Auditor ta’mirlash ishlari uchun zahiralarning to’g’ri tashkil etilishi va ishlatilishini
tekshirishi zarur. Bunda quyidagilar tekshiriladi: Zahira yaratish uchun Moliya Vazirligining
ruxsati borligi; ta’mirlash o’tkazish uchun smeta va titul ro’yxati; zahiralardan foydalanishni
hisobda aks ettirishning to’g’riligi; to’laligi va o’z vaqtidaligi; foydalanilmagan zahira
qoldig’i qolganda «storono»qilish yo’li bilan zahiralarni yopish; debet 2010, 2310, 2510 kredit
8910«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar zahirasi» («Asosiy vositlarni ta’mirlashga doir
kelgusidagi xarajatlar zahirasi» analitik schyoti).
15.10. Davr sarflarini tekshirish
Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «Mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga
qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarining
tarkibi va moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq
aniqlanadi.
Auditor davr sarflarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni
tuzishning to’g’riligigni nazorat qilish maqsadida quyidagilarni tekshirishi lozim: davr
sarflarini hisobga oladigan: 9410-«Sotish xarajatlari», 9420 - «Ma’muriy xarajatlar», 9430-
«Boshqa operatsion xarajatlar», 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan
Dostları ilə paylaş: