O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə106/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Xususiy usuliy vazifalar. Saflanish mashqlari va joydan joyga ko'chishlar turli-tuman bo'lishi kerak. O'qituvchi ularning qomatga ta'sirini hisobga olishi zarur. Buyruqlarni tez-tez qo'llamaslik kerak, undan ko'ra past ovozda va bosiqlik bilan berilgan topshiriqlar foydali bo'ladi. Ba'zan yugurib va sakrab bajariladigan mashqlarning davo- miyligini qisqartirish maqsadida ularni mohirlik bilan yurishning turli xillari bilan almashtirish lozim.
Haddan tashqari katta ko'lamda, noqulay holatlarda (oyoqlarni keng yozib turish va h.k.) bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarni ko'p bajarmaslik lozim. Orqa bilan yotib mashq bajarishga asta-sekin (o'tirish, yarimyotgan holatdan) o'tish kerak.
Gimnastika tayoqchasi bilan mashq bajarganda bo'g'inlar harakatchanligini oshirish uchun yelka bo'g'inida aylantirish mashqlarini bajarish tavsiya qilinadi. Gimnastika devorida aralash va oddiy osilish holatlarida mashq bajarish maqsadga muvofiqdir.
Dinamik xarakterdagi og'irliklar (to'plar, gantellar og'irligi 0,5—2 kg) bilan mashq bajarish samaralidir. Uzoqlikka (sherigiga) to'p uloqtirishni kam qo'llash lozim. Ayrim hollarda oldinga engashish, aylanish mashqlarini og'irliklarsiz va nafas olish maromini tiklashga qaratib bajarish tavsiya qilinadi. Amaliy sport tur (yugurish, sakrash)lari mashqlarini bajarish vaqti va tezligi chegaralanadi. Tirmashib chiqishlarning oddiy turlari, masalan, aralash osilishda tirmashib chiqishlar tavsiya qilinadi. Ayollar mashg'ulotida bunday mashqlar qo'llanilmaydi.
Yuk tashishda (to'ldirma to'plarni, sherikni) buyumlarning og'irligini cheklash, sheriklarni ularning bo'yi va og'irligiga mos ravishda tanlash lozim. Muvozanat mashqlari, masalan, xodada, jihozlarning balandligini 0,5 m.gacha pasaytirib bajariladi.
Eng oddiy sakrashlar (uzunlikka, balandlikka, balandlikdan sakrashlar) tavsiya qilinadi, katta balandlikdan irg'ib tushishlarni cheklab, asosiy e'tiborni to'g'ri va yerga ohista tushishga, to'shaklar- ning joylashishiga va o'z vaqtida amaliy yordam hamda muhofaza qilishga qaratish lozim.

Ayollar bilan mashg'ulot o'tganda ularning qiziqishint oshirish
va ruhini ko'tarish uchun mashqlarni musiqa jo'rligida bajarish
foydali. Murakkab harakatlarni, balandlikka, uzoqqa sakrashlarni,
keskin siltanishlarni, tez aylanishlarni, engashishlarni va h.k.larni
bajarmaslik kerak.
Turli xil darslardan tashqari keksa yoshdagi kishilar uchun
gigiyenik gimnastika (ertalab, kunduzi, kechqurun), ishlaydiganlar
uchun esa ishlab chiqarish gimnastikasi tavsiya qilinadi. Mashg'u-
lotlar o'rta yoshdagi kishilar uchun 60—90 daqiqa; katta yosh-
dagilar uchun 45—60 daqiqa; keksa yoshdagilar uchun 30—45
daqiqa davom etadi. Navbatdagi mashg'ulotni shug'ullanuvchilardan
o'zini qanday his qilayotganlarini so'rashdan va yurak-tomir
urishini hisoblashdan boshlash lozim (bu har bir mashg'ulot oxirida
tekshiriladi).
Gimnastika turlari

Jihozlarda bajariladigan
Sog'Iomlashtimvch

i-ko'makchi gimnastika

Rivojlantirish va mu

stahkamiash gimnastikasi

l.Ritmik

14.Kirish gimnastikasi

2.Aerobika

15.Konditsion gimnastika

3.Sheyping

16.Kollanetika

4.Sog<lomlashtiruvchi fitness

17. Statik tiklantiruvchi

5.Davolovchi

18.«Si-gun»

6.Stretching

19.Moslashtiruvchi (коррегулирующая)

7.Akvaaerobika

20.«Xatxa-yoga»

8.Nafas olish gimnastikasi

21.Izotan

9.Gigiyenik gimnastika

22.Sog'lomlashtirish gimnastikaning

lO.Estafeta o'yinlari

sharqona tizimi

11 .Ko'makchi-harbiylar

23.Jismoniy tarbiya daqiqasi — tanaffusi

^ gimnastikasi

24.Ayollar gimnastikasi

12.Kasbiy (professional)

25.Sport soatlari — uzaytirilgan kun

13.Atletik gimnastika

tartibidagi gimnastika (продленка)




26.Gimnastrada


20 - 361

305



GIMNASTIKA ATAMALARINING QISQACHA IZOHLI LUG'ATI
Sizning e'tiboringizga havola qilinayotgan lug'at gimnastika atamalarini qamrab olgan. Mazkur atamalar jismoniy tarbiya o'qituvchilarining har kungi ish faoliyatida uchraydi. Biroq yuqori toifali sportchilar qo'llaydigan boshqa atamalar ham bor. Ushbu atamalar tematik tartibda berilmoqda.
Umumiy atamalar

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin