О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


Qirg’ovullar(Phasianidae) oilasi



Yüklə 6,27 Mb.
səhifə8/10
tarix19.10.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#157020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qirg’ovullar(Phasianidae) oilasi tovuqsimonlar turkumining eng ko’p turlari kiradi. Ular, asosan Janubiy kengliklarda keng tarqalgan bo;lib, oyoqlari patsiz, erkaklarining oyoqlarida katta pix bo’ladi. Bu oilaga xonaki kurkaning ajdodi-Shimoliy Amerika kurkasi(Meleagris gallopavo), Afrika sesarkasi(Numida meleagris), Hindiston tovusi (Pavo cristatus), Hindiston yovvoyi bankiv tovug’I (Gllus gallus), qirg’ovullar, kakliklar va bedanalar kiradi. Hozirgi tovuqlarning ajdodi hisoblangan yovvoyi bankiv tovug’I Jnubiy Hindiston, Jnubi-Sharqiy Osiyo va Himolay tog’lari etaklaridagi tropic o’rmonlarda yashaydi. O’zbekistonda qirg’ovullar oilasining 7 ta turi uchraydi.
Qizg’ovullar, asosan Osiyoning janubiy qismida ko’plab uchraydi. MDH da, shu jumladan O’zbekistonda qirg’ovullardan oddiy qig’ovul (Phasianus colchicus) daryo vodiylaridagi to’qaylarda hamda Tyanshan, Turkiston va Boysun tog’larida uchraydi. Erkagining oyog’ida katta pixi bo’ladi va oyoqlari patsiz. MDH da qirg’ovullar Volga bo’ylarida, Kvkaz, O’rta Osiyo, Qozog’iston va Uzoq Sharqda tarqalgan. Ular qalin o’rmonlarda, butalar orasida va qamishzorlarda yashaydi. Qirg’ovul chiroyli, yirik qush, erkagining ogirligi 1,5 kg keladi. Patlarining rangi urg’ochilaridan farq qiladi, yani ko’kragi, bo’yni va orqasi yaltiroq binafsha tusda, ko’kragining o’rtasi esa qizil rangda bo’ladi. Urg’ochisining orqasi ochiq qo’ngir tusda, ko’kragining usti sarg’ish-jigarrangda bo’ladi. Daraxtlarga kamdan-kam qo’nadi. Uyasini butalar orasiga chuqurchalar qazib, xas va pat bilan to’shalgan uya quradi.10-18 ta tuxum qo’yadi. Inkubatsiya davri 25-26 kun. Qirg’ovullar har xil o’simlik urug’lari, mevalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Boshoqli donlar yig’ishtirgandan keyin dalada to’kilib qolgan donlar bilan ham oziqlanadi, g’allachilikka zarar yetkazmaydi. Zararkunanda hashorotlarni va begona o’tlarni urug’ini yeb foyda keltiradi. Ko’p xududlarda daryolar o’zanlarining o’zgarishi, to’qaylarning o’zlashtirilishi sababli qirg’ovullarning soni kamayib ketmoqda. Shuning uchun ularni maxsus qo’riqxonalarda ko’paytirilmoqda.
Chil(Tetrastes bonasia) qursimonlar oilasidagi eng kichik qush hisoblanadi. Uning og’irligi 400 g atrofida Aprelning boshlarida chillar juftlarga bо‘linishadi. Shu oyning о‘rtalarida urg‘ochi chillar biror katta tosh yoniga yoki buta ostiga chuqurcha kavlaydi. Chuqurchaga ozroq quruq xashak hamda xazon tо‘shaydi. Bunday oddiygina bir inda tez orada sal chо‘ziqroq oppoq tuxumlar paydo bо‘ladi. Bitta urg‘ochi chil 8 tadan 12 tagacha, ba’zida esa 16 tagacha tuxum qо‘yadi. Bu qushning tuxum qо‘yish davri juda chо‘zilib ketadi. Apreldan iyun oyigacha chillarning inidan tuxum topish mumkin. Iyun oyining oxirida tuxumlardan chil bolalari chiqadi. Chil bolalari tuxumdan chiqqanda patli bо‘lib, ota-onasi ketidan ergashib yura oladi. Jо‘jalarini otasi hamda onasi ergashtirib yuradi.
Yosh chillar chumoli, qо‘ng‘iz, pashshalar bilan ovqatlanadi. Kattalari esa о‘simlikning urug‘ va barglarini yeydi. Qishda, qor yoqqan vaqtlarda chillar tog‘dan pastga, daryo vodiylarida va jarliklarga tushadilar.
Chillar ov qilinadigan qushlardir. Erkak chillarning ustki tomoni sarg‘ish kul rang tusda bо‘lib, ba’zida qizg‘ish tovlanadi.
Tanasining bel qismidagi patlar tagida qora nuqtalar bor. Peshonasi bilan kо‘zlarda ustidagi patlar qora bо‘ladi. Tomog‘ining tagi kul rang-kо‘kish tusda, kо‘kragi jigar rang bо‘ladi. Tanasining yon tomonidagi patlarda qora-qо‘ng‘ir rangli hoshiyalar bor. Urg‘ochi chillarning bilinar-bilinmas jigar rang belgilari bо‘lib, bu belgilar tanasining yon tomonlaridan yaxshiroq kо‘rinadi. Oyoqlari sarg‘ish, erkagining tumshug‘i tо‘q sariq, urg‘ochisiniki – qо‘ng‘irroq rangda bо‘ladi.

Bedana (Coturnix coturnix)


Kuzda bedapoyadan o‘tayotganingizda, ko‘pincha, kichkina kul rang qushning oyog‘ingiz tagida “parr” etib shiddat bilan pastgina uchib ketishi sizni cho‘chitib yuboradi. Bu qush O‘zbekiston aholisiga yaxshi ma’lum bo‘lgan bedanadir. Bedana tovuqsimonlar turkumining eng mayda vakilidir. Erkagining usti sarg‘ish – qo‘ng‘ir bo‘lib, ko‘ndalangiga ketgan qoramtir qizg‘ish yo‘llari va uzunisiga ketgan oqimtir – sarg‘ish yo‘llari bor. Og‘iz burchagida oqish yo‘l ketadi. Bo‘ynining old tomoni zang tusida yoki to‘q qo‘ng‘ir; bo‘yni bilan jig‘ildonining orasidan ko‘ndalangiga kambar oq yo‘l ketgan. Jig‘ildonidagi patlar sariq – qizil bo‘lib, oq dog‘lari bor. Ko‘kragi och sarg‘ish, qorni oqamtir. Tanasining ikki yonida uzunisiga qizg‘ish yoki qora yo‘llar ketgan. Qoqish patlari qo‘ng‘ir tusli. Tumshug‘i och kul rang – qo‘ng‘ir. Oyoqlari badan rang. Makiyonining rangi erkagidan birmuncha boshqacha: bo‘ynining oldingi qismi oqimtir. Jig‘ildoni qora yoki qizg‘ish tusli mayda xol – xoldir. Tanasining ikki yonida uzunasiga ketgan yo‘llardan tashqari yana qizg‘ish – ochqo‘ng‘ir ko‘ndalang yo‘llari ham bor. Bedananing bo‘yi (Tumshuq uchidan to dumigacha) 185 – 210 mm, qanoti 310 – 375 mm, og‘irligi 80 – 100 g dir.
Butun O‘zbekistonda bedana uchub o‘tganligi aniqlangan. Ko‘hitang tog‘ida, Chotqol, Qurama tizimlarida va Samarqand tog‘larida bir necha inlari topilgan.
Bedananing qiliqlari kichkina xonaki tovuqqa o‘xshaydi. Bedana bemalol va tez yo‘rg‘alaydi. Ovqat qidirib yerni panjalari bilan titadi. Tuproqqa ag‘anishni yaxshi ko‘radi. Ko‘pincha qanotlarini qoqib tez uchadi. Yerga qo‘nishda bir qancha masofagacha tekis qanot qoqib boradi. Xavf – xatar sezganda qimirlamay jim tradi yoki bir tupdan ikkinchi tupga yurib o‘tadi. Agar uni cho‘chitilsa, uzoqqa uchma yerda tez qo‘nib, o‘tlar orasiga kirib ketadi. Tunda va qosh qorayganda serharakat bo‘ladi, kunduz kuni esa dam olib yotadi.
Bedana ko‘klamda (aprel – mayda) ahil bo‘lib tez uchadi. Shimolga to‘xtamasdan uchib ketadi, faqat kechasi uchgani uchun unchalik sezilmaydi.
Kuzda avgustdan noyabrgacha uchib o‘tadi, sentabr – oktabrda ayniqsa qiyg‘os u
chadi. Shu davrda bedapoyalar, paxtazorlar, jo‘xoripoya, kkajo‘xoripoya,

5-rasm Bedana – (Coturnix coturnix)


poliz, chalasaxro, daryo qayirlari, to‘qaylarda bedana ko‘p bo‘ladi. Ba’zi turlari Samarqand, Buxoro atroflarida, Respublikaning janubroqdagi rayonlarida qishlagani qoladi, ko‘pchiligi esa Shimoliy Afrika va Hindistonga uchib ketadi.
Bedana asosan o‘simliklarning urug‘lari va novdalari bilan oziqlanadi. Yozda ba’zan hasharotlar va boshqa umirtqasiz jonivorlarni tutib yeydi.
O‘zbekistonda bedana asosan cho‘l yoki cho‘lga o‘xshash yassi tog‘liklarga va yotiq yonbag‘irlarga in qo‘yadi. May – iyunda tuxum qo‘yadi. Cho‘l, o‘tloq, bug‘doypoya va shunga o‘xshash joylaridagi kichkina chuqurchaga hashak va cho‘plar yozib, ba’zan esa makiyoni patlarini solib, in qo‘yadi. Har gal 9 tadan 20 tagacha tuxum quyadi. Tuxumi nok shaklida, hatto bir galning o‘zida ham rang – barang tuxum qo‘yadi. Tuxumi asosan ohakday oq, gilday och qo‘ng‘ir va hatto bo‘z rang – yashil bo‘lib, yirik va mayda dog‘lari qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish bo‘lib, chetlari kunguralidir. Tuxumning kattaligi 36x26 mm keladi. Tuxumlarni odatda makiyoni 15 – 17 kun bosib yotadi. Tuxumlaridan birinchi jo‘ja ochishdan so‘ngi jo‘ja ochib chiqquncha ikki sutkacha vaqt o‘tadi. Tuxumdan chiqqan yosh jo‘jalar yaxshi harakatlanadi, makiyoni ularni inidan nariga olib ketadi. Tuxumdan chiqqan jo‘jalar og‘irligi atigi 5 – 6 g keladi. Jo‘jalari tez o‘sib, bir oydan so‘ng og‘irligi kattalari bilan baravarlashadi. Yoz bo‘yi jo‘jalarni makiyoni olib yuradi, janubga ham makiyon uchirib ketadi.
Bedananing xo‘jalik ahamiyati katta emas. Bedana odatda sport ovi uchun zarur obyekt hisoblanadi. Bedana kuzda it qo‘yib ovlanadi yoki matrap bilan ko‘plab tutiladi. Matrap – uzun tayoqqa o‘rnatilgan to‘r demakdir. Bedanani yoyma to‘r bilan tutish taqiqlanadi.



6-rasm
Chil kaklik (Ammoperdix griseogularis).


O‘zbekiston janubida Boysun, Ko‘xitang tog‘larida va Bobotog‘da chil kaklik degan kichkina qushcha xayot kechiradi. Erkagining usti gil – qum rangida bo‘lib, ba’zan qizg‘ish tusda tovlanib turadi. Belida patlarining o‘qlari bo‘lib qora nuqtalari bor. Peshonasi va qoshlari qora. Tomog‘i ko‘kimtir kul – rang. Ko‘kragi qizg‘ish – sariq. Tanasining ikki yonidagi patlarining cheti zang tusida yoki qora – qo‘ng‘ir. Makiyoni gil – sarg‘ish tusli bo‘lib, bilinar – bilinmas taram –taram jilosi bor, bu jilosi ikki yonidan yalpoqroq ko‘rinadi. Oyoqlari go‘ngo‘rt sariq, erkagining tumshug‘i zarg‘aldoq – sariq, makiyonining tumshug‘i och qo‘ng‘ir rangda. Chil kaklikning bo‘yi 250 – 270 mm, qanoti 124 – 140 mm, yozilgan qanoti 420 – 440 mm, og‘irligi 150 – 200 gr.



7-rasm Chil kaklik (Ammoperdix grisogularis)
Chil kaklik tog‘larning pastki qismida yashaydi, yuqorisida bo‘lmaydi. Pistazorlardan yuqorida uchramaydi. Ba’zan Surxandaryo qirg‘oqlaridagi tekisliklarda – SHo‘rchi atroflarida va Termiz yaqinidagi Qorasuvda uchrab qoladi.
Chil kaklikning harakatlari kaklikka o‘xshaydi. Havf – hatar yaqinlashi bilan dag‘ qotib jim turadi. Kushandasi yaqin kelishi bilan havoga parvoz qiladi – da, bir oz masofani bosib o‘tgach yerga tushadi va yonbag‘ir bo‘ylab yuqoriga yugurib chiqadi. Tez yuguradi, tikka toshloq jarliklardan chaqqonlik bilan chiqib oladi. Tez uchadi – yu, hamisha uzoqqa borolmaydi. Chil kaklik “Chil – chil” degan ovoz chiqarib qichqiradi – nomi ham shundan olingan.
Chil kaklik yil bo‘yi bir joyda xayot kechiradi. Faqat qishda, qor yoqqanda tog‘lardan daryo vodiylariga va jarlarga tushadi.
Yosh chil kakliklar chumolilar, qo‘ng‘izlar, pashshalar bilan oziqlanadi, qari chil kakliklar o‘simliklarning urug‘i va barglarini cho‘qib xayot kechiradi.
Aprel boshlarida chil kakliklar juft – juft bo‘lib oladi. Aprelning o‘rtalariga borib makiyoni yonbag‘irning katta toshi yaqinidagi biron joyga borib o‘simlik tupining tagiga kichkina chuqurcha qazib, unga hashak va hazon yozadi – da, 8 tadan 12 tagacha, ba’zan 16 gacha tuxum quyadi. Tuxumlari oq bo‘lib, uchi birmuncha o‘tkir bo‘ladi. Chil kaklikning tuxum qo‘yishi uzoqqa cho‘ziladi (apreldan iyungacha davom etadi). Iyun ohirida jo‘ja ochadi. Jo‘jalari par bilan qoplangan bo‘lib, ota – oansining ketidan yugura oladi. Chil kaklik jo‘jalarini boshlab yuradi. Katta yoshli qushlar biror sababga ko‘ra halok bo‘lsa, jo‘jalari boshqa jo‘jalarga qo‘shilib oladi va o‘gay ota – onasi bilan birga yuradi. Bobotog‘da yoshi har xil jo‘jalarni bir necha marta ko‘rganman, bir xil jo‘jalar boshqalaridan ikki marta kichik edi.
Chil kaklik ovlanadigan qushdir. Bu qushning go‘shti juda mazali bo‘ladi. Maxalliy aholi chil kaklik go‘shtini shifoli deb biladi.

Kaklik (Alectoris graeca)


O‘zbekistonda kaklik ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Kaklikning tumshug‘i va oyoqlari qizil bo‘ladi. Erkagining peshonasi qora, bosh tepasi ko‘kimtir kulrang bo‘lib, qizg‘ish g‘ubori bor. Tomog‘i va boshining ikki yoni och sariq, chetlari qora yo‘lli, bu yo‘li tumshuq asosidan boshlanib, ko‘zga, so‘ngra jig‘ildon bilan tomoq chigarasiga o‘tadi. Kaklikning jig‘ildoni bilan ko‘kragi och havo rang – ko‘k, tagining qolgan qismi sarg‘ish. Ikki yonidagi patlarida zang, qora va qo‘ng‘ir tusli ko‘ndalang yo‘llari bor. Oyoqlari pixli. Og‘irligi 400-500 gr gacha boradi. Makiyoni to‘q kul rang, jussasi kichikroq, oyoqlarida pixi yo‘q.
Kaklik respublikamizning hamma tog‘larida bor. Ayniqsa, Bobotog‘, Ko‘xitang tog‘larida va Hisor tizmasining tarmoqlarida ko‘proq, Zarafshon, Turkiston, Nurota tog‘larida va Chotqol tizmasining tarmoqlarida kamroq bo‘ladi. Qizilqumning pastak tog‘larida va Ustyurt jarliklarida ham uchraydi.
Yozda baland tog‘lardagi qoyalar o‘rtasida va archazorlarda erta tongda va kechga yaqin hamma tomondan kaklikning qaqag‘lashi eshitiladi. Ertalab kakliklar don va hashoratlarni chuqib yeb buloqlarning yoniga tushadi. Bu yerda ularning ko‘pincha to‘plar orasiga yashirinib olgan ovchilar turlarini yozib kutib turishadi. Kaklik to‘rga tushushi bilan ovchi arqonni tortadi, cho‘chib ketgan kakliklar esa to‘rga o‘ralashib qoladi. Tutilgan kakliklar qafasda saqlanadi. Ko‘pincha ular tovuqlar bilan birga bemalol yurishadi va egasining yonidan uchib ketmaydi.

8-rasm Kaklik (Alectoris graeca)


Aprelda makiyoni chuqurligi taxminan 10 sm cha keladigan kichkina chuqur qazib, unga eski hazon yoki has – hashak yozadi. Inini qiya joylariga, toshlarning ostiga, daraxt va butalarning tagiga, archa daraxtlar tagiga qo‘yadi. Kaklikning apreldan iyungacha tuxum qo‘ygani aniqlangan. Makiyoni 6 tadan 19 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumlarini 21 kun bosib yotadi. Tuxumlarning rangi har xil. Oq po‘chog‘ida turli shakldagi mayda nuqtalari bor. Jo‘jalari yoz bo‘yi uchraydi. Ular tuxumdan chiqqan honaki tovuqlarning jo‘jalari kabi ota – onasiga darrov ergashib ketaveradi. Erkak kaklik ham, makiyoni ham jo‘jalarini o‘zi bilan birga olib yuradi. Sentabrda kakliklar katta gala bo‘lib oladi.
Tog‘larga ko‘p qor tushganda kakliklar daryo vodiylarga va qishloqlarning atroflariga tushadi. Bu – qushlar uchun eng qiyin vaqtidir. Ular don topolmay, daryo va soylarning qirg‘oqlarida ko‘karib turgan o‘t va yo‘sin bilan kifoyalanishga majbur bo‘ladi.
Qalin qor tushgan vaqtda havaskorlar to‘da – to‘da bo‘lib olishib, kakliklarning bir yonbag‘irdan ikkinchi yonbag‘irga haydaydilar. Kakliklar tez charchab, qalin qorga botib qoladi, shunda ularni tayoq bilan uradilar yoki qo‘lda tutadilar. Bunday ov usuli taqiqlangan bo‘lib, bu usulda kaklik ovlagan kishilar qonun yo‘li bilan javobgarlikka tortiladi.
Kaklik juda diqqatga sazovor qushdir. Maxallik aholi bir parcha chitdan qalqon yasab, unga pat va lattachalarni osib qo‘yadi. Ovchi o‘sha qalqonning orqasiga yashirinib, o‘q otish mumkin bo‘lgan masofada unga yaqinlashadi. Kakliklar qaqag‘lashib galani hosil qiladi. Shu payt ularning otadilar. Bu ov usuli ham taqiqlangandir.
Kaklik go‘shti juda mazali bo‘ladi. Kaklikni faqat noyabr va dekabrda ov qilish ruxsat etiladi.
III . Qushlarning qishloq va o’rmon xo’jaligidagi ahamiyati.
Qushlarning odam xo’jalik faoliyatida ahamiyati katta va turli-tumandir.
Qushlarning ko’p turlari qadim zamondan boshlab xonakilashtirilgan va hozirgi vaqtda ham xonakilashtirilmoqda. Go’shti, tuxumi, paridan foydalaniladigan va manzarali parrandalar soni kundan-kunga ko’paymoqda. Yovvoyi turlarning qishloq va o’rmon xo’jaligidan baliqchilik va ov xo’jaligida va sanitariyada ahamiyati katta.
Janubiy Ukrainaning dengiz sohillarida chayka katta foyda keltiradi. Qora dengiz qo’riqxonasi territoriyasida uya qoyuvchi 60 ming chayka va krachkalar yilda 12 t. hasharotni qiradi. Bu miqdordagi oziq 4 ming km2 territoriyadan teriladi. Ma‘lum darajada juda katta miqdorda hasharotlarni qiruvchi go’ng qarg’alar ham katta ahamiyatga ega.
Joylarda go’ngqarg’alar chigirtkalarni ham qiradi. Bir kunda go’ngqarg’alarni bir galasi 6 gektar yerni chigirkalardan tozalaganligi qayd qilingan. Ikkinchi tomondan go’ngqarg’alar makkajo’xori va ekilgan g’alla donini yeydi. Ko’p turlari yovvoyi o’simliklarning urug’ini yoydi.
Qushlar mayda kemiruvchilarni qirish bilan qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Kundazgi yirtqich qushlarning aksariyatini va boyqushlar ozig’ini asosini kemiruvchilar tashkil qiladi.
D.M.Zverevning kuzatishiga ko’ra G’arbiy-Sibirda oddiy miqqiy bir kunda uyasiga 10 ta kemiruvchi (yumronqoziq, dalasichqon va sichqon) olib keladi.
Uning hisoblashicha bir juft miqqiy bola boqish davrida (bir oy) 180 ta yumronqoziq, 90 ta sinqonsimon kemiruvchi va bir nechta qushni uyasiga olib kelgan.
Qushlarning soni qulay uya qurish va bola ochish joylarga bog’liq ekanligi aniqlangan.
Ayniqsa bu daraxt kovaklariga uya qo’yuvchi qushlarda yaqqol ko’rinadi. Buning sababi bir tomondan «yashash fondining» kamligi, ikkinchidan esa shu sababli oziq maydonlaridan to’liq foydalana olmasligidandir.
Aviatsiya rivojlanishi bilan ayniqsa orollarda joylashgan aerodromlarda o’ziga xos muammolar paydo bo’ladi. Aerodrom atrofida uya quruvchi yoki shu atrofda oziqlanuvchi qushlar ko’pincha yerga qo’nayotgan yoki osmonga ko’tarilayotgan samolyot bilan to’qnashadi. Avariyalar ko’pincha 600 m balandlikda yoki ko’tarilish va qo’nish davrida ko’proq bo’lishi aniqlangan. Biroq to’qnashish 6300 m balandlikda ham bo’lgani aniqlangan. Ko’pincha avariyalar reaktiv samolyotlarda bo’ladi. Ayniqsa dengiz chaykalari, kaptarlar, ko’chmanchi suv qushlari, kunduzgi yirtqichlar chug’urchiqlarning katta galalari, loyxo’raklar samolyotlar uchun juda xavfli.
Yirtqich qushlarga bo’lgan munosabatni aniqlaganda ular tabiatning ajoyib ijodi ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Qator turlar-burgut, lochin, qirg’iy ovchi qushlar ajoyib sport ovida qo’llaniladi. Masalan: O’rta Osiyo mohir ovchilar burgutlar yordamida bir faslda 50-60 ta tulki, ayrim vaqtlarda esa bo’rini ham ovlaydilar. Ayrim yillarda Qirg’izistonda terisi uchun tutiladigan tulkilarning 30% burgutlar yordamida ovlanadi.
Ov qushlari. Oq qushlari ko’pligi jihatdan olganda Rossiya jahonda birinchi o’rinni egallagan. Uning faunasida 150 turga yaqin ov qushlari bor. Bular orasida g’ozsimonlar (48 tur), tovuqsimonlar (20 tur) alohida o’rin egallaydi. Bulardan boshqa ovda suvmoshaklar turkumining vakillari (asosan qashqaldoqlar), baliqchilar, chistiklarning ham ahamiyati oz emas.
Hozirgi vaqtda har yili 40-50 mln dona qush ovlanadi. Bulardan 30 mln tasi suv qushlaridir. Eng katta ahamiyatga ega bo’lganlaridan yovvoyi o’rdaklar 30%, churraklar 30%, qashqaldoqlar 10% ga yaqin, g’ozlar 5%. Suvda suzuvchi qushlar ovlanadigan asosiy zonalar G’arbiy Sibir va Shimoliy Kavkaz. Bu yerda yiliga 9 mln dona qush ovlanadi. Sharqiy Sibirda va Uzoq Sharqda 3,5 mln, O’rta Osiyoda va Sharqiy Qozog’istonda 2,4 mln, Rossiya Yevropa qismining Markaziy oblastlarida 2,4 mln, Ozarbayjonda 2,2 mln. Uralda va Zauraleda 1,2 mln qush ovlanadi. O’rmon qushlari (ancha ko’p) 10-12 mln dona ovlanadi. Bunda oq kaklik birinchi o’rinda (70%) turadi. Bulduruqlar 6%, qurlar 5% ni tashkil qilsa, qolgan qismini kulrang va unga yaqin tashkil qiladi. Qirg’ovullar juda kam ovlanadi.
Qushlarni muhofaza qilishda turli geografik zonalarda joylashgan qo’riqxonalar katta ahamiyatga ega. masalan, Kandalaksha (Oq va Barents dengizlarida), Juvintas (Litva), Darvin (Ribinsk suv omborida), Qora dengiz (Dnepr etagida), Astraxan (Volga deltasida), Qizilag’och (Kaspiyning janubi-g’arbiy qismida) va boshqalar.
Qushlarni muhofaza qilishda zakazniklar ham ahamiyatga ega. hozirgi vaqtda Rossiya territoriyasida ularning soni 600 ta, umumiy maydoni 10 mln ga.
Hozirgi zamon ov xo’jaligida parrandachilik katta ahamiyatga ega. bu ish ov xo’jaliklariga qushlarni keltirib qo’yish yoki o’sha yerda ko’paytirish orqali amalga oshiriladi.
Inkubatorda ko’paytirishda eng yaxshi ob‘ekt qirg’ovul va kakliklardir. Suv qushlaridan o’rdaklar, karqur va qurlarni ko’paytirish ishlari boshlangan. Avval asosiy ov qushlar hisoblangan ayrim qushlarning soni shunchalik kamayib ketganki, ular «Qizil kitob»ga kiritilgan. Masalan, qizilbo’yin kazarkalar, tog’ g’ozi, jingalak saqoqush, ular, oq turna yoki sterx va hokazo, jami 50 tur.
Xonaki parrndalar. Qushlarni qo’lga o’rgatish va xonakilashtirish turli maqsadda, turli xalqlar tomonidan qadim zamonlardan boshlangan. Barcha xonaki tovuqlarning ajdodi Hindiston, Birma, Malayya arxipelagida yashaydigan bankiv tovug’i (Gallus gallus) dir. U eramizdan bir necha ming yil ilgari Hindistonda xonakilashtirilgan. Ehtimol, u ibodat ob‘ekti bo’lgan. Yevropaga tovuqlar asrimizdan bir necha yuz yil burun keltirilgan. Kurka ham eramizdan ancha burun Meksika hindlari tomonidan xonakilashtirilgan. Ularning ajdodlari Shimoliy Amerikaning janubida yashaydigan yovvoyi kurka (Meleagris gallopavo) bo’lgan. Yaponiyada bir necha yuz asr burunroq mahalliy yovvoyi bedana (Coturnix coturnix japonica) xonakilashtirilgan. Hozirgi vaqtda ular Yevropada va Amerikadagi qator mamlakatlarda ko’paytiriladi. Bu bu bedanalar Rossiyada ham ko’paytiriladi. Yiliga ular 300 dona tuxum qo’yadi. Xonaki o’rdaklar Shimoliy yarim sharda tarqalgan bir turg’yovvoyi o’rdak (Anas platyrhyncha) dan kelib chiqqan. Ularni xonakilashtirish turli xalqlarda mustaqil ravishda bo’lgan. Yevropada o’rdaklar yangi eraning birinchi asridan ma‘lum. Xonaki g’ozlar ikki yovvoyi ajdod: kulrang g’oz (Anser anser) va quruqburun g’oz (Cygnopsis cygnoiges) dan kelib chiqqan. Birinchisi Yevropada va Sibirda, ikkinchisi Sibirning janubida va ichki Osiyoda tarqalgan. Quruqburun g’ozlardan Xitoy xonaki g’ozlari kelib chiqqan.
Xonaki kapterlarning juda ko’p turlari yovvoyi tog’ kaptari (Columba livia) dan kelib chiqqanligini Darvin isbotlagan. Kaptarchilikning uch yo’nalishi va shunga asosan uch zoti bor: manzarali, pochtachi, go’shtdor zotlar. Manzarali kaptarlar rang-barang, tanasi o’ziga xos va pardoz beruvchi patlari rivojlangan bo’ladi. Masalan, buqoq, trubach, po’pakli kaptarlar. Go’shtdor zotlardan king, ispolin kaptarlarning massasi 600-900 g keladi. Yaxshi zotli kaptarlar yiliga 14-16 bosh jo’ja ochadi. Pochta kaptarlari qadimdan aloqa ishlarida qo’llaniladi. Ular hozir ham ahamiyatini yo’qotmagan. Ularning muayyan bir joyga qaytib kelishi ko’rish orientatsiyasiga bog’liq bo’lganligi tufayli ularni bir rayonda ishlashga o’rgatiladi. Bir tomonlama aloqalarda ularning uchish masofasi 150-200 km, ayrim vaqtlarda 1000 km bo’lishi mumkin. Ikki tomonlama aloqalarda uchish masofasi 50-100 km. Uchish tezligi 50-70 km/s, balandligi 10-150 m.

Qushlar ekologiyasi.


Qushlarning geografik tarqalishi nihoyatda keng. Ular amalda butun quruqlik yuzasini egallab shitmoldan qutbgacha boradi.
Qushlarning vertikal tarqalishi ham juda muhim yangi Gvineyada kauzarlar dengiz sathidan 200 m balandlikda ham uchragan. Baliqchi qushlar krachkalar Osiyoning tog’li rayonlarida dengiz sathidan 4700 m, qumaylar 7000 m balandlikda uchraydi. Hamma kolibrlar joylarda 4000-5000 m balandlikka ko’tariladi. Shu bilan bir qatorda ba‘zi bir dengiz qushlari (gagaralar, pingvinlar) oziq izlab 20 m chuqurlikka tushadi.
Qushlar uchish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchun boshqa hayvonlar (hatto sut emizuvchilar) o’ta olmaydigan to’siqlardan o’ta oladi. Qushlarni tez joy almashishida qisqa muddatli yashash imkoniyati bo’lgan yerlarni egallash va u yerlardan yilning boshqa fasllarida yashash mumkin bo’lgan joylarga uchib ketishga imkon beradi. Yorug’lik sharoiti qushlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Buni ko’pchilik qushlar kunduzi hayt kechirishidan ko’rish mumkin. Kun yorug’lik davrining qisqarishi, oziq topish vaqtini qisqartiradi va qushlar hayotini og’irlashtiradi. Kunning yorug’ vaqtining qisqarishi kuz va qishga to’g’ri kelishi va issiqlikning ko’p sarf bo’lishi davriga to’g’ri kelishini ko’zda tutish kerak.
Natijada ovqatga muhtojlik va uni ovlash imkoniyati orasidagi farq katta bo’lib, qushlar sharoiti birmuncha yaxshi bo’lgan janubga uchadi.
Qushlarning ko’chib o’tish vaqtidagi orientatsiya va navigatsiya mexanizmi hozirgacha batafsil aniqlangan emas. Qushlar uchish yo’llarini xotirida saqlaydi, degan tasavvur ayrim qushlarning birinchi marotaba ko’chadigan yoshlari qarilaridan avvalroq uchishi bilan inkor qilinadi. Yerning magnit maydoni haqidagi nazariya ham tasdiqlanmadi. Tabiatda kuzatish va eksperiment uchib o’tishda ko’rishning katta roli bor ekanligini ko’rsatdi.
Ayrim turlar uchun joyning landshaft xarakteri ayrimlari uchun osmonning yoritilgan qismi ayrimlari uchun esa osmondagi sayyoralar muhim orientirlash belgisi hisoblanadi. Tunda ko’chuvchi qushlar osmon bulut bilan qoplangan yoki qalin tuman vaqtida orientirlarini yo’qotadi.
Ekologik belgilar orqali orientatsiya tug’ma bo’lib sayyoralar orqali orientatsiya bu kuzatish natijasida paydo bo’lgan shartli xususiyatdir. Osmonda quyosh va sayyoralar holati doimo o’zgarib turganligi tufayli bu sistemaga qarab aniqlash qiyin.
Qushlar ko’chishini o’rganishda halqalash usuli juda katta rol o’ynaydi. Tutilgan qushlarning (ko’pincha jo’jalarining) pix suyagiga nomer va halqa kiygiziladi. Rossiyada bu ishni Fanlar Akademiyasining halqalash byurosi boshqargan.




Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin