O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


schetlarni aniqlash chog’ida Muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning asosi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

schetlarni aniqlash chog’ida Muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning asosi 
sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schetlarga alohida e’tibor qaratish zarur. 
Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va qanday auditorlik xulosasi 
tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik darajasidan foydalaniladi.
Demak, Muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 
xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda 
tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va 
asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
№70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasi» nomli 
AFMSdagi ijobiy auditorlik xulosasi standart shaklining yakunlovchi qismida «…xo’jalik 
yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi...» 
deyilgan.
Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan fikrning 
jiddiy hisoblangan moliyaviy axborotlargagina taalluqli ekanligi to’g’risida ma’lumot beradi. 
“Muhimlik” tushunchasi shuning uchun zarurki, hech qaysi auditor moliyaviy hisobotning 
100% to’g’ri ekanligiga kafolat bera olmaydi.
Jiddiy xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq. 
Jumladan, ham korxona rahbariya-ti, ham auditor tomonidan mavjud jiddiy xatolarning 
baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi; mijozning xatolarni 
auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning mustaqillik darajasi; uning vijdonliligi; 
tashqi auditorning ichki nazorat tizimiga ishonchi; korxonada qabul qilingan hisob siyosati va 
undagi ayrim qoidalarning tafsiloti; hisob siyosatining me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin