Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng 15 kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o’zlari joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim qiladilar. Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli bo’lib, unda auditorning ikkilanish va(yoki) noroziligidan kelib chiqqan cheklashlar aniq ko’rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo’lgan ochiq axborot hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin. Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun javobgarlik. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvini o’tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o’rganilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo’lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi. Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi. 10.4. Auditrolik tekshiruvi uchun javobgarlik Tasodifiy javobgarliklarni ko’zdan kechirish Tasodifiy javobgarlik bu mavjud talab, vaziyat yoki sharoitda kelajakda voqealar sodir bo’lishi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashini hal qilish uchun mumkin bo’lgan yo’qotishlar haqidagi noaniqlikni aniqlashni bildiradi. “Ehtimollik hisobi” tasodifiy javobgarlik mavjudligini bildiradi, 3 kategoriyadan