kelishuvlariga erishish yoki xomashyolarning yaroqliligini himoya qilishdan iborat. Uzoq muddatli shartnomalar odatda daromadlarni va xarid qilish jarayonlarini taftish qilish davomida mijoz-xodimlar tadqiqotlari orqali, uchrashuvlar doskasidagi vaqtlarni ko’zdan kechirish orqali ifodalanadi. Ko’p holatlarda, bunday kelishuvlar moliyaviy hisobotlarning havolalarida ko’rsatiladi. Shunga qaramasdan, faoliyatning bunday namunalari tovar ayirboshlanmaganda ham uzoq muddatli kelishuvlardagi zararlarni tan oladi. Misol uchun, ayollar liboslari uchun jundan tayyorlangan kiyimlar ishlab chiqaradigan korxona 31-dekabr kuni yilni tugatadi. Mijoz 2007-yil 30-sentabr kuni har bir pound junni $1,00 dan 1 million pound miqdorida xarid qilish, 2008-yil 31-martda qabul qilib olish uchun qaytarilmas shartnoma tuzadi. Yil so’ngida (2007-yil 31-dekabr) auditor junning joriy bozor narxi bilan shartnoma narxini solishtiradi. Agar junning joriy bahosi $1,00 yoki yuqoriroq bo’lsa, muhim bo’lgan taqdirda faqatgina shartnomaning havolasida keltiriladi. Shunga qaramasdan, agar junning narxi $1,00 dan past bo’lsa, zarar 2007-yil 31-dekabrda rasmiy tan olinadi. Masalan, junning joriy bozor narxi har bir pound uchun $0,75 bo’lsa, mijoz yil yakunida $250000 zararni tan oladi. (1000000 pound * $0,25 ) 10.5.Moliyaviy hisobotlar auditida kelgusi tadbirlarni ko’rib chiqish. Ba’zida hodisa yoki bitimlar balans ro’yxati sanasidan keyin sodir bo’ladi, lekin ular moliyaviy hisobotlarga ta’sir ko’rsatadi. Bunday hodisa yoki kelishuvlar kelgusi tadbirlarni anglatadi va moliyaviy hisobotlarda o’zgartirish kiritish yoki havolada keltirish talab qilinadi. Ikki turdagi kelgusi tadbirlar menejment mulohazalarini va auditor hisoblarini