O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Faraz qilaylik



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Faraz qilaylik
auditor tomonidan dastlabki auditorlik tekshiruvi dasturi tayyorlangan va u oldinda turgan 
ishlarning borishi to’g’risida ma’lum tasavvurga ega. Dastlabki dastur sifatida o’tgan yilgi 
auditorlik tekshiruvining dasturi olinib, mijoz-korxonadagi ichki nazorat tizimini dastlabki 
tahlil qilish va samarasizlik xavf-xatarini baholash natijalariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
Auditorlik tekshiruvi dasturi moliyaviy hisobotdagi axborotlarning ishonchliligini 
tasdiqlashga qaratilgan amallar ro’yxatidan iborat. Har bir auditorlik amalining turi
o’tkazish vaqti va miqyosi aniqlanib, u moliyaviy hisobotning bir yoki bir necha 
ko’rsatkichlari bilan bevosita bog’liq. Auditorlik amallarining ettita asosiy turi mavjud: 
qayta sanash, kuzatish, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, nusxa ko’chirish va 


tahlil qilish amallari.
Ichki nazorat tizimini baholashning navbatdagi maqsadi -bu uni takomillashtirish 
bo’yicha konstruktiv takliflar ishlab chiqishdir. Auditor ichki nazorat tizimini ishlab 
chiqishda faol ishtirok etib, o’z takliflarini mijozga taqdim etiladigan maxsus xatda bayon 
qiladi. Auditorlar ushbu takliflarni auditorlik tekshiruvining elementi sifatida rasman qabul 
qilib, ularni konsultatsiya xizmatlari qatoriga kiritmaydi. Berilgan takliflarga rioya qilish 
yoki qilmaslikni mijozning o’zi hal etadi. Takliflar bayon qilingan xat audit jarayoni 
yakunlanganidan so’ng yoziladi.
Xatda ichki nazorat tizimining muammolari bilan bog’-liq faktlar bayon qilinib, 
auditor bular haqida mijoz-korxona boshqaruvini xabardor qilishi lozim. Chunki, bu 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin