); mintaqaviy bozorlar
(Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G'arbiy
Evropa bozori) va
jahon bozori
.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra
bozorlar
quyidagi turlarga bo iinadi: iste'mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy
texnika kashfiyot yo’li va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub'ektlarning xususiyatiga kora
ulgurji va
chakana savdo to'g'risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar
fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va
boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq
xo'jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o'rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat,
sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo'jaliklaridir.
Bozorning beshta asosiy savoli.
Bozor tizi mining asosiy xususiyatlari bozor
iqtisodiyo’tining quyidagi beshta muhim savolga javob bo'la olish ini tushunishga
yordam beradi:
Qanday mahsulot va xizmat turlari ishlab chiqariladi?
Ular qay yo'sinda ishlab chiqariladi?
Ulardan asosan kimlar foydalanishi mumkin?
Bu tizim o'zgarishlarga qanday bardosh beradi?
Tizimning muvaffaqiyat garovi nimalardan iborat?
Mazkur beshta savol mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ini
belgilovchi iqtisodiy tanlovlarni yoritib beradi. Ular inson ehtiyojlari cheksiz
bo’lgan bu dunyoda tanqis resurslarni aks ettiradi. Iqtisodiyo’tning barcha
ko'rinishlari shu beshta savolga murojaat etadi.
Qanday tovarlar va hizmatlar ishlab chiqariladi?
Bozor tizimi muayyan
turdagi va miqdordagi xizmat va tovarlarni ishlab chiqarishni qanday hal etadi? Bu
savolga jo'у ali javob man a bunday: Doimiy foyda keltirayo’ligan xizmat va
tovarlar ishlab chiqarilaveradi va foyda keltirmayo’liganlari ishlab chiqarilmaydi.
Daromadlar va zararlar mahsulot sotuvidan tushadigan umumiy tushumlar (UT) va
o'sha mahsulotlarning ishlab chiqarishning umumiy muqobil narxi (MN) o'rtasidagi
farqlaridir. (Iqtisodcgilar uchun esa, iqtisodiy narxlarga mehnatga to'lanadigan to'
lovlargina emas, balki tovar ishlab chiqarishda ishlatilgan boshqa resurslarni jam
lash va taslikillastirish uchun sarflangan xarajatlar ham kiradi.) Sanoatdagi davomiy
iqtisodiy foyda (UT>MN) mahsulot ko'lamini kengaytirishga va resurslarni shu
sanoatiga yo'naltirishni taqozo qiladi. Amaldagi korxonalar о sib boradi va уangilari
qo'shiladi. Shunday qilib, sanoat ko'lami kengayadi. Sanoatdagi davomiy iqtisodiy
zarar (UTto'xtal’ib qo'yadi. Ba'zi amaldagi ishlab chiqarish korxonalarining hajmi torayadi;
hatto ba'zilari o'z faoliyatlarini tamomlashga majbur b’oladi. Sanoatning ishlash
sur'ati qisqaradi. Bozor tizimida haridorlarni qo'li ustundir. Chunki ishlab
chiqarilgan tovarlaming miqdori va turlarini belgilashda iste'molchi ustunligi asosiy
ahamiyatni kasb etadi. Iste'molchilar o'z ta'blari va hamyoniga mos keladigan
tovarlar uchun daromadlarini tovar sotib olishda sarflaydilar. Huddi shu yo'sinda,
ular bozordagi o'zlarining ehtiyojlarini belgilaydilar. Agar ma lum turdagi tovarga
ko'proq talab bo’lsa, korxonalar o'sha mahsulotni ishlab chiqarib, savdoga chiqaradi.
Yoki aksincha, tovar o'ziga sarflangan harajatlarni qoplay olmasa, u mahsulot
savdoga qo'yilmaydi. Ular asosan iste'molchilarning talablariga to'liq mos keladigan
mahsulotlarnigina sotuvga chiqaradilar. Iste'molning talablari nafaqat qaysi ishlab
chiqarish korxonalari ishlay olishini, balki qaysi turdagi tovarlar bozor talablariga
bardosh bera olishini belgilovchi muhim ko'rsatkichdir. Faqatgina foyda
keltirayo’ligan sanoatlar, korxonalar va raqobatbardosh mahsulotlargina saqlanib
qoladi. Shuning uchun, korxonalar o'zlari xohlagan tovar-mahsulotlarni ishlab
chiqaraverishi mumkin emas. Iste'molchilarni bozordagi talablari qay bir turdagi
tovarlar foyda keltirishi yoki qaysilari zarar keltirishlarini ko'rsatib beradi. Shunday
ekan, bu qanday turdagi iste'mol sotuvidan kelish chiqib amalga oshiriladi.
Avtomobil sanoati ishchi lar xizmatidan foydalanishga muhtojlik sezadi, sababi
avtomobillar sotilmoqda. Lotin tilini o'rganuvshilar va shu tilga talab borligi tufayli
doim Lotin tili o'qituvchilariga talab bo'laveradi. Daromadga yo'naltirilgan resurs
ta'mino’lchilari iste'molehilar didiga va vaqt sinovida bardosh bermagan tovarlar
uchun resurslardan foydalanishga imkoniyat bermaydi. Bozorning samarali
ishlashiga yordam beruvchi asosiy omil iste'molchilardir; mos ravishda ishlab
chiqaruvchilar va ta'mino’lchilar ularning talablarini qondirish uchunginaxizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |