O’zbekiston respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayroq,gerbi va madhiyasiga EGA



Yüklə 14,19 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü14,19 Kb.
#126159
bayroq


O’zbekiston bayrog’i yuksaklarda hilpirar

“O’zbekiston respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayroq,gerbi va madhiyasiga ega”


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-modda
Miliy davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida davlat ramzlari,xususan bayroq vatan timsoli sifatida muqaddas sanalgan .Bunga tarix shohid ,zero buyuk bobomiz Amir Temur ham davlat ramzlariga jiddiy e’tibor qaratganini jang maydonida bir Lashkar omon qolsa ham ,Vatani bayrog’ini baland tutishga farmon berganidan bilsa bo’ladi yoki Shayx Najmiddin Kubroning Vatan ozodligi yo’lida ko’rsatgan mislziz jasoratini yaxshi bilamiz.Ushbu qahramonlik tillardan tushmay ,avlodlarga namuna bo’lib,hanuzgacha halqimizni vatanparvarlik va jasoratga chorlab keladi.
Quvasoy shahar XTB tasarrufidagi 16 -umumiy o’rta ta’lim maktabining 4-A sinfida sinf rahbari Sh.Sotvoldiyevaning “ O’zbekiston bayrog’i yuksaklarda hilpirar” mavzusidagi ochiq tarbiyaviy soat o’tkazildi. Tadbir boshi O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. O’quvchilar davlat bayrog’lari, bayrog’imizning loyihasida birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ulkan hissalari borligini,videoroliklar orqali ma’lumot oldilar. Dars davomida o’quvchilar bayrog’imizda aks etgan ranglar,yarim oy va yulduzlarga ta’rif berdilar. O’quvchilarning ko’zlari bayroqdagi yulduzchalar misoli porlab,dillaridan “bir kun bayrog’imixni biz ham yuksaklarga ko’taramiz,ko’rasizlar” degan shirin entikish o’tdi. She’r va qo’shiqlar ijro etildi.O’qituvchi o’quvchilarning bayrog’imiz rasmini chizishni topshiriq qilib berdi.Eng chiroyli rasm chizgan o’quvchilarga bayroqchalar sovg’a qilindi. Sinf rahbari Shahloxon Sotvoldiyeva namunali dars tashkil etib,unda hamma o’quvchilarning ishtirokini ta’minlashga intildi. O’quvchilarning yuragida davlat ramzlariga bo’lgan hurmat va faxr tuyg’ulari yana bir bor singdirildi.

16-maktab Maktab kutubxonachisi D.Zamonova


4-a sinf rahbari Shahlo Sotvoldiyeva
Yüklə 14,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin