Jizzax viloyati prokuroriga «Jizzax O’g’it Servis»



Yüklə 23,4 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü23,4 Kb.
#43959
ariza


Jizzax viloyati prokuroriga

«Jizzax O’g’it Servis» MCHJ rahbari Jizzax shahar Xalqabot mahallasi A.Calimov ko’chasi 7 – uyda yashovchi fuqaro Allayorova Ziyoda tomonidan

Tel: +998919448000

ARIZA


Arizamning mazmuni shundan iboratki muhtaram prezidentimiz Shavkar Mirziyoyev aytganlaridek “Tadbirkorlarga keng yo’l ochib berish siyosatini davom ettiramiz”. “Tadbirkorlarning yo’liga to’siq bo’lishni davlat siyosatiga xiyonat deb qabul qilamiz” degan edilar.

Bundan tashqari Muhtaram Yurtboshimiz ikki ish o’rni yaratgan tadbirkorni yelkamda ko’taraman deganlar

Men Mirzacho’l tumani, Paxtazor SHFY dagi ko’p qavatli uylar hududidan umumiy foydalanish uchun tandirxona va hojatxona qurushga yer maydoni ajratish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 – yil 2 – apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha jora tadbirlar to’g’risidagi PQ – 5048 – sonli qarorini ijrosini taminlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida” gi Qonunning 6,25 – moddalariga “Yer kodeksi” ning 20- va 23 – moddalariga asoslaning 09.04.2021 – yildagi Mirzacho’l tumani hokimligi № 193 – sonli qarorini chiqarim hokim o’rinbosari F.Raxmatov qolimga bergan edi.

Men “Jizzax O’g’it Servis” MCHJ rahbari № 193 – sonli qaroriga asoslaning o’zimni Mirzacho’l tumani Paxtakor ko’chasida joylashgan “Shlaka blok” ishlab chiqarish sexim borligi uchun hali mahalliy budjetdan pul ajratmasada, hozirgi kunda 6 dona tandirxonalarimni bitqazib qo’ygan joyimda Mirzacho’l tuman hokimi movini Xasan, Mirzacho’l tuman hokimi Sherzod Axmedov topshirig’iga asosan men hozirgi barpo etib bo’lgan tandirxonalarni noqonuniy qurgansan senga hech qanday qaror chiqarilmagan deb qurilgan tandirxona oldida meni va 15 nafar ishchimni baqir-chaqir qilib oldiga solib haydadi. Axir mening qo’limda tuman hokimi tomonidan 09.04.2021 yil sanasidagi №93 – sonli qaror bo’lsa, men ushbu qarorga asosan o’z mablag’larim hisobidan 23.04.2021 yildagi №19 - sonli hududiy elector tarmoqlari korxonasi AJ tomonidan berilgan texnik shartni va Jizzax viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 26.04.2021-yildagi №1708-1708223-18057-sonli arxitektura rejalashtirish topshiriqlarini olib menga qaror qilib chiqarilgan yer maydonida qurilish ishlarini boshlab yubordim.

Ushbu ishlarni boshlashda tuman bosh arxitektori Mansur aka “Davlat xizmatlari markazi” rahbari Ilhom aka, tuman hokimi o’rinbosari Furqatlar kelib menga yer maydonini ajratib ko’rsatib berishgandan keyinqurilishni boshlaganman.

Sobiq Mirzacho’l tuman hokimi K.Xolmurodov meni 2020-yilning noyabir oyida xonasiga chaqirib “opa Paxtazor SHFY da 6 ta va 6 ta tandirxona inshoatini qurib bering” dedilar men rozi bo’ldim, faqat pulini budjetga pul tushganda beraman dedilar, men rozi bo’ldim va noyabir oyida Paxtazor SHFY ga o’zim ishlab chiqarayotgan “Shlaka bulok” mahsulotidan 20.000 (yigirma ming) dona obarib qo’ydim.

Shundan so’ng tuman hokimi Komiljon Holmurodov Jizzax shahar hokimi lavozimiga ishga ketdi bu orada Mirzacho’l tumaniga Sh.Axmedov hokim bo’lib keldi. U kishi kelganlaridan so’ng oradan 20 kunlar o’tgandan keyin hokimni qabuliga kirdimda “Sherzodjon men Paxtazor SHFY da tandirxona va hojatxona qurish uchun 20.000 (yigirma ming) dona g’isht tushurib qo’ygan edim oldingi hokim menga quring deb aytgan edilar” dedim. Shunda hokim “opa nima muammo bo’lyabdi, boshlagan bo’lsangiz quravering qaror chiqarib beraman” dedi va ushbu №193 qarorni chiqarib ijrosini honim movini F Raxmatov zimmasiga yukladi. Men tandirxona qurilishini boshladim.

Ishni boshlaganimdan keyin 2019 – 2020 – yillarda tumanning Toshkent QFY xududida o’z hisobimdan 621.445 (olti yuz yigirma bir ming to’rt yuz qirq besh) so’mlik 5 dona tandirxona 5 dona hojatxona o’z hisobimdan qurib bitqazib topshirgan edim.

250.000.000 so’m pul mablag’i xisobidan qolgan menga 100.000.000 so’m to’lab berilsin deb 2021 – yilning fevral oyida farmoyish chiqarib bergan ekan. Hokimiyatning hisobchisi Oybekning oldiga kirsam 104.000.000 qilib bersin hokimga ayting dedim bo’lmasa dakumentingiz chalkam bo’ladi dedi. Shunda men farmoyishni olib hokimni qabuliga kiray desam Elyor katta qabul qilmas ekanlar vaqtlari yo’q ekanlar dedi. Ha deb tursam hokim qabulxonaga chiqib “men aytdimku qabul qilmayman deb nimaga turibsiz” deb menga qattiq gapirdi “Xasanga uchrashing hadeb meni bezovta qilavermang meni sizdan boshqa ishim yo’qmi” dedi hokim Sherzod Axmedov.

Shunda Sherzodning oldiga kirasam Xasan menga qattiq ovozda “nima qilasiz kattaning jaxlini chiqarib” dedi Xasanni oldi viloyatdan kegan fuqarorlar bor edi “shunda men nima qildim kattani jaxlini chiqarib tadbirkorlarning haqqi yoqmi hokimni huzuriga kirishga” dedimda viloyatdan kelgan fuqarolarning oldida izza bo’lib Xasanning xonasidan yig’lab chiqib ketdim. Uyga kelganimdan keyin qon bosimim 200 dan oshib ketibdi. Ertasi kuni ertalab hokimni telefoniga xabar jo’natdim shundan keyin meni kotib orqali chaqirtirdi Xasan bilan ikkalamiz hokimni oldiga kirdik “Ziyoda opa menga har xil habarlar yubordingiz” dedi “nega habar yubormeman axir kecha viloyatdan kelgan fuqarorlarning oldida Xasan nega kattani jaxlini chiqardingiz deb izza qildi men sizning jaxlingizni chiqaradigan nima ish qildim” dedim. Qabulingizga qabul qilmadingiz va hohlamadingiz shuni uchun sizga habar yozdim. Ana endi hammasi shundan keyin boshalandi yana men hokimni oldiga keldim Sherzod Axmedov meni qabul qilmadi kotibi Eldo kirib chiqtida “Ziyoda opa uzur kattaning siz bilan gaplashishga vaqlari yoq ekan”dedi qabulxonada bir nechta fuqarolar oldida izza bo’lib ko’zimdan tirqirab yosh olib chiqib ketaman.

Men jamiyatimizga foydasi tegadigan ayol tadbirkormanku Mirzacho’l tumanida 3 ta fermam faoliyat ko’rsatib turibdiku:

1 – “Farkimyotrans” MCHJ bu yagona soliqda

2 – “Mirzacho’l oltingugurt” MCHJ 15% soiz QQS da

3 – “Jizzax o’g’it servis” MCHJ 15% QQS da

Mirzacho’l tuman solig’iga 6 oy mobaynida 53.817.000 so’m soliq 25.000.000 yer va mulk solig’I jamji 78.817.000 so’m soliqqa xissamni qo’shib qo’ygan bo’sam 35 nafar fuqaroni doimiy ish bilan taminlab qo’ygan bo’sam. Tumanni export salohiyatiga o’z hissamni qo’shib qo’ygan bo’lsam mana Sherzod Axmedovni Mirzacho’l tuman hokimi bo’lib kelganlariga 5 oy bo’lgan bo’lsa hali bir marotaba ham bizni oltingugurt ishlab chiqarish seximizga tashrif buyirganlari yo’q, hol ahvol soraganlari yo’q. Bu insonni kim bizni tumanimizga hokim qilib saylagan tushunmadim.

Men Paxtazor QFY ko’p qavatli do’mlar oldidagi tandirxona va hojatxonalarimni bitqazganimda Paxtazor SHFY shirkati boshlig’i Nasibaxon kelib 15 ta ishchimni oldiga solib haqarotlab quvdi. Shu bilan bu Nasibaxon meni ishchilarimni ikkinchi marotoba yomon so’zlar bilan haqarotlab quvishi. O’zi shirkat boshlig’i bo’lsa nima haqqi bor meni ishchilarimni haqarotlashga. Bu ayolni kim shirkat boshlig’i qildi bu ayol qamalib kelgan ekan hozirgi kunda bu insonni qiz farzandi o’g’irlik bilan qamoqda ekan. Bunaqangi og’zi shaloba ayolni shirkat boshlig’i bo’lishga haqqi bormikan. Ertasi kuni o’zim bordim ishchilarim ish o’rnida ishlab turganida hokim movini Xasan kelib bu yerdan sen qurilish qilmaysan, seni noqonuniy qurgan qurilishinga pul bermayman dedi. Xasan bu nima qilganingiz desam Sherzod Axmedov aytdi “chiqarib yubor qurgan tandirxonasini buzdirib tashla boshqa ferma quradi” dedi. Nega endi tuman hokimi Sherzod Axmedov meni tadbirkorlik faoliyatimni bir bo’lagiga chek qo’ymoqchi. Qani haqiqat, qani tadbirkorlarga bo’lgan adolat.

Yuqorida keltirib o’tgan holatlarni to’liq va holisona o’rganib chiqishingizni Mirzacho’l tuman hokimi Sh.Axmedov va hokim movini Xasan Paxtazor SHFY shirkat boshqaruvchisi Nasibaxonlarga nisbatan vakolatingiz doirasida ularni hatti harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko’rishingizni hamda mening tadbirkorlik faoliyatimga to’sqinlik qilayotgan ushbu mutasaddi rahbarlarga chora ko’rib men ayol tadbirkorni qo’llab quvvatlaysiz degan maqsadda sizga murojat qilmoqdaman.

“Jizzax o’g’it servis”



MCHJ rahbari: Allayorova Ziyoda Holbekovna
Yüklə 23,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin