O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti


Psixosomatika kasalliklaridagi “Mo`jizaviy yettilik”



Yüklə 266,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix06.06.2020
ölçüsü266,83 Kb.
#31690
1   2   3   4   5   6   7
ТАРКАТМА 6 узб


Psixosomatika kasalliklaridagi “Mo`jizaviy yettilik”  

1. Essencialli gipertoniya 

2. Oshqozon-ichak yara kassalligi 

3. Bronxial astma 

4. Qandliy diabet 

5. Yarali kolit 

6. Revmoitliy artrit 

7. Neyrodermatit 

 

Psixogen nevralgiyalar 

Har qanday psixogen giperesteziyalar tananing turli joylarida nevralgiya yoki mialgiyaga o‘xshash og‘riqlar 

beradi. Ayniqsa, yuz sohasida kuzatiladigan og‘riqlar bemorlarni juda qiynab qo‘yadi. 

Bu og‘riqlar kuchi turli darajada, oddiy achishishdan tortib kuchli sanchuvchi og‘riqlargacha rivojlangan 

bo‘ladi. Og‘riq ikkala chakka, peshona, iyak sohalarida kuzatilishi mumkin. Agar og‘riqlar tish va milklar 

sohasida kuzatilsa, gap psixogen stomatalgiyalar, tilda kuzatilsa glossalgiyalar haqida boradi. Ruhiy 

zo‘riqishlar kuchaygan yoki tezlashgan sayin og‘riqlar ham kuchayib boradi. 

Yuz sohasidagi psixogen og‘riqlar uchun ularning ovqat eyayotgan paytda kamayishi yoki yo‘qolishi xosdir. 

Uch shoxli nerv nevralgiyasiga o‘xshab kechuvchi psixogen og‘riqlarda sezgi buzilishlari nervlanadigan 

sohalarga mos kelmaydi va har kuni bemor turli sohadagi yoki turli darajadagi og‘riqdan shikoyat qiladi. 

Nevrogen og‘riqlardan farqli o‘laroq, psixogen og‘riqlarda analgetiklar yordam bermaydi. To‘g‘ri olib 

borilgan psixofarmakoterapevtik muolajalar bemor ahvolini engillashtiradi. Ba’zan tuzalib ketgan bemorlar 

og‘riqning kuchayganidan shikoyat qilib, yana vrachga murojaat qilishadi. Buning sababi ko‘pincha uydagi 

va ishdagi 

mojarolardir. Glossalgiya bilan xastalangan bir ayol davolash kursini olib ketganidan so‘ng biroz vaqt 

o‘tgach, yana og‘riqning kuchayganidan murojaat qilib kelardi. Gap shundaki, bemorning turmush o‘rtog‘i 

ichkilikka mukkasidan ketgan va shu sababli uyida tez-tez janjal bo‘lib turardi. Bu bemorda kuchli 

darajadagi affektiv buzilishlar aniqlandi. Chunki qo‘rquv, ipoxondriya va depressiya psixogen 

nevralgiyalarning doimiy hamrohidir. 

Psixogen nevralgiyalar ichida qovurg‘alararo og‘riqlar alohida e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, yurak 

sohasida joylashgan og‘riqlar bemorlarni o‘ta bezovta qiladi. Yosh ukasi avtomobil halokati sababli 

hayotdan ko‘z yumgan bemorning yurak sohasida sanchuvchi og‘riq paydo bo‘ladi. Bemor kardiologga 

murojaat qiladi. U bemorni yaxshilab tekshirib, kardiogramma qilib, yuragi sog‘lom ekani, qattiq 

siqilganidan shu og‘riq paydo bo‘lgani, tinchlantiruvchi dorilar ichish lozimligini va nevropatologga 

murojaat qilishni tavsiya qiladi. Nevropatolog ham bemorni obdan tekshirib, tinchlantiruvchi dorilar yozib 

beradi va psixoterapevtik muolajalar o‘tkazadi. Shunga qaramay, bemor ikki oy ichida yurak sohasidagi 

og‘riqlardan 16 marta EKG qildirgan va 10 marta «Tez yordam» mashinasini chaqirgan. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘krak qafasining o‘ng tomonida psixogen og‘riqlar juda kam uchraydi. 

Buning asl sababi yurakning chap tomonda joylashganligidir. Bu yana bir marta «qovurg‘alararo 

nevralgiya» va «stenokardiya» tashxislariga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini talab qiladi. 



Psixogen giperesteziya 

Psixogen giperesteziya psixoasteniya yoki nevrasteniya kasalliklarining asosiy simptomlaridan biri sanaladi. 

Bunday bemorlar tashqi odatiy ta’sirlarga shu qadar sezgir bo‘lishadiki, ularni quyosh nuri, shamolning 

biroz qattiq esishi, avtomobillar tovushi, telefon yoki eshik qo‘ng‘irog‘ining jiringlashi, bolalarning shovqin-

suroni ham juda bezovta qiladi. Odatda, bunday bemorlar har qanday tovushdan eti jimirlab ketishi, tanasini 

xuddi tok urgandek bo‘lishi va boshi qattiq og‘rib, o‘zlarini juda yomon his qilishlaridan shikoyat qilishadi. 



22 

 

Ularni vrach tekshirayotganda, doimo seskanib turishadi, tanasiga qo‘l tekkizgani qo‘yishmaydi, chunki 



og‘riq kuchayib ketishidan qo‘rqishadi. Agar vrach «Men sizga tekshirmay turib tashxis qo‘ya olmayman», 

desa bemor vrachning qo‘lini o‘zi ushlab tanasining og‘riydigan joylariga olib boradi. Bunday bemorlarda 

tananing eng sezgir joylari, odatda bosh va oyoqlar hisoblanadi. Tanadagi giperesteziya sohalari ichki 

a’zolar kasalliklari natijasida ham bo‘lishi mumkin va ular tananing hamma joyida emas, balki ma’lum bir 

sohalarida kuzatiladi. Bu sohalar Xed-Zaxarin sohalari deb ataladi. 

Psixosomatik sindromlar 

O’tkir va doimiy stress natijasida ichki a’zolarda rivojlanadigan funksional tuzilishlarga psixosomatik 

sindromlar deb aytiladi. 

Psixosomatik sindromlarning tibbiy amaliyotda ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishib chiqamiz: 

1) psixogen kardialgiyalar; 

2) yurak ritmining psixogen buzilishlari; 

3) psevdorevmatizm; 

4) psixogen astma; 

5) oshqozon-ichak sistemasining buzilishlari; 

6) psevdourologik sindromlar

7) psixogen jinsiy buzilishlar; 

8) psevdodermatologik sindromlar. 



Psixogen kardialgiyalar 

Ko‘krak qafasining chap tomonidagi har qanday sezgilar (uvishish, og‘riq) bemorlar tomonidan katta xavotir 

bilan qabul qilinadi. Negaki, bu erda yurak joylashgan. Mabodo, boshimiz og‘rib qolsa, bemalol analgin 

yoki tsitramon ichib ishga ketaveramiz (ba’zan ichmasdan ham), lekin yurak sohasida og‘riq sezsak, darrov 

doktor chaqiramiz, kardiogramma qildiramiz, «Hammasi joyida, yuragingiz biroz siqilibdi, xolos», degan 

xulosani eshitgachgina tinchlanamiz.  Chunki ko‘pchilik uchun «yurak» tushunchasi,  «hayot» 

tushunchasining sinonimidir. 

Yurak sohasidagi og‘riqlarning sababi hammavaqt ham yurak kasalligi hisoblanadimi? Yana qanday 

kasalliklar yurak sohasida og‘riq keltirib chiqaradi? 

Yurak sohasidagi og‘riqlarni, ya’ni kardialgiyalarni keltirib chiqaruvchi kasalliklarni uchta asosiy guruhga 

ajratish mumkin. Bular: 

1) yurak kasalliklari; 

2) niqoblangan depressiya; 

3) vertebrogen va miofatsial sindromlar. 

Demak, kardialgiyalarning sababini aniqlash uchun kardiologik tekshiruvlarning o‘zi etarli emas. 

Vertebrogen kasalliklar bemorda chuqur nevrologik, depressiv sindromlarning ko‘payganligi esa psixologik 

tekshiruvlar o‘tkazish lozimligini taqozo qiladi. 

Psixogen kardialgiyalar boshqa affektiv buzilishlar bilan birgalikda kuzatiladi. Bular – o‘lim qo‘rquvi, 

«yurakka havo etishmasligi», uning tez-tez yoki «to‘xtab-to‘xtab» urishi hamda «qizib ketishi yoki muzlab 

qolishi», «tomoqqa tiqilishi» va shu kabi simptomlardir. Psixogen kardialgiyalarda bemorlar yurak 

sohasidagi bitta nuqtani barmog‘i bilan ko‘rsatishadi. Bu nuqta, asosan, yurak uchiga to‘g‘ri keladi, bunda 

og‘riq bitta joyda doimo yoki ko‘chib-ko‘chib turadi. Og‘riq joylashgan sohada kuchli psixogen 

giperesteziya ham aniqlanadi. Buni kardiosenestopatik sindrom deb ham atashadi. Haqiqiy stenokardiyada 

esa odatda, psixogen giperesteziya kuzatilmaydi. 



Yurak ritmining psixogen buzilishlari 

Yurak ritmining psixogen buzilishlari, odatda, yurak urishining tezlashuvi bilan ifodalanadi. Bu paytda 

yurak urishlari bir daqiqada 100 dan 120 gacha etadi va ko‘pincha o‘lim vahimasi bilan kechadi. Bunda 

bemorlar yurakning har bir urishini aniq sezib turadi. Nafas etishmaydi, sovuq terga botadi, oyoqlari titraydi 

va bemor, odatda, yotib oladi. Yurak ritmining psixogen buzilishlari jismoniy zo‘riqishlardan emas, balki 

hissiy zo‘riqishlardan so‘ng paydo bo‘ladi. 

Affektiv-ipoxondrik bemorlar o‘zlarining odatdagi ishlash yoki yashash uslubini o‘zgartirishsa, uzoq vaqt 

transportda yurishsa yoki hissiy va aqliy zo‘riqishlarga olib keluvchi har qanday vaziyatlarda yurak urishlari 

tezlashib ketadi. Ular yozning issiq kunlarini yomon o‘tkazishadi, doimo salqin joyga intilishadi, asosan 

kunning ikkinchi yarmida yurak urishi kuchayadi va nafas etishmaydi. 



23 

 

Ovqat (ayniqsa, xamir ovqat) ni to‘yib eyish, mehmonda uzoq vaqt qolib ketish ham yurak urishining 



kuchayishiga olib keladi. Psixogen taxikardiyalarda EKG da organiq o‘zgarishlar kuzatilmaydi. 

Bemorlarda simpatik tonusning oshishi sinusli taxikardiya, parasimpatik tonusning oshishi sinusli 

bradikardiya bilan namoyon bo‘ladi. 

Psixogen astma 

Psixogen astma o‘tkir va surunkali siqilishlardan so‘ng kuzatiladigan xurujsimon kechuvchi nafas 

bo‘g‘ilishidir. O’tkir stress va hissiy zo‘riqishlardan so‘ng nevrozga chalingan bemorlarda nafas 

etishmovchiligi, bo‘g‘ilish kabi holatlar ko‘p uchraydi. Psixogen bo‘g‘ilish uchun o‘ta xos bo‘lgan 

simptomlardan biri nafas chiqarishdan ko‘ra nafas olishning qiyinligidir. Ular «to‘yib nafas ololmasliklari va 

havo o‘pkasining oxirigacha etib bormasligidan» shikoyat qilishadi. Bu holat keyinchalik surunkali tus 

olishi mumkin va bemorda xuddi astma kasalligiga o‘xshash xurujlar kuzatila boshlaydi. 

Psixogen astma va bronxial astmaning qiyosiy belgilari 

Psixogen astma 

Bronxial astma 

-Xuruj stressdan keyin va ko‘pincha 

odamlar bor paytda boshlanadi. 

– Nafas yo‘llari toraymaydi. 

– Xuruj kam-kamdan qisqa vaqt –  

kuzatiladi. 

– Nafas olish qiyin. 

– Yuz terisi o‘zgarmagan. 

– Bo‘yin tomirlari bo‘rtib turmaydi. 

– Balg‘amsiz yo‘tal. 

– Auskultatsiyada vezikulyar nafas 

– Emfizema kuzatilmaydi. 

– Barmoqlar shakli o‘zgarmagan. 

– Platseboterapiya yordami katta. 

– Xuruj har qanday vaziyatda 

rivojlanishi mumkin (stress, 

allergiya, o‘tkir infeksiyalar). 

– Nafas yo‘llari torayadi. 

-Xuruj  bir  necha  daqiqadan  bir  necha 

soatgacha davom etadi. 

– Nafas chiqarish qiyin. 

– Yuz va lablarda tsianoz . 

– Bo‘yin tomirlari bo‘rtib turadi. 

– Balg‘amli yo‘tal. 

– Auskultatsiyada xushtaksimon 

nafas. 


– Emfizema xos. 

– Barmoqlar baraban. 

tayoqchalari shaklida. 

– Platseboterapiya yordami kam. 



Oshqozon-ichak sistemasining psixogen buzilishlari 

Ruhiy siqilishlarda oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish, qorinda 

og‘riqlar) Gippokrat davridan buyon ma’lum. Tanada kechadigan har qanday jarayon miya ishtirokisiz 

bo‘lmasligi Gippokrat, Galen va Dekart asarlarida qayd qilingan. Galen va Ibn Sino «qora o‘tning» o‘t 

pufagida ko‘pay-ib ketishi ipoxondriyaga olib kelishini aytib o‘tishgan. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida 

oshqozon-ichak sohasida asab buzilishlari sababli uchraydigan turli belgilar va ularni davolash 

usullarihaqida yozib qoldirgan. 

Abdominal og‘riqlar 

Qorindagi og‘riqlar xuddi bosh va yurak sohasidagi og‘riqlar kabi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu 

sindrom bilan bemorlar, odatda, tez-tez doktorlarga murojaat qilib turishadi (terapevtdan tortib, to 

onkologgacha). 

Mo‘taxassislar ma’lumotiga ko‘ra, tez yordam bo‘limiga olib kelingan bemorlarning 5-10 foizi qorin 

og‘rig‘idan shikoyat qilarkan. Shunisi e’tiborliki, bu bemorlarning 41 foiziga «qorindagi sababi 

aniqlanmagan og‘riq» deb yakuniy tashxis qo‘yilarkan. Yetuk klinikalarning birida qilingan ilmiy tahlil 

shuni ko‘rsatganki, «appenditsit» tashxisi bilan operatsiya qilinganlarning har uch nafaridan birida, olib 

tashlangan o‘simta gistologik tekshiruvdan o‘tkazilganda, normal holatda bo‘lgan. Shu bilan birga, 

qorindagi og‘riqlar affektiv buzilishlar natijasida kelib chiqqanligi aniqlanib, qo‘yilgan «ganglionevrit», 

«solyarit» kabi tashxislar bekor qilingan. 

Umumiy psixogen giperesteziyaga glossalgiya (glossodiniya) lar yaqqol misol bo‘la oladi: bemorlar gohida 

tili chidab bo‘lmas darajada og‘rishidan shikoyat qilishadi. Ularning jig‘ildoni va qizilo‘ngachi juda sezgir 

bo‘ladi: tez-tez kekirish natijasida oshqozondagi kislotali moddalarning yuqoriga ko‘tarilib turishi 

bemorlarning jig‘iga tegib, ovqat eyishdan bosh tortishgacha olib keladi. Bunday bemorlar choy yoki 

ovqatni sal issiq bo‘lsa ham icha olmaydilar, chunki bu darrov ularning jig‘ildonini «qaynatadi» va 



24 

 

ko‘kragida qattiq og‘riq paydo qiladi, shuning uchun ular doimo suyuqliklarni iliq holatda ichishadi. Har 



qanday tashqi va ichki ta’sirlarga ortiqcha e’tibor qilaveradigan bu bemorlar o‘ta injiq bo‘lib qolishadi. 

 

Shaxsning kasallikka nisbatan reaksiyasi. 

Nozogeneziya  turlari:  

 

Giponognoziya  



 

anozognoziya 

 

Gipernozognoziya 



 

Adekvat kasalligini baxolash 

 

Kasallikni notugri baxolash 



 

Giponozognoziya - Kasallik og‘irlik darajasini yetarlicha baxo bermaslik 

Gipernozognoziya- Kasallik og‘rlik darajasini bo‘rtirib kursatish 

Anozognoziya -Kasallikni inkor qilish 

Kasallikni adekvat baxolash- Bemornik kasallikni anglay yeti i va unga qarshi kurashishga o‘zini safarbar 

qilish. Vrach va medpersonal bilan ishonchli munosabat o‘rnatish va vrach ko‘rsatmalarini bajaradi, yaqinlar 

yordamini oladi..Bemor axvolini yaxshilanishiga va sog‘ayib ketishiga ishonchini yo‘qotmaydi. 



Simulyatsiya-  Mavjud bo‘lmagan somatik va psixologik buzilishlarni kursatish Simulyatsiya sababi bo‘lib 

aggravatsiyadagi kabi malum bir maqsad yotadi. Bunda  tibbiyot kitoblaridan yoki boshqa bemorlar 

xolatidan olanadi. Ayrim xolatlarda metasimulyatsii xolatlari uchraydi bu xolatda oldin o‘tkazgan kasalliklar 

simptomlarini kaytaradi yoki uzi anglagan xolda sog‘aygandan keyin xam kasallik simptomlarini<< 

uzaytiradi>> 

Dissimulyatsiya- Kasallik belgilarini yashirish. Odatda dissimulyatsiya psixologik bemorlarda uchraydi. 

Somatik bemorlarda bu xolat statsionardan tezroq ketish uchun yoki ishga kirish uchun qilinadi, 



Aggravatsiya- Anglagan xolda fizik va psixologik buzilishlarni bo‘rtirib ko‘rsatish. Ko‘prok nogironlikni 

guruxini qayt qilishda, sud-tibbiyot yoki sud-psixoatrik ekspertiza o‘tkazishda, va xizmatga chaqiriqda. 



Psixogigiena 

Psixogigiena – bu ruhiy salomatlikni saqlash va mustaxkamlashga qaratilgan fan bo‘lib, umumiy gigiena va 

klinik tibbiyotning ajralmas qismiga aylangan. 

Psixogigiena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda psixosomatik buzilishlarning oldini olish 

yo‘llarini izlaydi va gigiena talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi. 

Psixogigiena tashqi salbiy omillarning asab tizimiga ta’sirini kamaytirish, asab markazlarining 

«immunitetini» mustahkamlash bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiena muammolari psixoprofilaktika 

muammolariga o‘xshab ketadi. Chunki har qanday psixogigienik muolajalar ruhiy, asab va boshqa 

kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Masalan, psixogigiena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, miokard infarkti, insult kabi og‘ir 

kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy 

omillarning ta’siri ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan. 

Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asabiy-ruhiy kasalliklar va yurak-qon tomir kasalliklari soni 

kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu o‘z navbatida psixogigiena faniga katta vazifalarni yuklaydi. 

Kuchli hayajonlanish, og‘ir musibat, aqliy zo‘riqish organizmning umumiy holatiga nojo‘ya ta’sir 

ko‘rsatadi. Buning natijasida gomeostazning normal faoliyati buzilib, ichki a’zolar kasalliklari rivojlanishiga 

sharoit yaratiladi. Demak, ruhiy salomatlikni 

saqlash butun bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir. 

Psixogigiena asabiy-ruhiy kasalliklar, shaxs o‘zgarishlari, ichkilikka ro‘ju qo‘yish, giyohvandlik kabi 

illatlarning oldini olish bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiena muammolari inson shaxsini e’tiborga 

olgan holda echiladi. Vaholanki, shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga katta ta’sir 

ko‘rsatadi. 

Har bir vrachning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini bilishi kasalliklarni davolashi va uning 

oldini olishda, shuningdek, psixoprofilaktikadan yangi dasturlar tayyorlashida katta yordam beradi. Ruhiy 

zo‘riqishlar ichki a’zolar kasalliklariga sababchi bo‘lsa, o‘z vaqtida ichki a’zolar patologiyasi inson ruhining 

buzilishiga olib kelishi mumkin. 



25 

 

Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi holatlar inson ruhini ishdan chiqaradi. 



Bunday odamlar ruhiy salomatligidan ayrilib, ichkilikka ro‘ju qo‘yadigan, hech kimga ishonmaydigan, 

o‘zining sog‘ayib ketishiga ham katta shubha bilan qaraydigan bo‘lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli» 

kasallikdir. Albatta, oilada asabi buzilgan yoki bir so‘z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan 

odam bo‘lsa, buning yomon ta’siri oila a’zolariga ham tezda o‘tishi, ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon 

etkazishi mumkin. Demak, psixogigienaning yana bir katta muammolaridan biri, bu oila psixogigienasidir. 

Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish,  uning  atrofidagi  qarindosh-urug‘lari,  yor-birodarlarining 

ruhiy salomatligini ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir. 

Psixogigiena muammosi va muvaffaqiyatlarini keng ma’noda tushunmoq kerak. Chunki psixogigiena 

bevosita jamiyat muammolarini ham hal qilishga ulkan hissa qo‘shadi, ruhiy sog‘lom bo‘lgan shaxsgina 

biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. Ruhan sog‘lom kishigina yaxshi vrach, 

quruvchi, haydovchi, o‘qituvchi yoki uchuvchi bo‘lishi mumkin. 

Psixogigiena quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: 

1) sog‘lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish; 

2) tibbiy maskanlarda gigiena talablariga javob beradigan sharoit yaratish; 

3) insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillarni kamaytirish va tugatish; 

4) bemorlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, uni keng ommaga yoyish; 

5) har bir insonni o‘z salomatligiga e’tibor bilan qarash hamda uni saqlashga o‘rgatish. 

Psixogigiena shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: 

1) yoshga oid; 

2) aqliy va jismoniy mehnat; 

3) o‘rganish va o‘rgatish; 

4) oila va jinsiy hayot; 

5) turmush; 

6) bemor psixogigienasi. 

Yoshga oid psixogigiena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tug‘ilgan davrdan boshlanishi kerak. Chunki 

insonning shaxs sifatida shakllanishi juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o‘yinlarga asoslangan 

bo‘ladi. Uning idroki yoshiga mos bo‘ladi. Bola o‘zi qiziqqan narsa bilan shug‘ullanadi. Bolaning yonida 

ehtiyot bo‘lib gapirish, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatib borish o‘ta muhimdir. 

Bolani qattiqqo‘llik bilan emas, faqat uqtirish yo‘li va tayinlash bilan tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha 

erkalatib yuborish, uning aytganini qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, 

u qaysar, 

o‘jar, ota-onani hurmat qilmaydigan bo‘lib o‘sadi. Bolani uning yoshiga mos turli o‘yinlar bilan mashg‘ul 

qilish kerak. Uni teatr, sirk va hayvonot bog‘lariga olib borish, tabiat qo‘ynida tarbiyalash, bolaning sinxron 

rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bolalar psixogigienasida kattalar xulq-atvori, avvalambor, ota- onasining xulq-atvori o‘ta muhim 

ahamiyatga ega. Doimo janjal bo‘ladigan, ichkilik ichiladigan, kitob mutolaa qilinmaydigan oilada yaxshi 

farzand voyaga etishi ancha murakkabdir. Bola ota-onaning yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig‘iga ham 

taqlid qiladi. Hali bolada bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i funksional jihatdan to‘la shakllanmaganligi 

sababli ularda yaxshi-yomonni tahlil qilish imkoni past bo‘ladi. Bola tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar 

aytish, hayotdan misollar keltirib borish unda hayotga qiziqish uyg‘otadi, insonlarga mehr-muhabbatli 

bo‘lishga undaydi. 

Agar ota-ona bolada fan, san’at yoki hunarning qaysidir bir turiga qobiliyatni sezib qolsa, unga har 

tomonlama yordam berib, barcha sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilaman deb, unga 

keragidan ortiqcha talab qo‘yib yuborish, dars qilishga majbur qilaverish, ko‘chada biroz o‘ynagani 

qo‘ymaslik unda depressiya alomatlari rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bunga shunday misol keltirish mumkin: 

hali 8 yoshga to‘lmagan G. ismli qizchani bizga ko‘rsatishdi. Qizcha bosh og‘rig‘idan shikoyat qilar edi. 

Ota-onasi vrach qabulida bo‘lib, qizchada bosh og‘rig‘i sabablarini aniqlay 

olishmaganini va berilayotgan dorilar foyda bermayotganini aytishdi. Qizcha juda kam gapirar, bir nuqtaga 

qarab turaverar, doktor bergan savollarga zo‘rg‘a javob berar edi. Vrach o‘zi haqida gapirib berishini iltimos 

qilganda, faqat boshi og‘rishini aytgan. Qizni tekshirayotib unda depressiya alomatlarini aniqladik. Qiz 

avval hech qanday kasal bo‘lmagan, miya jarohatlari olmagan, ichki a’zolari ham sog‘lom edi. Qizchadan 


26 

 

boshing doimo og‘riydimi, og‘rimagan payti bormi desa u: «Ha, doim og‘riydi, lekin noyabr oyida 



og‘rimadi», deb javob beradi (bemor fevral oyida tekshirilayotgan edi). 

Qizdagi bosh og‘riqning sabablari har tomonlama tekshirilib, kasallik anamnezi yaxshilab o‘rganilgandan 

so‘ng shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qizni 6 yoshidan boshlab o‘qitish kuchaytirilgan maktabga berishgan. 

Bundan tashqari, qizcha maktabdan qaytgach, ingliz tili o‘qituvchisi uyda u bilan mashg‘ulot olib borgan, 

so‘ng ota-onasi bilimini tekshirish uchun doimo savol-javoblar o‘tkazgan. Qizcha 6 yoshga to‘lgach 

ko‘chaga tengdoshlari bilan o‘ynagani chiqishga qo‘yilmagan. Albatta, bolaga qo‘yilgan bu ortiqcha talablar 

uni ruhan charchatib qo‘ygan. O’qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy mas’uliyat sezgan qizchaning miyasi 

doimo hissiy zo‘riqishda bo‘lib, bora-bora u kamgap, faqat savollargagina javob beradigan, tengdoshlari 

bilan o‘ynamaydigan bo‘lib qoladi. So‘ngra esa qizchada doimiy bosh og‘riq rivojlanadi. Noyabr oyida 

qizcha maktabdan ta’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda, 

tabiiyki, dars qilmagan va ko‘p vaqtini toza havoda tengdoshlari bilan o‘ynab o‘tkazgan. Bundan xulosa 

qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablarni kamaytirish, ularni qizning yoshiga moslash, ingliz tili 

o‘qitishni vaqtincha to‘xtatish, toza havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar 

bajarilgach, qizchada depressiya alomatlari (kamgaplik, ishtaha yo‘qligi, hech narsaga qiziqmaslik va bosh 

oo‘rio‘i) o‘tib ketdi. 

  Bundan xulosa shuki, ko‘pchilik asabiy-ruhiy buzilishlarning sababi noto‘g‘ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy 

zo‘riqish, yoshga mos bo‘lmagan talablarning qo‘yilishidir. Bu salbiy omillar bartaraf qilinmas ekan, dori-

darmonlarning ta’siri ko‘zlangan maqsadni bermaydi. 

Psixogigienaning asosiy maqsadi ham psixogen omillarni bartaraf qilishdir. Bolalarni maxsus kuchaytirilgan 

maktabga berayotganda psixologga ko‘rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti-vaqti bilan psixolog 

nazoratida turishi kerak. 

Shunday ekan, maktab yoshidagi bolalar psixogigienasi haqida alohida to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Shu o‘rinda 

darslardagi ortiqcha  yuk,  o‘quvchilar  orasidagi yoki o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi 

kelishmovchiliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab topish zarur. 

Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb muammolarga to‘la bo‘lgan davr – bu o‘smirlik 

davridir. O’smirlik davrida nafaqat ruhiy o‘zgarishlar, balki aqliy va jismoniy o‘zgarishlar ham keskin 

kechadi. Bu davr – o‘tish davri hisoblanadi. O’smir – bu kechagi bola, lekin u hali katta kishi ham emas. U 

oldida turgan muammolarni o‘zi echishga ruhan hali tayyor bo‘lmasligi mumkin. Lekin «Hali sen yoshsan», 

deb uni hadeb tergayverish qaysar va o‘jarlikni yuzaga keltirishi mumkin. O’smirning mustaqilligini tan 

olgan holda, uning oldida har bir narsaga mas’uliyat hissini tug‘dira borish o‘ta muhimdir. U echishi kerak 

bo‘lgan muammolardan qo‘rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga engiltaklik bilan qaramasligi kerak. 

Bu davrda o‘smir uchun eng katta muammolardan biri seksual muammodir. 

Qizlarda esa hayzning kelishi ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo‘rquvlar bilan kechishi mumkin. 

Bunday paytlarda ota-onasi, yaqinlarining maslahati juda zarur. Vrach-psixologning vazifasi esa o‘smirda 

kechayotgan jarayonlarni o‘z vaqtida hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish, 

mehnatning o‘ziga yoqqan turi bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirib borish o‘smir uchun g‘oyat 

muhimdir. 

Katta yoshdagilar psixogigienasi, ko‘pincha, kishining egallab turgan lavozimi, kasbi va ish faoliyatiga 

bog‘liq. Bu davrda oila va jinsiy hayot psixogigienasi alohida e’tibor talab qiladi. Zigmund Freyd jinsiy 

hayotda baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini chuqur o‘rganib, jinsiy hayot nuqtai nazaridan insonlarda 

nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli 

hayot bo‘lmaydi, ana shunday oilalarning jamiyatda ham o‘z o‘rnini topib keta olmasliklarini kuzatuvlariga 

asoslanib isbotlab bergan. Er-xotin orasidagi nafaqat yaxshi munosabat va xushmuomalalik, balki normal 

jinsiy munosabatlar ham mustahkam oilaning asosini tashkil qiladi. 



Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin