Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ; D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko‘rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog‘liq bo‘lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo‘lgan yangi kredit pullarining eng ko‘p miqdorini bildiradi.
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o‘tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o‘zgaruvchilarni o‘z ichiga oladi.Bular:
pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi;