O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


aniqlashdan iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni fakt-vaziyatlar deb



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

aniqlashdan iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni fakt-vaziyatlar deb 
hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi hisoblangan inventarizatsiya 
yo’li bilan aniqlanadi.
Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini 
to’ldirish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz operatsiyalarni amalga 
oshirish bilan bog’liq operatsiyalar misol bo’lishi mumkin. Shuningdek, bitta hujjatning turli 
nusxalaridagi yozuvlarining bir-birlariga mos kelmaslik holatlari.
Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan 
ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan amalga 
oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit jarayonida salmoqli 
o’rin tutadi. Masalan: 1) 2910-«Omborlardagi tovarlar» schetida korxona mulki hisoblangan 
tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi 
mavjudligini aniqlashi zarur; 3) taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, 
bank ko’chirmalari) va mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor 
tovarlarning egasi haqida xulosa qiladi.
Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda 2910-
«Omborlardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q bo’lsa, hech 
qanday fikr-mulohazaga o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va to’rtinchi argumentlarni 
ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish mumkin.
8.2. Auditorlik dalillarni olish manbalari 
Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo’jalik yurituvchi subekt 
xodimlari va uchinchi shaxslardan yozma va og’zaki so’rov o’tkazish yo’li bilan; hisob 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin