O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


80 

 

                                    XULOSALAR 

     Xalq  og’zaki  ijodi  –  insoniyatga  tengdosh  eng  qadimiy  san’at.  O`zbek  xalqi 

ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan og`zaki 

badiiy  ijodi  hamisha  inson  kamoloti,  yurt  farovonligi,  jamiyat  yetukligi  borasida 

ma`naviy  ozuqa  bo`lib  xizmat  qiladi.  Yillar  to’zonidan  omon-eson  o`tib,  avlod-

ajdodlardan  meros  qolgan  folklor  janrlari  ijtimoiy-siyosiy,  ta`limiy-tarbiyaviy 

sohalarda  maktab,  ma`naviy-ma`rifiy  yo`nalishda  yo`lboshlovchi vazifasini o`tay-

di. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z  

isbotini  topgan  maqollar,  naqllarni  hayot  maktabi  darsligi  desak  mubolag`a 

bo`lmaydi. Mustaqil O`zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda 

xalq  yaratgan  merosini  yosh  avlod  ongi  shuurida  tasavvur  hosil  qilish, 

umuminsoniy  qadriyatlarni  har  tomonlama  o`rgatish  va  tatbiq  etish  davr  talabi. 

Qolaversa,  har  bir  shaxsning    zimmasidagi  mas`uliyati  hisoblanadi.  Ana  shu 

mas`uliyatni  his  qilgan  inson  kelajak  avlodimizning    yangi    fikrlaydigan, 

izlanuvchan, 

mehr-oqibatli, 

yurtsevar, 

elparvar 

egalarini 

yetishtirishda, 

tarbiyalashda o`z hissasini qo`shadi. Buyuk allomalarimizning ibratomuz hayotlari, 

Vatan,  xalq  uchun  qilgan  xizmatlari  haqida,  aziz  –avliyolarning    ilmi-urfoni 

haqida,  mamlakat  osoyishtaligi,  tinchligi,  xalq  or-nomusi  uchun  kurashgan 

sarkardalar haqida, qolaversa, Vatanning har bir go`shasi xususida ota-bobolarimiz 

yaratgan rivoyatlar  o`zining ilmiy, badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir. Rivoyatlar 

mavzu  doirasi  nuqtai  nazaridan  asoslanib,  tahlillar,  misollar  bilan  yoritilgan. 

Rivoyatlarni  izchil  o`rganish    va  tatbiq  etish  yosh  avlod    kamoloti  uchun  muhim  

manba  hisoblanadi.  Latifa  va  topishmoqlar  esa  hozirjavoblikda,  tez  aytishlar 

so’zlarni  to’g’ri  talaffuz  qilishda,  maqollar  so’zga  husn  berishda,  fikrni  yorqin, 

ta’sirchan  qilishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Xalqimiz  o’z  quvonchini,  shod-

ligini  yoki  g’am-hasratini  o’z  qo’shiqlarida  yorqin  aks  ettirgan.  Bolalar  tasav-

vurini,  fantaziyasini  o`stirishda  ertaklar    alohida  o`rin  tutadi.  Har  bir  aytiladigan 

ertak  bolalarda  yangicha  taassurot  qoldiradi.  Bolalar  ertak  qahramonlariga 

o`xshashga harakat qiladilar, sehrli narsalarga ega bo`lishni istaydilar yoki o`zlari 

sehrgarga  aylanib  qolishni  va  qahramon  singari  behisob  kuch-qudratga  qodir 




81 

 

bo`lishni  orzu  qiladilar.  Ertaklar  yordamida  yaxshilik  va  yomonlik  sahrolarida, 



adir-u  tog`liklarida  sayohat  qiladilar.  Ana  shu  davrdan  boshlab  nima  yaxshi-yu 

nima  yomon  ekanligini  anglay  boshlaydilar.  Bolalar  ulg`aygan  sari  o`zlaridan 

kichiklarga  ertak  aytib  berishga,  ularni  aqlli,  vazmin  bo`lishga,  o`jar,  injiq 

qiliqlarini  tashlashga  undaydilar.  Ular  ham  o`zlarini    kichik  tarbiyachilar  sifatida 

tutadilar. Umuman olganda, xalq og`zaki badiiy ijodi katta-yu kichik, yosh-u qari 

uchun birdek donishmandlik majmuasi hisoblanadi. Asrlar o`tsa-da, buyuk alloma-

larimiz asarlarida ta`lim-tarbiya masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining 

mahsuli  bo`lgan  folklor  asarlari  ma`naviy  jihatdan  olamshumul  ahamiyat    kasb 

etishda  davom  etaveradi.  



82 

 

                      FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 



 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin