mablag’ni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo’lgan mablag’ hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo’qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo’l bilan yig’ilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin». 1 «Sipohga haq taqsimlash tuzugi»da esa o’sha zamonga xos nazorat tizimi haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: «Mulk qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlasinlar. Biri viloyatdan yig’ilgan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursinki, jogirdor
fuqaroga jabr zulm etkazib, ularning holini xarob etmasin. U viloyatdan yig’ilgan butun mol ashyolarni kirim daftariga yozishi lozim. Ikkinchi vazir esa (daromad)ning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozsin va (yig’ilgan mollardan) sipohiylarning maoshi uchun taqsim qilsin. Qaysi amirga mulk berilar ekan, uni uch yilgacha o’z holiga qo’ysinlar. Uch yil o’tgandan so’ng uni tekshirib ko’rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo’lsa, u viloyatni holisa
ga o’tkazib, uch yilgacha o’sha jogirdorga haq berilmasin». Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o’tdi: 1. Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi. 2. Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat qilish
1
Temur tuzuklari. Toshkent: 1996, 125 bet.
Jogirdor – jogir egasi. Toj – taxt oldida ko’rsatgan xizmatlari uchun beriladigan in’om; yer – suv, mol – mulk.
Xolisa – Davlat ixtiyorida bo’lgan va barcha soliqlardan ozod etilgan yer – suv va mol – mulkni tasarruf etuvchi oliy
idora.