O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə41/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146
Укув кулланма 2022

Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi. Ular yordamida o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot

mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir.
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasining mohiyati tushuntiriladi.

Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning dolzarbligi, sinf o‘quvchilarga mosligi, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish imkoniyatini hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:


Ta’limiy-tarbiyaviy suhbatlarning mavzu yo‘nalishlari


Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigiyenik mavzularda tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi.


Suhbat davomida o‘quvchilarga ularning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati katta.
Hikoya. O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq meyorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari – radio, televideniye, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya
mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin