41
umurtqalar ostexondrozi, gripp, revmatizm, bo’g’imlarga doimiy statik va dinamik yuk
tushishi sabab buladi. Kasallik klinikasida tovonda og’riq, oqsoqlanish kuzatiladi, boldir-
tovon bo’g’imida harakatlar cheklanib qoladi, bemorning yurishi o’zgarib, qiyinlashadi.
Shporalarni rentgenologik tekshiruvda aniqlash oson. Kasallikni
davolashda analgetiklar,
spazmalitiklar, tomir kengaytiruvchi vositalar buyuriladi. Tovon sohasiga 4,5 ml. 2% li
novokain bilan blokada qilish og’riqni kamaytiradi. Fizioterapevtik muolajalardan novokain
bilan elektroforez, gidroterapiya, massaj, jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi.
Keksa yoshdagi odamlarning jismoniy tarbiya bilan shug’illanish hayotni cho’zish,
qarilik bilan kurashish tibbiyot fanining oldiga qo’yilgan muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Ko’p umr kurishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta. Qarish bu faqat
so’lish emas, balki butun organizmning murakkab qayta qurilishidir. Biologik qonun
bo’yicha yoshi katta bo’lgan sari organizmning moslashuv imkoniyatlari qisqaradi.
Ma'lumki, qarish jarayonida organ va sistemalar o’zgarishlari bilan bir qatorda
organizmning o’ziga xos kompensator moslashuv reaksiyalari hosil bo’ladi. Bu narsa
muhim hisoblanadi yoki aynan shu reaksiyalar qarish jarayoni rivojlanishining
sekinlashuviga faol ta'sir ko’rsatadi.
Jismoniy mashqlarni muntazam bajarish shartli reflektor bog’lanishlarga ijobiy ta'sir
ko’rsatib, organizmning erta qarishga ta'sir qiluvchi omillarga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Jismoniy mashqlar moddalar almashinuvi, mushaklardagi
oksidlanish jarayonlarining
kuchayishiga, qonda lipidlar miqdori pasayishiga hamda xolesterinning tomirlar devorida
to’planishini kamaytirib, ateroskleroz rivojlanishiga to’siqlik qiladi. Jismoniy harakat turli
organ va sistemalarning hayotiy faolligini normallashtirib rag’batlaydi, miokardning
qisqaruvchanligini oshiradi, bunda koronar qon aylanishining yaxshilanishi kapilyar qon
tomirlarining kengayishi bilan kechadi, o’pka
ventilyasiyasi oshadi, kichik qon doirasida
qon aylanishi yaxshilanadi, ko’krak qafasi qarakatlari normallashadi. Jismoniy mashq me'da
ichak yo’llarinining silliq mushaklari harakatini rag’batlaydi. Mushak sistemasini,
bog’lovchi apparatni, bo’g’imlardagi harakatlarni normallashtirib, ish harakatini uzoq
muddatgacha saqlab turadi.
Gormonal fonning jismoniy harakatlarga ahamiyati juda katta. Ular ta'sirida endokrin
a'zolar faoliyati oshib, inson tanasi yosharadi. Shifokorning birinchi vazifasi bemorning
biologik yoshini, surunkali va latent bo’lgan
kasalliklarni, kasallik asoratini aniqlash,
me'yorda jismoniy harakat tavsiya etish hisoblanadi. qari odamlar vrach nazoratidan
o’tgandan keyin jismoniy mashg’ulotlarning 4 turidan iborat bo’lgan biron bir guruhiga
yuboriladi.
1-guruh. Bu guruhga yaxshi jismoniy tayyorgarlik ko’rgan, kasallik va uning asoratlari
bo’lmagan bemorlar kiradi.
2-guruh. Sezilmagan miqdordagi asoratlari bor va kasallikdan keyin yaxshi
kompensasiyaga ega bo’lgan bemorlar kiradi.
3-guruh. Past jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan, jismoniy harakatlari cheklangan
holda sog’liqida biron bir o’zgarishi bor bemorlar kiradi.
4-guruh. Turli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar tashkil qiladi. Ular shifokor
nazorati ostida jismoniy mashqlar bilan davolanish, badan tarbiyasi bilan shug’ulllanadilar.
Salomatlik bo’yicha avvalgi 3guruhga kiritilgan bemorlar yuklamali davolovchi badan
tarbiya mashqlari bilan shug’ullansalar bo’ladi, biroq 3guruhga ehtiyotkorlik bilan
yondoshish kerak. Davolash tarbiyasi bilan shug’ulllanish o’rtacha
tartibda olib borilishi
kerak.
Yuklamalarni
bosqichma-bosqich
oshirib
boriladi.
Yuklamalar
42
shug’ulllanuvchilarning funksional imkoniyatiga to’g’ri kelishi kerak.Qari organizmning
holatidan kelib chiqib, tanani va boshni keskin harakatlantirmaslik lozim. Qon tomirlarining
sklerotik o’zgarishlari natijasida tana holatini tez va keskin o’zgartirish, bosh aylanishi,
quloq shang’illashi, muvozanat buzilishi, bemorlar ko’plab jarohat olishiga sababchi
bo’lishi mumkin.
Tanani va nafas faoliyatini o’ta zo’riqtiruvchi mashqlarni, kichik qon aylanish
doirasida bosimni oshirish mumkinligi tufayli, bajarish mumkin emas. Bunda
yurakka qon
kelishi qiyinlashadi, o’pka emfizemasi kelib chiqishi kuzatiladi. Keksalarga kam tanish
bo’lgan, zo’riqtiruvchi mashqlar va tana holatini tez-tez o’zgartirib turish qiyinchilik
tug’dirishi mumkin. Keksa yoshdagilarga mashqlarni shunday tanlash kerakki, bunda
hamma bo’g’im va muskullar me'yorda ishlasin. Bu mashqlarning hammasi ritmik, bir
maromda, yurak, tomir sistemasini zo’riqtirmasdan bajarilishi kerak. Nafas olish va
chiqarish ritmik, erkin bo’lishi lozim. Nafas yetishmovchiligi va bo’tilishdan bemor ehtiyot
bo’lishi zarur.
Uzoq masofaga yugurganda ortiqcha jismoniy zo’riqish hosil bo’ladi.
Bu oyoq
bo’g’inlarida va umurtqada og’riq bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Keksalarga jismoniy mashqlardan "Sport yurishi" tavsiya qilinadi, bunda tananing
hamma qismi, muskullar, oyoq, qo’l bo’g’imlari va yelka kamari, korpusi qatnashadi.
Bunda bo’g’imlar jarohatlanishi kam bo’ladi. Jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchi
shaxslar o’zini nazorat qilib turishi kerak. Pulsi tezlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Pulsni chegaraviy miqdorini aniqlash, funksional diagnostika xonalarida veloergometriya,
EKG yordamida qilinadi.Shuni yodda tutish kerakki, keksalar
jismoniy mashqlar bilan
muntazam shug’ulllanishi kerak. Bir yil gipodinamiyada bo’lib, ta'til paytida esa jismoniy
mashqlar, sport o’yinlari bilan haddan tashqari ko’p shug’ulllanish mumkin emas. Chunki u
yomon oqibat bilan tugashi mumkin. "Ta'til infarkti" tushunchasi ana shundan paydo
bo’ladi. Bunday shaxslarga jismoniy mashqlar tanlovi, vrach maslahati bilan, individual
holatda olib borilishi va bunda albatta "Zarar qilma!" - tibbiy prinsipiga rioya qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: