etilardi. Muayyan mulkdan xiroj olish huquqi ( muayyan muddat uchun ham) tarxon yoki vaqf shaklida harbiylar va ruhoniylarga berilgan. Xudayorxon davrida mulkni “urg’u” (musodara) qilish yo’li ham qo’llanib xazina to’latib turilgan. Biror bir ayb bilan, hatto kuchli sarkardalar, qabilalarning ashroflari va qo’shin amirlarining mol-mulklari ham musodara qilinib, o’zlariga jazo berilar edi.
Bulardan tashqari, harbiy yurishlar natijasida qo’lga kiritiladigan o’lja harbiylarning qo’shimcha daromadlari hisoblanar edi. Bunday yo’l bilan to’plangan mol-mulk qatnashchilari o’rtasida teng taqsimlanardi.
1842-yil Buxoro fiqhlari bergan fatvo asosida Farg’ona zamini talon taroj bo’lganini Avaz Muhammad Attor maxsusqayd qilgan edi. Agarda Buxoro amirlaridan faqat Amir Muzaffarning Qo’qonga qarshi yurishlarini hisobga olsak ham, bu urush natijasida egallangan “o’lja” larning miqdorini aniqlash qiyin bo’ladi7.
Olimxon davrida 1809 yili Toshketga yurish qilindi va xon farmoni bilan Qo’qon lashkarlari Chimkent va Sayramga zakot olishga yuborildi. Lekin Olimxon bu yurishdan kelgan boy “o’lja” ga bir o’zi sohiblik qilmoqchi edi, lashkar norozi bo’lib, undan yuz o’girdi va Amir Umarxon tarafiga o’tib oldi.2 Qo’qon xonligi bilan Buxoro o’rtasida joylashgan Jizzax, O’ratepa ikki tarafdan ham harbiy yurishlarni dxoimiy nishoniga aylanib qolgan edilar. Birgina Amir Umarxon davrida O’ratepaga qarshi “o’lja” niyati uchun 16 marta qo’shin tortilgani manbalardan ma’lum.



    1. Yüklə 73,57 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin