O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə17/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Mamlakat chempionlari
Yillar

Erkaklar

Ayollar

1990

R.Galimov

Z.Haydarova

1991

B.Zalyadskiy

O.Aybinder

1992

A.Badurov

I.Pankova

1993

R.Galimov

S.Ninkova

1994

Sh.Mamadaliyev

A. Dzyundzyak

1995

A.Ilyushenko

B.Bayatanova

1996

T.Qurbonboyev

A. Dzyundzyak

1997

T.Qurbonboyev

S. Bahriddinova

1998

I.Valeyev

S. Bahriddinova

1999

I.Valeyev

A.Gordeyeva

2000

I.Valeyev

O. Chusovitina

2003

I.Valeyev

O. Chusovitina

2004

A.Fokin

O. Chusovitina

2005

A. Fokin

N.Almatova

2006

I.Rahmatov

N. Almatova

2007

A.Fokin

A.Ninkova

2008

R.Osimov

L.Galiulina

2009

A.Fokin

L.Galiulina

2010

A.Fokin

L.Galiulina


2.11. Sport gimnastikasi Olimpiada o'yinlarida
Gimnastika sporti yangi davr Olimpiada o'yinlarining birinchi
dasturidan o'rin olgan edi. Biroq uning o'tkazish shakli hozirgi
kundagi gimnastika sport musobaqalari dasturidan farq qiladi.
1896-yil — Afina (Gretsiya).
I Olimpiada o'yinlarida 10 mam-
lakat ishtirok etgan bo'lsa, shulardan 5 tasi gimnastika musobaqasida
qatnashgan.
Qo'shpoyada — 3 mamlakatdan 18 ishtirokchi: 1-o'rinni A. Flatov
(Germaniya), 2-o'rinni J. Sutter (Shvetsiya), 3-o'rinni X. Vayngyort-
ner (Germaniya) egalladi. Jamoalar o'rtasida 2 mamlakatdan



67 ishtirokchi qatnashib, 1-o'rinni Germaniya, 2-o'rinni Gretsiya—1 jamoasi, 3-o'rinni Gretsiya—2 jamoasi egalladi.
Yakkacho'pda — shaxsiy birinchilikda 4 mamlakatdan 15 ish­tirokchi qatnashib, 1-o'rinni X. Vayngyortner, 2-o'rinni A. Flatov egalladi.
Jamoalar o'rtasida mutlaq 1-o'rinni Germaniya terma jamoasi egalladi.
Yog'och otda — besh mamlakatdan 15 ishtirokchi qatnashib, 1- va 2-o'rinlarni J. Sutter hamda X. Vayngyortner (Germaniya) egalladi.
Halqada — 3 mamlakatdan 8 ishtirokchi qatnashib, 1-o'rinni Mitropulos (Gretsiya), 2-o'rinni X. Vayngyortner (Germaniya) va 3-o'rinni Persakis (Gretsiya) egalladi.
Tayanib sakrashda — 5 mamlakatdan 15 ishtirokchi qatna­shib, 1-o'rinni K. Shuman (Germaniya), 2-o'rinni J. Sutter (Shve- tsariya) egalladi.
Arqonga tirmashib chiqishda 4 mamlakatdan 5 ishtirokchi qatnashib, 1-o'rinni N. Andriakopulos va 2-o'rinni T. Ksenakis (Gretsiya) egalladi.
1900-yil — Parij (Fransiya).
II Olimpiada o'yinlaridagi gimnastika musobaqasida 6 mamlakatdan 866 sportchi ishtirok etgan. Fransiya MOQ taklifi bilan musobaqa quyidagi dasturda o'tkazildi. Shaxsiy birinchilikda — qo'shpoya, yakkacho'p, halqa, yog'och otda tayanib sakrash, erkin mashqlar, yugurib kelib uzunlikka sakrash, turgan joyidan uzunlikka va balandlikka sakrashlar, langar- cho'p bilan sakrash, arqonga tirmashib chiqish va 50 kg og'irlikni ko'tarish bo'yicha:. 1-o'rinni G. Sandra (Fransiya), 2-o'rinni N. Ba (Fransiya), 3-o'rinni L. Demane egalladi. Bundan ko'rinib turibdiki, Olimpiada o'yinlarida sportning bu turida fransuzlar ustunlik qilishgan. Musobaqada gimnastikaga oid turlar ham bo'lgan. Ushbu dastur asosan, 1924-yilgacha davom etib kelgan.
1904-yil— Sent Luis {AQSH). Ill Olimpiada o'yinlarida 13 mam­lakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan.
Jamoali-uchkurash—uzunlikka sakrash, yadro iig'itish, 100 yard- ga yugurish, oltikurash, yakkakurash, qo'shpoya, tayanib sakrash, ko'ndalang turgan yog'och otdan sakrash, yadro irg'itish, 100 yardga yugurish shaxsiy musobaqa dasturiga kirgan.
Dastakli otda — 1-o'rinni A. Xeyda, 2-o'rinni J. Eyser, 3-o'rinni U. Mers (hammasi AQSH) egallagan.
Halqada — 1-o'rinni X. Gless, 2-o'rinni U. Mers, 3-o'rinni E. Foyt (hammasi AQSH) egallagan.

Qo'shpoyada — 1-o'rinni J. Eyser, 2-o'rinni A. Xeyda, 3-o'rinni J. Dyuxa (hammasi AQSH) egallagan.
Yakkacho'pda — 1-o'rinni A. Xeyda, 2-o'rinni E. Xennig, 3-o'rinni J. Eyser (hammasi AQSH) egallagan.
Arqonga tirmashib chiqishda — 1-o'rinni J. Eyser, 2-o'rinni Ch. Kraus, 3-o'rinni E. Foyt (AQSH) egallagan.
Tayanib sakrashda — 1-o'rinni A. Xeyda, 2-o'rinni J. Eyser, 3-o'rinni U. Mers (hammasi AQSH) egallagan.
To'qmoqlar bilan mashqda — 1-o'rinni E. Xennig, 2-o'rinni E. Foyt, 3-o'rinni R. Uilson (hammasi AQSH) egallagan.
7 ta gimnastika jihozlarida shaxsiy birinchilikda — 1-o'rinni A. Xeyda, 2-o'rinni J. Eyser, 3-o'rinni U. Mers egallagan. 9 ta gimnastika jihozlarida shaxsiy birinchilikda —1-o'rinni A. Shnipler (Shveysariya), 2-o'rinni Y. Lenxard (Avstriya), 3-o'rinni V. Veber (Germaniya) egallagan. Ushbu ma'lumotdan ko'rinib turibdiki, Amerika qit'asida o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida gimnastika musobaqalari dasturi boshqacha bo'lgan. Chunki XOQning qaroriga ko'ra, musobaqa qabul qiladigan mamlakat sportning uch turiga o'z dasturini kiritadi.
1908-yil— London (Angliya).
TV Olimpiada o'yinlarida 12 mam­lakatdan 97 ishtirokchi qatnashgan.
Shaxsiy birinchilikda — yakkacho'p, qo'shpoya, yog'och ot, halqa, arqonga tirmashib chiqishda 317 ball bilan 1-o'rinni A. Bralya (Italiya), 312 ball bilan 2-o'rinni S.Tusel (Angliya), 297 ball bilan 3-o'rinni L. Segyura (Fransiya) egallagan.
1912-yil — Stokgolm (Shvetsiya). V Olimpiada o'yinlarida 9 mamlakatdan 44 ishtirokchi qatnashgan.
Ko'pkurash, yakkacho'p, qo'shpoya, yog'och ot, halqada 865 ball bilan 1-o'rinni A. Bralya (Italiya), 862,5 ball bilan 2-o'rinni L. Segyura (Fransiya), 861,5 ball bilan 3-o'rinni A.Tunezi (Fran­siya) egallagan.
Ixtiyoriy, jihozlar tartibini va mashqlarni bajarish tartibini sportchilarni o'zi tanlagan. Terma jamoa o'rtasida 187,25 ball bilan 1-o'rinni (Norvegiya), 109,25 ball bilan 2-o'rinni (Finlandiya), 3-o'rinni 106,25 ball bilan (Daniya) egallagan.
Shvedlar tizimi: 1-o'rinni Shvetsiya, 2-o'rinni Daniya, 3-o'rinni Norvegiya jamoalari egallagan.
1920-yil — Antverpen (Belgiya). VI Olimpiada o'yinlarida 5 mam­lakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan.
Shaxsiy birinchilikda yakkacho'p, qo'shpoya, yog'och ot, halqada 88,35 ball bilan 1-o'rinni J. Dzampori (Italiya), 87, 62



ball bilan 2-o'rinni M. Torres (Fransiya), 87,45 ball bilan 3-o'rinni J. Guno (Fransiya) egallagan.
Yevropa tizimi: 1-o'rinni Italiya, 2-o'rinni Belgiya, 3-o'rinni Fransiya egallagan.
Shvedlar tizimi: 1-o'rinni Shvetsiya, 2-o'rinni Daniya, 3-o'rinni Belgiya terma jamoasi egallagan.
Ixtiyoriy tizim: jihoz va mashqlami o'zi tanlaydi.
1-o'rinni Daniya, 2-o'rinni Norvegiya terma jamoalari egallagan.
1924-yil — Parij (Fransiya).
VII Olimpiada o'yinlarida 9 mam­lakatdan 82 ishtirokchi qatnashgan.
Ko'pkurash — yakkacho'p, dastakli ot, qo'shpoya, tayanib sakrash, ko'ndalang turgan yog'och otdan sakrash, halqa, arqonga tirmashib chiqish mashqlari kirgan. Bundan tashqari, sportchilar shaxsiy birinchiligida:
Qo'shpoyada — 1-o'rinni A.Gyuttinger (Shveysariya), 2-o'rinni R. Prajak (Chexoslovakiya), 3-o'rinni J. Dzampori (Italiya) egallagan.
Yakkacho'pda — 1-o'rinni L. Shtukel (Yugoslaviya), 2-o'rinni J.Gutveniger (Shveysariya), 3-o'rinni A. Ijlen (Fransiya) egallagan.
Dastakli ot — 1-o'rinni Y. Velxelm (Shveysariya), 2-o'rinni J. Gutveniger (Shveysariya), 3-o'rinni A. Rebete (Shveysariya) egallagan.
Halqada — 1-o'rinni F. Martino (Italiya), 2-o'rinni R. Prajak (Chexoslovakiya), 3-o'rinni L. Vaxa (Chexoslovakiya) egallagan.
Tayanib sakrash — 1-o'rinni F. Kris (AQSH), 2-o'rinni Y. Koutni, 3-o'rinni B. Moijkovskiy (Chexoslovakiya) egallagan.
Ko'ndalang yog'och otdan sakrash — 1-o'rinni A. Segen, 2-o'rinni F. Ganglof, 3-o'rinni J.Guno (Fransiya) egallagan.
Arqonga tirmashib chiqish — 1-o'rinni Shubchik (Chexo­slovakiya), 2-o'rinni A. Segen (Fransiya), 3-o'rinni L.Vaxa (Chexo­slovakiya) egallagan.
1928-yil — Amsterdam (Niderlandiya). VIII Olimpiada o'yinlarida 11 mamlakatdan 88 sportchi ishtirok etgan. Xalqaro gimnastika federatsiyasining qaroriga ko'ra, Olimpiada o'yinlari musobaqasi dasturiga o'zgartirish kiritildi, ya'ni gimnastika klassik turlari bo'yicha bellashuvlar o'tkazila boshlandi. Shu qarorga asosan, ilk bor gimnast ayollar jamoa tarkibida ishtirok etgan.
Erkaklar: ko'pkurashda, dastakli otda, halqada, qo'shpoyada, yakkacho'pda va tayanib sakrash mashqlarida shaxsiy o'rin uchun keskin kurash olib borishdi. Ayollar esa ko'pkurash bo'yicha jamoa birinchiligida quyidagi o'rinlarni egalladilar: 316,75 ochko bilan

1-o'rinni Niderlandiya, 289 ochko bilan 2-o'rinni Italiya, 258,25 ochko bilan 3-o'rinni Buyuk Britaniya, 256,5 ochko bilan 4-o'rinni Vengriya va 247,5 ochko bilan 5-o'rinni Fransiya terma jamoalari egallagan.
1932-yil — Los-Anjeles (AQSH).
IX Olimpiada o'yinlarida 5 mamlakatdan 24 sportchi ishtirok etgan. 1932-yildan boshlab, bugun bizga ma'lum bo'lgan sport gimnastika musobaqalari dasturi bo'yicha bellashuvlar Olimpiada dasturidan o'rin oldi. Shu bilan birga, badiiy gimnastika va trampolin ham Olimpiada o'yinlari dasturiga kiritildi.
3-bob. GIMNASTIKA ATAMALARI 3.1. Atamalarning ahamiyati
Bilim sohalarida, turli ishlab chiqarish, harakat faoliyatlarida buyum, hodisa, tushuncha, jarayonlarni qisqacha ifodalash maq- sadida maxsus atamalardan foydalaniladi. Jismoniy tarbiyada, jumladan, behad ko'p mashqlar qo'llaniladigan gimnastikada atama juda muhim rol o'ynaydi. Atamalar mashg'ulotlar vaqtida o'qituv- chilar bilan o'quvchilaming o'zaro munosabatlarini yengillash- tiradi, gimnastikaga oid adabiyot nashr qilishda gimnastika mashqlari ta'rifini soddalashtirishda yordam beradi. Gimnastika atamasi gimnastikadan boshqa sport turlarida ham keng qo'llaniladi.
Gimnastika mashqlarining aniq nomini bilmasdan turib, uni o'rganish qiyin. Shu sababli ularni o'rgatish jarayonida atamaning ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Qisqacha atama so'zlar harakat ko'nikmalarini shakllantirishga beqiyos ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot- larning tasdiqlashicha, shug'ullanuvchilar mashqni bajarish uchun o'zini o'zi tayyorlashiga yordam beradi, o'quv jarayonini esa yanada ixcham va maqsadga muvofiq olib borishga vosita bo'ladi.
Gimnastika atamalari —bu gimnastika mashqlari, umumiy tushunchalari, gimnastika jihozlari, jihozlarining nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo'llaniladigan maxsus nomlar (atamalar) tarkibi, shuningdek, atamalar shartli (belgilab qo'yilgan) qisqartirishlarning, mashqlami yozish shakllarining tuzilishi hamda ishlatilishi qoida- laridir.
Atama leksikaning bo'limi sifatida shu fanning mazmuni, nazariyasi va amaliyoti bilan yaqindan bog'liqdir. Gimnastikada atama deganda, biror harakat yoki tushunchaning qisqacha shartli



nomi tushuniladi. Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika atamasi ham jismoniy tarbiya taraqqiyoti bilan bir qatorda, takomillasha boradi, chunki amaliyot va fanda qanday yangilik paydo bo'lsa, u tilda muqarrar aks etib, uni boyita boradi.
Gimnastika atamalogiyasi sobiq Ittifoqda 1938-yilda joriy etil­gan bo'lib, rus adabiy till lug'at fondi asosida qurilgan edi. Shu- ning uchun u gimnastika bilan shug'ullanuvchilarning turli taba- qalariga anchagina tushunarli va yaqin, shuningdek, rus tilining boshqa tillarga to'g'ri (mashqlar mazmuniga qarab) taijima qilish imkonini beradi. Yangi atamaning afzalligi shundan iborat ediki, atamalar tuzish va ularni qo'llashga yangicha yondashildi. Mual- liflar atamalar tuzish tizimini har bir harakatning eng ifodali xususiyatlarini ko'rsatish bilangina cheklanib, ayni vaqtda shu hara- katni aniq va qisqa ta'riflash imkonini beradigan qilib belgilashdi.
Sobiq sho'rolar gimnastika tizimining rivojlana borishi, nazariya va amaliyotda erishilgan yangi-yangi yutuqlari gimnastika atamasini yanada takomillashtirishni taqozo qildi. Gimnastika bo'yicha 1957-yi1- da o'tkazilgan munozara, 1962, 1963-yillardagi Ittifoq konferen- siyalari ham shu masalaga bag'ishlangan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari, ayniqsa, Moskva, Leningrad va Kiyev jismoniy tarbiya akademiyalari gimnastika kafedralarining o'qituvchilari gimnastika atamasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shishdi. Olib borilgan izlanish va muhokamalar natijasida 1965-yilda sobiq Ittifoq gimnastika federatsiyasi amaldagi atamalarga so'nggi o'zgar- tirish va qo'shimchalar kiritdi. Ushbu o'quv qo'llanmada keltirilgan atamalar baynalmilal tillarda uchraydigan va o'zbek adabiy tiliga kirib kelgan atamalar, shu sohaning yirik mutaxassis-olimlari, dotsent A. Yefemenko tomonidan amaliy mashg'ulotlarda qo'llash uchun tavsiya etilgan atamalarga, H. Rafiyevning «Jismoniy tarbiya va sport lug'ati» kitobi hamda «O'zbek tilining izohli lug'ati»ga tayanib, atamalar tarkibiga ayrim yangiliklar kiritishga urinib ko'rildi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin