O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim maxsus vazirligi toshkent



Yüklə 420,13 Kb.
səhifə6/8
tarix18.04.2023
ölçüsü420,13 Kb.
#100145
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim maxsus vazirligi t

Misollar
Tijorat banklari Kimdir bankdan ipoteka kreditini olganida, unga boshqa birovning o'sha bankka qo'ygan pulini tejash uchun berishadi.Aytaylik, Andrea xonim uy egasi va har oy o'z jamg'armalarini XYZ bank hisobvarag'iga kiritadi. Boshqa tomondan, Boris o'z biznesini boshlash uchun qarz izlayotgan yosh tadbirkor. Borisda kreditdan foydalanish uchun ikkita variant mavjud.Birinchisi, investitsiya imkoniyatlarini izlayotgan odamlarni topish va ishontirish. Ikkinchisi, kredit talab qilish uchun XYZ bankiga murojaat qilish.Ko'rinib turibdiki, birinchi variant noaniq, chunki sarmoyadorlarni topish uzoq vaqt talab etadi. Biroq, ikkinchi variant tezroq va qulayroq.Shunday qilib, moliyaviy vositachi keng miqyosda mablag 'berish va qarz olish jarayonlarini osonlashtiradi.
Kreditorlar Siz to'qimachilik biznesini boshlamoqchisiz va boshlang'ich xarajatlarini to'lash uchun sizga 20000 dollar kerak bo'ladi deylik. Siz tanigan har bir kishiga pul qarz berishini so'rashingiz mumkin, ammo, ehtimol, bu miqdorni to'lashni istaganlar kam bo'ladi.Bundan tashqari, kreditni tasodifiy izlash jarayoni ham vaqt, ham energiya sarflaydi. Biznesni boshlash uchun zarur bo'lgan mablag'larga kirish uchun qarz beruvchiga murojaat qilish yaxshiroqdir.Shuning uchun kreditorlar mavjud - bu pulga ega bo'lganlarni muhtojlar bilan bog'lashga yordam beradi.
Mamlakatimizda pensiya tizimini isloh qilish, xususan, xususiy pensiya fondlarini tashkil etishga ruxsat berish, pensiya fondlarini kapital bozorida ishtirokini ta’minlash O‘zbekiston moliya tizimini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Hozirgi kunda davlat pensiya ta’minoti tizimi 3,3 mln.dan ortiq kishini yoki mamlakatimiz aholisining qariyb 10 foizini qamrab oladi. Shu jumladan, yosh bo‘yicha pensiya oluvchilar 2502,6 ming kishini, nogironlik bo‘yicha – 360,3 ming kishi, boquvchisini yo‘qotgani uchun – 168,5 ming kishi, ijtimoiy nafaqa oluvchilar – 294,1 ming kishini tashkil etadi.
Norasmiy sektorda ishlashga majbur bo‘layotganlar daromadlarini rejalashtirishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ortib borishi bilan “ishlab topding – to‘la” (pay as you go) tamoyiliga asoslangan pensiya tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qiyinchiliklar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishni talab etadi.

Yosh bo‘yicha pensiya oluvchilarning soni oshib borayotgan sharoitda hozirgi mavjud davlat pensiya ta’minoti tizimi iqtisodiy faol aholi qatlamiga pensiya to‘lovlari yukining oshishiga olib kelmoqda. Shuningdek, xususiy pensiya fondlari kabi uzoq muddatli mablag‘larga ega jamg‘armalarning yo‘qligi kapital bozorini rivojlantirishga imkon bermayapti.Bundan tashqari, norasmiy sektorda ishlashga majbur bo‘layotgan ishchilar, o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlovchilar, chet ellarda faoliyat olib borayotgan fuqarolar, qishloqlarda farzand tarbiyasi va uy yumushlari bilan mashg‘ul ayollar o‘zlarining nafaqa hayoti uchun daromadlarini rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.Mazkur omillarni inobatga olib, mamlakatimizda pensiya tizimini isloh qilish, xususan, xususiy pensiya fondlarini tashkil etishga ruxsat berish, pensiya fondlarini kapital bozorida ishtirokini ta’minlash O‘zbekiston moliya tizimini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Filippin va Gruziya tajribalariga nazar tashlaymiz


Bu borada, xorijiy mamlakatlar tajribasini, aynan Filippin va Gruziya tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, Gruziya 2019 yil 1 yanvardan yangi pensiya tizimini joriy qildi. Ushbu islohotdan birinchi maqsad pensiya yoshidagi fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, ikkinchi maqsad kapital bozorini rivojlantirish hisoblanadi.Gruziyada yangi pensiya tizimini to‘liq tadbiq qilishni bir necha bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 2019 yildan 1 yanvardan 40 yoshdan kichik bo‘lgan barcha ishchilar (ish bilan ta’minlanganlardan tashqari) yangi pensiya tizimiga majburiy kiritildi. Yoshi 40 yoshdan oshgan ishchilar va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlaganlar ixtiyoriy ravishda yangi tizimda ishtirok etishlari mumkinligi belgilandi.

Gruziya yangi pensiya tizimi 2+2+2 sxemasida ishlaydi. Ya’ni, yillik daromadi 24 000 larigacha (79,6 mln. so‘m) bo‘lgan ishchilar uchun daromadining 2 foizi miqdorida badal ishchi tomonidan, 2 foizi – ish beruvchi tomonidan va yana qo‘shimcha 2 foizi miqdorida davlat tomonidan o‘tkaziladi. Yiliga 24 000 laridan 60 000 larigacha (199 mln. so‘m) daromad oluvchilar uchun davlat tomonidan 1 foiz miqdorida pensiya badallari o‘tkazilib beriladi. Agar yillik daromadi 60 000 laridan oshsa, davlat tomonidan ulush qo‘shilmaydi.
Shuningdek, birinchi bosqichda yangi pensiya tizimida qatnashish yoki qatnashmasligidan qat’iy nazar nafaqaga chiqqan har bir gruziyalik standart davlat pensiyasini (hozirda 180 lari – 62 AQSh dollar) olishga haqli.
Mazkur pensiya tizimida qatnashuvchilar o‘z jamg‘armalarini investitsiyalarga yo‘naltirishda uchta tanlovga egalar. Ya’ni, qatnashuvchilar kelajak uchun jamg‘arayotgan mablag‘larini investitsiyalarning risk darajasi va undan keladigan daromaddan kelib chiqib, kam riskli, o‘rtacha riskli va yuqori riskli investitsiyalarga yo‘naltirishlari mumkin. Shunday bo‘lsada, a’zolikning dastlabki besh yilida qatnashuvchilar faqat kam riskli investitsiya portfelini tanlay oladilar.
Ta’kidlash lozimki, 2019 yilning dastlabki 150 kunida Gruziyaning yangi pensiya tizimida jami 232 mln. lari (qariyb 83,3 mln. AQSh dollar) mablag‘ to‘plandi. Kelgusi 5-6 yilda 5 mlrd. lari (qariyb 1,8 mlrd. AQSh dollar) miqdorida mablag‘lar jamg‘arilishi kutilmoqda.
2-rasm. Gruziya yangi pensiya fondi hajmi o‘zgarishi
(mln. lari)

Manba: Gruziya Pensiya agentligi

Ushbu mablag‘larni quyidagilarga investitsiya qilish mumkinligi belgilangan: bank depozitlari, davlat qimmatli qog‘ozlari, mahalliy korporativ obligatsiyalar, mahalliy korporativ aksiyalar, xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlari, xalqaro moliya institutlari qimmatli qog‘ozlari, xorijiy korporativ obligatsiyalar va aksiyalar va boshqa aktivlar.

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya fondi yoki xususiy pensiya fondlarini tashkil etish maqsadga muvofiq


Gruziya tajribasini chuqur tahlil qilgan holda hamda mamlakatimizda 2019 yil 1 yanvardan joriy qilingan yangi soliq tizimiga asosan fuqarolarning majburiy badallarini (8 foiz) bekor qilinishi hamda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining 2 foizdan 0,1 foizga tushirilishi samaradorligini hisobga olib, mamlakatimizda davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda davlat ijtimoiy himoya fondi yoki xususiy pensiya fondlarini tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday pensiya fondlarining paydo bo‘lishi iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan uzoq muddatli mablag‘larni jamg‘arishga va bu orqali kapital bozorini rivojlantirishga yordam beradi.Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, Gruziya pensiya tizimiga o‘xshash xususiy pensiya fondlarini (yoki davlat ijtimoiy himoya fondini) tashkil etilishi xususiy sektorda faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilar uchun ham manfaatli bo‘lganligi bois ularning ish haqlarini "konvert"dan buxgalteriya balansiga ko‘chirilishiga rag‘bat uyg‘otadi.

Yüklə 420,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin