O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


oladi. Dastlabki hujjatlarni auditorlik tashkilotiga etkazib berish, hujjatlarning saqlani-shini



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

oladi. Dastlabki hujjatlarni auditorlik tashkilotiga etkazib berish, hujjatlarning saqlani-shini 
ta’minlash, kompyuter yordamida hujjatlarga ishlov berish, analitik va sintetik hisob 
registrlarini yuritish, dastlabki hujjatlar va tuzulgan buxgalteriya hisobi registrlarini mijozga 
etkazib berish va boshqalarga doir ishlarni auditorlik tashkiloti o’z zimmasiga oladi.
Hisob yuritish hisobning barcha turlari va uchastkalari (to’liq hisob yuritish) kabi, 
hisobning alohida uchastkalari va bo’limlari bo’yicha ham (moddiy boyliklar harakatini 
hisobga olish – agar buyurtmachining ombori uning markaziy ofisidan uzoqda joylashgan 
bo’lsa; mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar va boshqalar bo’yicha) amalga 
oshirilishi mumkin.
Ushbu professional xizmat bayonidan ko’rinib turibdiki, buyurtmachi-korxonada, 
buxgalteriya xizmati yo’q, natijada hisobot tuzish, soliq deklaratsiyalarini to’lg’azish, 
buxgalteriya hisobotlari va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspektsiyasi (DSI) va boshqa 
muassasalarda himoya qilishni topshirish mumkin bo’lgan malakali hodimi ham yo’q. 
Shuning uchun qoidaga ko’ra, mijoz-korxona buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzish, 
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspektsiyasi (DSI) 
da himoya qilish kabi xizmat turlarini ham shartnomaga kiritishi mumkin.
b) moliyaviy hisobotni tuzish. Professional xizmatning ushbu turi asosan ikki xil 
bo’lishi mumkin. Birinchidan, auditorlik tashkiloti tomonidan buxgalterlik hisobini 
yuritishga doir bajarilgan ishlar majmuining yakunida hisobot ham tuzib berilishi mumkin. 
Ikkinchi holatda auditorlik tashkilotining mustaqil ishi sifatida ya’ni buyurtmachi tomonidan 
taqdim etilgan buxgalterlik registrlarining ma’lumotlari asosida faqatgina hisobotning o’zi 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin