etilganligi va yuritilayotganligini o’rganishi lozim. Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim
Korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi Ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga muvofiq ishlatilishi mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining belgilangan tartibga rioya qilinishi Mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar) Mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar Chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning bajarilishi; mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik uchun ko’rilgan zararlar Ichki firma yo’riqnomalari Xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish xamda korxona jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning oqilona taqsimlanishi Ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar (ishchidan tortib