O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji


Axborotlarni yig'ish va qayd qilish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə7/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Axborotlarni yig'ish va qayd qilish turli iqtisodiy obyektlarda turlicha yuz beradi.
Bu jarayon ishlab chiqaruvchi xo'jalik faoliyati obyektlarini aks ettiruvchi dastlabki hisob axborotlarini yig'uvchi va qayd qiluvchi sanoat korxonalari, firmalarni avtomatlashtirilgan boshqaruv jarayonida murakkabroq ro'y beradi. Bu jarayon pul resurslari harakatini qayd etuvchi moliya organlarida yanada murakkabroqdir.
Bunda dastlabki axborotlarni to'laligi, ishonchliligi va dolzarbligi juda muhim. Korxonalarda axborotlarni yig'ish va qayd qilish turli xo'jalik operatsiyalarini bajarishda (tayyor mahsulotlarni qabul qilish, materiallarni olish, berish va shunga o'xshash jarayonlarda), banklarda — yuridik va jismoniy shaxslar bilan moliyaviy — kredit operatsiyalarini bajarishda yuz beradi. Hisob ma'lumotlari ish joylarida qayta ishlangan detallar sonini hisoblashda, uzellar, mahsulotlarni yig'ishda, yaroqsiz mahsulotlarni aniqlashda va shunga o'xshash hollarda ro'y beradi. Axborotlarni yig'ish jarayonida material obyektlar tortiladi, sanaladi, o'lchanadi, pul kupyuralari sanaladi, ba'zi bajaruvchilarining ish xarakteristikalari soni va vaqti olinadi. Axborotlarni yig'ish, odatda, uni qayd qilish bilan birga amalga oshiriladi, ya'ni ular tashuvchi materiallarda (huijatlarda, mashina tashuvchilarida) aks ettiriladi, kompyuterga kiritiladi. Dastlabki hujjatlarga yozuv, asosan, qo'lda amalga oshiriladi, shuning uchun yig'ish va qayd qilish jarayoni hozircha ko'p mehnattalab bo'lib qolmoqda. Shu sababdan hujiat almashinuvini aftomatlashtirish jarayoni o'ta dolzarbdir. Korxonalar boshqaruvini aftomatlashtirish sharoitida axborotlarni yig'ish va qayd qilishda texnik vositalardan foydalanishga, dastlabki axborotlarni o'lchash, qayd qilish, to'plash, kerakli hujjatlarni shakllantirishga yoki olingan ma'lumotlarni tizimda to'plash uchun bevosita kompyuterga kiritish va aloqa kanallari orqali axborotlarni uzatishga katta e'tibor beriladi.
Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi: kuryer yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan yetkazish, aloqa kanallarida boshqa kommunikatsiya vositalarida masofaviy uzatish. Ma'lumotlarni aloqa kanallarida masofaviy uzatish vaqtni tejaydi, lekin uni amalga oshirish uchun maxsus texnik vositalar zarur, bu uzatish jarayonini qimmatlashtiradi. Ish joylariga o'rnatilgan qurilmalar yordamida axborotlarni avtomat ravishda yig'uvchi, so'ngra kompyuterda qayta ishlashga uzatuvchi axborotlarni to'plash va qayd qilish texnik vositalari afzalroq sanaladi. U axborotlarni ishonchliligini oshiradi va mehnat hajmini kamaytiradi.
Dastlabki axborotlar paydo bo'lgan joyidan, shuningdek, natijaviy axborotlar teskari yo'nalishda masofaviy uzatilishi mumkin. Bunda natijaviy axborotlar turli displey, tablo, chop etuvchi qurilmalarda qayd qilinadi. Axborotlarni qayta ishlash markazlariga aloqa kanallari orqali kiritish, asosan, ikki usulda amalga oshiriladi: mashina tashuvchilarda yoki maxsus dasturiy va apparat vositalari orqali.
Axborotlarni zamonaviy kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy uzatish doimiy ravishda rivojlanmoqda va takomillashmoqda. Axborotlarni bunday uzatish usuli ko'p darajali va ko'p tarmoqli tizimlarda juda ahamiyatlidir. Ularda masofaviy axborot uzatish, axborotlarni bir boshqaruv darajasidan boshqasiga o'tishini sezilarli darajada tezlashtiradi va ma'lumotlarni qayta ishlashning umumiy vaqtini qisqartiradi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin