Bunday holat balansda aks ettirilmaydi va shu sababli 2007-yil 31-dekabrda moliyaviy hisobotlarda havolada keltirilishi talab etiladi. Audit hisobini sanasini ko’rsatishning 2 turi amal qiladi: (1) Willis & Adamsning hisobotning “ikki taraflama sanasi”, misol uchun “15- fevral 2008 yil, 10-qaydnomadan tashqari, 1-mart 2008-yil sanasiga kelsak” kabi, yoki (2) kelgusi tadbirning sanasidan foydalanish. Ikki taraflama sana auditorning havolada aks ettirilgan maxsus kelgusi tadbirga etarli muvofiq audit dalillariga ega bo’lishi sanasida auditorning javobgarligini cheklashni nazarda tutadi. Agar audit hisoboti 2008-yil 1-mart sanasidagina belgilangan bo’lsa, auditorning javobgarligi o’sha sanagacha davom etadi. Bu misolda, Willis & Adamsning hisobotlari ikki taraflama sanada keltirilgan. Kelgusi tadbirlar uchun audit jarayonlari biznes jarayonlari va ularga aloqador moliyaviy hisoblar uchun yil yakunidan oldin boshqariladi, boshqalar esa kelgusi tadbirlar davomida boshqarilishi ham mumkin.Bu audit jarayonlarining ba’zilar, masalan haqiqiy savdoni va xarid qilish chegarasini tekshirish balansdan keyingi kelishuvlarga tegishli
bo’lishi mumkin. Qo’shimcha qilib aytganda, auditor balans sanasidan to audit hisoboti sanasigacha bo’lgan jarayonlarnining maxsus auditini boshqarishi lozim. Bunday audit jarayonlariga misollar:
Kuzatilayotgan masala haqida menejment so’rovi: a) Balans yoki tekshiruv sanasida katta ehtimoliy majburiyatlar yoki kelishuvlarning mavjud yoki mavjud emasligi b) Sarmoya aksiyasi, uzoq muddatli qarz yoki ishlatilayotgan investitsiyalarda muhim o’zgarishlar bo’lganligi