Hujjat bilan ishlashda uning kim tomonidan tuzilganligi muhim ahamiyatga ega. Mijoz korxona tomonidan tayyorlangan va ishlov berilgan hujjatlar ichki hujjatlar hisoblanadi. Auditorlik tashkilotiga qay darajada ishonish bunday hujjatlarni tuzish va ishlov berish ustidan o’rnatilgan mijoz-korxona ichki nazorat vositalarining ishonchliligiga bog’liq. Uchinchi shaxslar tomonidan tayyorlangan va xo’jalik yurituvchi subektlarga yuborilgan tashqi hujjatlar ichki hujjatlarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi. Hujjatlarni tekshirish chog’ida ularning o’z vaqtida va aniq rasmiylashtirilganligi, majburiy rekvizitlarning mavjudligi va to’g’riligini aniqlash ham zarur. Auditorlar hujjatlarni tekshiruvdan o’tkazishda ularning buxgalteriya hisobi registrlariga o’z vaqtida, aniq va to’liq aks ettirilishiga ham e’tibor berishlari kerak. Kuzatib chiqish
– bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining aks ettirilishini, ayrim dastlabki hujjatlarni tekshiradigan, yakuniy schetlar korrespondentsiyasini topadigan va xo’jalik faoliyatining tegishli faktlari buxgalteriya hisobida to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettirilganligini tekshirish jarayonidir. Kuzatib chiqish dastlabki hujjatlardan sintetik va analitik hisob registrlariga, bosh daftarga va hisobotlarga tomon, yoki ko’p hollarda uchraydigan, teskari tomon yo’nalishi-da amalga oshiriladi. Kuzatib chiqish, xususan, mijoz-kor-xona hujjatlarida aks ettirilgan notipik moddalar va hodi-salarni o’rganishga imkon beradi. Auditor kuzatib chiqish uchun dastlabki hujjatlarni №14-«Auditorlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tanlab oladi. Tahliliy amallar
deganda auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati