O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


davrda aniqlangan xato kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish mumkin



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

davrda aniqlangan xato kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish mumkin.
Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan iborat. U 
ma’lumotlarni to’plash, moliyaviy hisobotning ishonchliligi (yoki ishonchsizligi)ni, moliya-
xo’jalik muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishga oid belgilangan qoidalar va 
nizomlarga muvofiqligi-ni va shu bilan birga auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning 
shaxsiy fikrini shakllantirish maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, ular 
turi, 
manbasi 
va
olinish usullariga
 ko’ra turkumlanadi.
Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki shakldagi 
dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin.
Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo’linishi 
mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki 
ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda auditorlik 
tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan iborat.
Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki 
ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni o’z ichiga 
oladi.


Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni 
tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li bilan 
olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar.
Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining mavjudligini 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin