Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati.
Tashqi nazorat.
Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. Asosiy auditor audit
o’tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni doimiy ravishda nazorat
qilib va yo’naltirib turishi lozim.
Auditor yordamchisi deganda professionallik darajasi bo’yicha asosiy auditordan farq
qiladigan xodim tushuniladi.
Asosiy auditorning yordamchisidan farqi, u auditning bajarilishi uchun to’liq
javobgardir.
Yordamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va bajarishlari lozim
bo’lgan ishlarning maqsadlari to’g’risida, xo’jalik yurituvchi subekt faoliyati va auditorlik
amallarning mohiyati, o’tkazish vaqti va miqyosiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan, hisob
va auditga oid muammolar haqida tegishli tarzda tushuntirishlar berilishi lozim.
Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati. Auditorlik tashkilotining auditor
ishi ustidan nazorati quyidagilarga amalga oshiriladi:
Mijoz-korxonada audit o’tkazish umumiy rejasi va dasturining asoslanganligini
muhokama qilish va tekshirish;
Tashkiliy-axloqiy auditorlik printsiplariga (xususan, mijoz-korxonaga professional
xizmat ko’rsatgan (maslahat bergan yoki uning buxgalterlik hisobini yo’lga qo’ygan) auditor,
yana o’sha korxonani tekshirishga yuborilmasligi va sh.o’.) qat’iy rioya qilinishi;
Asosiy auditor tomonidan tekshiruv o’tkazilib, auditorlik xulosasi berilganidan so’ng
auditorlik
tashkilotining
boshqa
auditori
tomonidan
mijoz-korxona
hisobotining
ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul, tekshiruvdan o’tkazish.
Dostları ilə paylaş: |