O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


malakali ekspert-mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Ta’bir joiz bo’lsa, Luqmoni



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

malakali ekspert-mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Ta’bir joiz bo’lsa, Luqmoni 
Hakimning o’gli Saronga aytgan: «Bilmagan narsangda ustozlik qilma» degan nasihatini 
eslatishimiz o’rinlidir. 
Auditorlar buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat va fuqarolik huquqi, 
auditni tashkil etish va rejalashtirish, qonunchilik, buxgalterlik hisobi va auditorlik 
faoliyatining milliy va xalqaro standartlari, hamda normalari sohasidagi o’z professional 
bilimlarini doimo yangilab borishlari lozim. 
Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishda auditor halol bo’lishi, barcha 
vujudga kelgan vaziyatlar va real faktlarni shaxsiy adovatlarga yo’l qo’ymasdan, xolisona 
o’rganishi, auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy standartlari talablariga rioya qilishi 
lozim. Agar u halollikni rad etib, tez boylik orttirish maqsadida «imzosini sotish» yo’liga o’tib 
olsa, o’zining kasb mahoratini yo’qotadi. Natijada, auditorlik xizmati bozorida o’ziga o’rin 
topa olmaydi va auditorlik hamjamiyatida beobro’ bo’lib qoladi.
Auditor soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya qilishi lozim. Soliqqa 
tortish bo’yicha professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor mijoz-korxona manfaatlarini 
himoya qiladi. Lekin u mijoz-korxona soliqni yashirish va soliq organini aldash maqsadida 
hujjatlarni qalbakilashtirishga yo’l ko’rsatmasligi kerak. Soliq hisob-kitoblari va to’lanishi 
bo’yicha tekshiruv jarayonida aniqlangan barcha xato-kamchiliklar to’g’risida mijoz-
korxona ma’muriyatiga bildirishi zarur. 
Auditor tekshiruv jarayonida olingan mijoz-korxona faoliyati to’g’risidagi barcha 
axborotlarni, uning bilan aloqa to’xtatilgan yoki davom etayotganligidan qat’iy nazar, 
cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi lozim. Auditor ushbu axborotlarni o’z foydasi 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin