IV. Asosiy qism
Fanning nazariy mashg'ulotlari mazmuni
Modul №1. Matematik va kompyuter lingvistikasi kursi predmeti.
Matematik va kompyuter lingvistikasi kursining mundarijasi, maqsadi, vazifasi va ahamiyati. Tilning ijtimoiy va informativ funkstiyasi.
Modul №2. Matematik mantiq asoslari.
Tilshunoslikda matematik metodlarni qo’llash. Matematik mantiqning tilshunoslikdagi ahamiyati. Mulohazalarni hisoblashning formal nazariyasi. Mantiq funkstiyalari va ularning berilishi.
Modul №3. Aksiomatik nazariya haqida tushuncha.
Tilga matematik yondashuv. Nazariya simvollari. Nazariya formulalari. Nazariya aksiomalari. Nazariyaning keltirib chiqarish qoidalari. Nazariya teoremalari Matematik mantiq va tillarni formallashtirishning uzviy bog’liqligi.
Modul №4. Tilshunoslikda modellashtirish metodidan foydalanish.
So’z turkumlarini formallashtirish. Gap bo’laklarini formallashtirish. O’zbek, rus va ingliz tillaridagi asosiy gap konstrukstiyalari.
Modul №5. Matematik va kompyuter lingvistikasi fani, tarixi va zamonaviy holati.
Tilshunoslik tarixida kompyuter lingvistikasining tutgan. o’rni. An’anaviy tilshunoslikdan kompyuter lingvistikasining farqlari. Evropadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. Rossiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. Turkologiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. O’zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar.
Dostları ilə paylaş: |