O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


MEXANIK TONOMETR BILAN QON BOSIMINI O’LCHASH



Yüklə 71,02 Kb.
səhifə4/5
tarix07.05.2023
ölçüsü71,02 Kb.
#109190
1   2   3   4   5
Nodirbek Biofizika 1-mustaqil ish.

MEXANIK TONOMETR BILAN QON BOSIMINI O’LCHASH


1. Yuqorida keltirilgan dastlabki tayyorgarlikdan so’ng, manjetani yurak darajasida, tirsakdan 3-5 sm teparoqda qo’lga taqing.
Agar sizning qurilmangiz qon bosimini bilakda o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lsa ham, u yurak darajasida bo’lishi kerak.
2. Steteskopni qo’lning ichki bukimi markaziga joylashtiring va uni quloqqa taqing. Bu joyda, manjetadan havoni chiqarish vaqtida pulsni aniq eshitib olish mumkin bo’ladi.
3. Manjetani 200-220 mm.sim.ust`gacha damlang. Agar qon bosimi yanada yuqoriroq bo’lishi mumkinligiga shubha tug’ilsa, uni yanada ko’proq damlash kerak bo’ladi;
4. Sekin-asta, sekundiga 2-4 mm tezlikda, tonometrning siferblatiga qaragan holda havoni chiqara boshlang va stetoskopdagi zarblarni (pulsni) tinglang.
5. Dastlabki zarbni eshitishingiz bilan, asbobning mazkur ko’rsatkichini yodda saqlab qoling, bu qon bosimning yuqori ko’rsatkichidir (sistolik qon bosimi).
6. Zarblar eshitilishi to’xtatganda, bu qon bosimning pastki ko’rsatkichi bo’ladi (diastolik qon bosimi).
7. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari bo’ladi.

QON BOSIMINI AVTOMATIK (ELEKTRON) TONOMETR BILAN O’LCHASH


1. Manjetani qo’lingizga taqing va uni yurak darajasiga qo’ying.
2. Qon bosimini o’lchashni boshlash uchun shunchaki avtomatik tonometr tugmachasini bosing.
3. Tonometr natijalarni ko’rsatgunicha kutib turing. U o’zi manjetani havo bilan to’ldiradi va uni chiqaradi. Siz faqat natijalarni yozib olishingiz kerak.
4. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari bo’ladi.

QON BOSIMI NORMASI QANDAY BO’LADI?


Umumiy qabul qilingan inson normal qon bosimi 120/80 hisoblanadi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, yoshga, organizmning individualligiga, sutka vaqti va boshqa omillarga qarab, normal qon bosimi yoki ko’pincha ideal qon bosimi yoki ishchi qon bosimi deb ataladigan ko’rsatkich turlicha bo’lishi mumkin. Misol uchun, keling, turli yoshdagi odamlar uchun normal bosim ko’rsatadigan jadvalga qaraylik:


Yüklə 71,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin