O`zbekiston respublikasi sog’’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 256,01 Kb.
səhifə1/4
tarix13.03.2017
ölçüsü256,01 Kb.
#11068
  1   2   3   4
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI



HALQUMNING SURUNKALI YALLIG’LANISH KASALLIKLARI

(Tibbiyot oliy o`quv yurtlari davolash va pediatriya faqo’l’tetlari

5-kurs talabalari, klinik –ordinatorlar, magistrlar va shifokorlar uchun o`quv – uslubiy qo`llanma)

Andijon – 2011



TUZUVCHILAR:

N.J.Qosimova – Andijon Davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti

Z.K.Norboev – Andijon Davlat tibbiyot instituti otorinolaringolog’iya, oftal’molog’iya, VMOF oftal’molog’iya kursi kafedrasi assistenti, t.f.n.

M.A.Mamatalieva - Andijon Davlat tibbiyot instituti patolog’ik anatomiya, patolog’ik fiziolog’iya va sud tibbiyoti kafedrasi assistenti.
TAQRIZCHILAR:

N.O.Axundjanov – Toshkent tibbiyot akademiyasi otorinolaringolog’iya, kafedrasi dotsenti, t.f.n.

A.F.Ikromov - Andijon Davlat tibbiyot instituti otorinolaringolog’iya, oftal’molog’iya, VMOF oftal’molog’iya kursi mudiri, professor
Ushbu o`quv uslubiy qo`llanma LOR kasalliklari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim Vazirligining Muvofiqlashtirish kengashida ko`rib chiqilib, tasdiqlangan - 2008 yilda nashr etilgan namunaviy dasturlar (5720100-davolash ishi va 5720200-pediatriya ishi ta`lim yo’nalishlari) asosida ishlab chiqilgan.

O`quv uslubiy qo`llanma ADTI markaziy uslubiy xay`atida ko`rib

chiqildi va tasdiqlandi. «___»_____________ 2011 yil. Bayonnoma №___.
O`quv uslubiy qo`llanma ADTI Ilmiy kengashida tasdiqlandi.

2011 «___» ________________ № ______ bayonnoma.

Ilmiy kengash kotibi, dotsent: X.A.Xusanova
Mashg’ulotni mavzusi Halqumning surunkali yallig’lanish kasalliklari.

Mashg’ulotni maqsadi: Talabalarga ko’ruv xonasida, halqumni, halqum va burun halqumni, ya’ni mezoforengoskopiya va epiforengoskopiyani kursatish, anginalar va paratanzilyar abtsesslarni kursatish, klinikasi bilan tanishtirish va differentsial diagnostikasi o’rgatish. Halqumni surunkali kasalliklarini Ko’rgazmali qurollardan, mulyajlardan, atlas va albomlarni foydalanib ko’rsatib, tushuntirish, klinikasi bilan tanishtirish, va ularni boshqa turlari bilan qiyosiy taqqoslab diagnostika va davolash usullari xamda profilaktikasi o’rgatiladi.

Mashg’ulotni vazifalari: Talabalar - Halqum kasalliklarini ta’rifi va turlarini, asosiy etiolog’ik omillar va patog’enezini aniqlashni, kasallikni bosqichlarini va klinik - morfolog’ik shakllarini farqlashni, turli xil klinik - morfolog’ik ko’rinishlaridagi og’’irlashuvlarini aniqlash va baxolashni, xamda ularni davolash usullari va profilaktikasini bajara olishlari kerak. Talabalar - halqumni surunkali kasalliklarini ta’rifi va turlarini, asosiy etiolog’ik omillar va patog’enezini aniqlashni, kasallikni bosqichlarini va klinik - morfolog’ik shakllarini farqlashni, turli xil klinik - morfolog’ik urinishlaridagi og’’irlashuvlarini aniqlash va baxolashni, xamda ularni davolash usullari va profilaktikasini bajara olishlari kerak.

Tarbiyaviy maqsadi: Bo`lgusi shifokor kasbi uchun zarur xususiyatlar: chidamlilik, bemorlarga e’tiborlilik, deontolog’iya elementlarini, vatanparvarlikni tarbiyalash.

Mashg’ulotning boshqa fanlar bilan bog’’lanishi

Kelib chiqishi

Mashg’ulot nomi

Amaliyotda tatbiq etilishi

1.Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi 2.Gistolog’iya kafedrasi 3.Normal va

patolog’ik fiziolog’iya 4.Patolog’ik anatomiya kafedrasi

5.Ichki kasalliklar kafedrasi


«Halqumning surunkali yallig’lanish kasalliklari»

1.Davolash va pediatriya

faqo’ltetlarining klinik kafedralari (jarroxlik, terapevtik yo`nalishlardagi kafedralar) va b.



2.Sud tibbiyoti va b.

SURUNKALI FARINGITLAR

Surunkali faringit: kasallik asosan o`tkir faringitdan keyin rivojlanadi. Uning paydo bo`lishiga o`z vaqtida davolanmagan o`tkir faringit, burun va burun yondosh bo`shliqlari kasalliklari, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, diatez va qandli diabet, zararli odatlar (chekish, spirtli ichimlmklar ichish), kasbdagi turli salbiy (kimyoviy va fizik) ta`sirlar, iqlim (quruq, issiq va chang xavo) sharoitlari sabab bo`ladi. Surunkali faringitning uch turi tafovut qilinadi:

Kataral Gipertrofik Atrofik

Kataral faringitda bemorlar tomoqda achishish, yot jism borligi xissiyotiga va yo`talga shikoyat qiladilar.

Faringoskopiyada Halqum orqa devorini shilliq qavatlari qizarib shishgan, qon tomirlari bo`rtib chiqqan va yuzasida ko`p miqdorda shilimshiq ajralma bo`ladi.

Gipertrofik faringitda kataral faringitdagi shikoyatlar kasallikni bu turida kuchliroq namoyon bo`ladi va ikki xil - tarqalgan (diffuz) yoki chegaralangan ko`rinishda kechadi. Xalqumda ko`p hosil bo`lgan balg’am reflektor qo`zg’alish keltirib chiqarib,bemorlarni doimo yo`talib tupurishga majbur qiladi. Tomoqda yot jism xissiyoti bemorlarda o`sma borligi vaximasi “rakofobiya” olib keladi va ular doimo turli yo`nalishdagi vrach mutaxasisslarga murojat qilishga majbur.

Faringoskopiyada-shilliq qavatni epiteliy qatlamlarini ko`payishi xisobiga diffuz yoki chegaralangan gipertrofiya kuzatiladi. Joylarda tsilindrik epiteliy yassi epiteliyga almashadi. Gipertrofik jarayon asosida joylarda esa kistalar xolida ko`rinadi. Qon tomirlar bo`rtib chiqqan, shilliq qavat yuzasida yiring aralash balg’am bo`ladi. Klinik kechishi bo`yicha gipertrofik faringitlar granulez va yonbosh faringit turlariga bo`linadi. Granulyoz faringitda xalqumni orqa devori o`rtasida, qizarib shishigan shilliq qavat asosida, joylarda qizarib bo`rtgan limfoid granullar ko`zga tashlanadi. YOnbosh faringitda bunda o`zgarishlar Halqumni orqa devorini ikki yon tomonlaridagi, orqa tanglay yoyiga paralel joylashgan limfoid to`qimalarda kuzatiladi.


Surunkali atrofik faringitni ko`pincha surunkali faringitlarni yakunlanish bosqichi deb xam ataladi, chunki uzoq davom etgan surunkali yallig’’lanish keyinchalik, ko`pincha atrofik jarayon bilan yakunlanadi. Bemorlarni shikoyatlari: tomoqni qurqushab qolishi, tomoqda og’’riq, yutinishni qiyinligi va tomoqda yot jism borligi xissiyotiga bo`ladi.. Bemorlar achchiq va sho`r taomlar istemol qilishganda yuqoridagi belgila kuchayib ketadi. Tomoqdagi quruqshash belgisi bemorldarni uyqudan bezovta qiladi. SHunin uchun xam ular tomoqni xo`llash maqsadida doimo suyuqlik ichishga majbur.Atorfik jarayon qanchalik kuchli rivojlangan bo`lsa, yutinishni qiyinligi shunchalik keskin namoyon bo`ladi.Bemorlarni og’’izdan noxush xid keladi.Tomoqdagi doimiy yot jism borligi va quruq yutinganda yot jism yuqoridan pastga o`tgandek xissiyoti bemorlarda o`smaga gumon tug’diradi. SHuning uchun xam bu bemorlar doimo vrachlar xuzurida turli tashxislar bilan davolanadilar.

Faringoskopiyada Xalqumdagi atrofik jarayon asosan atrofik rinitni davomi shaklida rivojlanadi. SHilliq qavati quruqshagan, yupqalashgan va qizargan bo`ladi, shuning xisobiga Halqum shilliq qavati loklangan singari yiltirab ko`rinadi. SHilliq qavat yuzasida qo`yiq shilimshiq ajralma yoki quruq qasmoq bo`ladi .

Davolash: Kasallikni davolash qilinik ko`rinishiga asoslangan xolda olib boriladi. Kasallikni qaysi ko`rinishi bo`lishidan qa`tiy nazar davolashni bemorlarga chekish va spirtli ichimliklarni ichish man etishdan boshlanadi. Tashqi muxitini salbiy ta`siri,ishlab chiqarishdagi nojuya ta`sir etuvchi omillarni bartarf qilishga erishish zarur. Surunkali faringitlarni davolashdagi asosiy yo`nalish bu ingolyatsiyalar tavsiya qilish bilan olib borishdir. Agar surunkali kataral faringit bo`lsa ingolyatsiya uchun turli o`simlik (shalfey, chinni gul, evkalipt) antiseptik xususiyatiga ega bo`lgan damlamalari, gipertrofik turida esa yuzaki kuydiruvchi va bujmaytiruvchi dorilar,atrofik ko`rinishida ishqorli-yog’’li muolijalar tavsiya qilinadi.

Gipertrofik faringitlarda tomoqni 5-10% taninni glitserindagi eritmasi bilan surtish yoki kattalashgan granulalarni kumush nitrat, uch xlorli sirka kislotasi eritmasi bilan aloxida-aloxida kuydiriladi. Ayrim xollarda bu kattalashgan granulalar termik yoki muzlatish (krio ta`sir) usuli bilan xam kuydiriladi. Atrofik faringitda yog’’li-ishqorli ingolyatsiyalardan tashqari yana Halqum shilliq qavati Lyugol’ eritmasi bilan massaj qilinadi, vitamin A yog’’li eritmalari surtiladi,shilliq qavati ostiga turli bioaktiv dorilar (gumizol, aloe) yuboriladi. Fizioterapevtik muolijalardan qo`shimcha yana lazer nurlari va magnit to`lqinlari ta`sir etish usulari bilan davolash yaxshi yordam beradi. Jag’ osti sohasiga 0,5% nikotin kislatasi eritmasi bilan elektroforez qilish davolash kuchaytiradi.Vitaminlarni qo`llash davolanish ta`sirini kuchaytiradi.

Yüklə 256,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin