schetlar bilan o’rganib chiqishni talab etadi.
Derivativlar tufayli Orinj okrugi va yirik korxonalarda yuz bergan yo’qotishlar.
Derivativlar – bu ikki tomon o’rtasidagi kelishuv shartnomasi bo’lib, ma’lum bir
aktivlarni, ayni bir narx bo’yicha masalan, valyuta, aktsiya, xom-ashyo, foiz stavkasini
yoki fond bozoridan yoki boshqa bir indikatordan olish huquqini beradi. Derivativlar
bilan bog’liq risklarni nazorat qilish juda qiyin bo’lib, ularni aql bilan boshqarish kerak,
shuningdek ko’p hollarda ular foydali bitim bo’lish bilan birga juda yuqori risklilikka
ega.
13.2. Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash
Odatda qarz mablag’lari va obligatsiyalar bilan bog’liq tavakkalchiliklar darajasi past
baholanadi. Bu uzoq muddatli majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmining katta
emasligi, ular hisobini yuritish murakkab emasligi, tekshirilayotgan mijoz tez-tez ikki
tomonlama solishtirma hisobot va qarzni so’ndirish bo’yicha amortizatsiya jadvalini olish
imkoniyatiga ega ekanligi bilan izohlanadi. Ammo qaralayotgan mablag’ning kattaligi, fond
bozorlarida yuqorida aytilgandek, murakkab, alohida xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy
instrumentlarning kirib kelishi bu jarayonlarning riskliligini oshirib bormoqda.
Amaliyotdagi auditdan
Auditorlar
tekshirilayotgan
korxonaning
balansdan
tashqari
moliyalanishini
ko’ribo’tishi kerak. Barchaga ma’lum bo’lgan ENRON kompaniyasida balansdan tashqari
amalga oshiriladigan «Korxona bilan maxsus maqsadda» moliyaviy operatsiyalari bo’lgan
edi. ENRON sho’ba korxonasi bilan konsolidatsiyalashgan balans tuzmas edi. Chunki
Dostları ilə paylaş: |