O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


KIRISH         Mavzuning  dolzarbligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

KIRISH 

       Mavzuning  dolzarbligi.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishganidan  so’ng 

mamlakatning  ijtimoiy  –  iqtisodiy    va  madaniy  hayotida    bo’lgani  kabi  ta’lim 

sohasida  ham  ko’plab  o’zgarishlar,  islohotlar  amalga  oshirildi.  Umumiy  o’rta 

ta’lim  maktablarining  to’qqiz  yillik  tizimga  o’tkazilishi,  kasb-huhar  kollejlari  va 

akademik  litseylarning  tashkil  etilishi  buning  yaqqol  dalili  bo’ldi.  Shu  bois 

Respublikamizda  ko’plab  akademik  litsey  va    kasb-hunar  kollejlari  qurilib  ishga 

tushirildi.  Shu  bois  hozirgi  kunda  yoshlarni  ta’lim-tarbiya  olishlari  uchun  zaruriy 

chora-tadbirlar belgilanib, muayyan ishlar amalga oshirildi. 



  

Har  bir  inson  umri  davomida  xalq  o’g’zaki  ijodidan  bahramand  bo’lib 

ulg’ayadi. Bolaligida ertak eshitib katta bo‘lmagan odam bu dunyoda yo‘q desak, 

mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Chunki  har  bir  odam  dunyoga  kelgach,  turli  darajadagi 

ertak,  rivoyat,  afsonalarni  eshitadi  va  aynan  o’shalar  orqali  dunyoni  o‘rganadi. 

Ularda  xalq  badiiy  tafakkurining  eng  sara  mevasi  yashiringan.  Buni  anglash  va 

ularni qayta kashf etish kishiga hayotni tushunish, odam va olam munosabatlarini 

o‘rganishga  yordam  beradi.  Shu  ma’noda  o‘zbek  xalq  og’zaki  ijodining  tur  va 

janrlarini  o’rganish,  ular  ustida  ishlash  va  ularning  turli  davrlarda  turli  ijtimoiy 

vazifani  bajarishini  o‘rganish  adabiyotshunoslikning  dolzarb  muammolaridan 

biridir.  

Prezidentimiz    I.A.Karimov    ta’kidlaganlaridek,  “…  ajdodlarimizning  

tafakkuri  va  dahosi  bilan  yaratilgan  eng  qadimgi  toshyozuv  va  bitiklar,  xalq 

og‘zaki  ijodi  namunalari…  bizning  buyuk  ma’naviy  boyligimizdir”  (3.31).  Lekin 

xalq  og‘zaki  ijodi  va  uning  mif,  ertak,  doston  kabi  janrlari  zamiriga  yashiringan 

ko‘plab  hikmatlar  hali  to‘la  o‘rganilmagan.  O‘rganilganlari  ham  kishilik 

jamiyatining ma’lum bir davrida qayta tahlil va ilmiy izlanishni talab qiladi.  

Xalq  og`zaki  ijodini  o‘rganish  –  xalq  tarixi,  urf-odati,  an’analari,  o‘y-

kechinmalari,  buguni  va  kelajagini  tadqiq  etish  demakdir.  Unda  millatning  o‘zini 

anglashi, o‘zligini  namoyon  qilish  xislatlari,  intilishlari,  hayot  tarzi, dunyoqarashi 

aks  etgan.  Yurtboshimiz  Islom  Karimov  ta’kidlaganlaridek:  “Albatta,  har  qaysi 

xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, 




 

hayotiy  qadriyatlaridan  ayri  holda  tasavvur  etib  bo‘lmaydi.  Bu  borada,  tabiiyki, 



ma’naviy  meros,  madaniy  boyliklar,  ko‘hna  tarixiy  yodgorliklar  eng  muhim 

omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi” ( 3.30). 

Ana  shunday  yuksak  ma’naviyatimizning  asosi  hisoblangan  xalq  og‘zaki 

ijodini  tom  ma’noda  anglash  uchun  esa  uning  g‘oyaviy-badiiy  va  janr  xususiyati, 

poetik  strukturasi,  tarixiy  ildizlari  hamda  mifologik  asoslari  atroflicha  tadqiq 

etilishi  lozim  bo‘ladi.  Xalq  og`zaki  ijodini  o‘rganishda  bunday  kompleks 

yondoshuv  uning  jonli  og‘zaki  ijro  sharoitida  o‘ziga  xos  ravishda  yaratish, 

tarqalish  xususiyatlarini,  uzoq  asrlik  taraqqiyot  jarayonida  xalq  dunyoqarashi  va 

ruhiyati    bilan  bog‘liq  ayrim  hodisalarning  aks  etishi  darajasi,  konkret  asarlar 

syujeti,  obrazlar  tizimida  turgan  o‘rni,  badiiy  vazifasi  hamda  mohiyatini  alohida-

alohida   tadqiq etishni talab etadi. 

Kishilik  jamiyatining  ilk  davridagi  odam  tushunchasi,  dunyoqarashi  inson 

ongining  eng  qadimgi  manbasi  sifatida  e’tiborga  loyiq.  Dunyo  haqidagi  bilim  va 

tasavvurlarni hosil qilish, boyitishga xizmat qiluvchi turli mif (asotir)lar ning bari 

ijtimoiy ong shakllaridir. Ilk odam o‘zi anglab – anglamay bugungi kunda san’at, 

ilm-fan, badiiy adabiyot, axloq, huquq, siyosat kabi turli sohalarning ilk kurtaklari 

shakllanishiga  xizmat  qilgan.  Bular  orasida  ibtidoiy  odam  tabiat  hodisalarini 

anglashga intilishi natijasida yuzaga kelgan miflar yetakchi mavqega ega. Chunki, 

miflar  o‘sha  davrdagi  ijtimoiy  ongning  asosiy  shakli  edi.  Dunyoning,  inson  va 

boshqa  jonzotlarning  paydo  bo‘lishi,  hayot  va  o‘lim  sirlari,  tabiat  hodisalarining 

sodir bo‘lishi kabi inson bilishga qiziqqan masalalar miflarda o‘z ifodasini topgan.  

       Mifik  ijodiyot  ongsiz,  muallifning  o‘zi  anglab  –  anglamay  amalga  oshirgan 

badiiy  ijodning boshlanish  bosqichidir.  Shuning uchun  mifga  va  mifik obrazlarga 

nisbatan  badiiy  uslub,  badiiy  ifoda  kabi  sof  badiiy  atamalarni  qo‘llash  o‘rinsiz.  

Biroq,  miflarda  aniq  hissiy  shaklni ko‘rish  mifik obrazlarga  xosdir.  Masalan, “Ur 

to‘qmoq”  ertagidagi  Laylak  obrazida  mifiklik  mavjud  va  unda  tuzoqqa  tushib 

qolganda  qo‘rqish  hissi  namoyon  bo‘ladi  va  u  tilga  kiradi.  Aynan  shu  xususiyati 

bilan  mifik  asosga  ega  obrazlar    qadimgi  miflardan  meros  qolgan  g‘ayritabiiy 

imkoniyatlarini  namoyon  qilishadi.  Shuning  uchun  bolalarga  yoqadi.  Chunki 



 

bolalarga  xos  samimiylik,  beg‘uborlik,  soddalik  mifik  obrazlar  zamiriga  ham 



yashiringandir. 

Folklor  asarlarda  o‘z  aksini  topgan  dunyoqarash,  qadriyatlar  yosh  avlodni 

har  tomonlama  bilimli,  ma’naviy  jihatdan  yetuk  etib  tarbiyalashda  muhim  o‘rin 

tutadi.  Zero,  xalq  og‘zaki  ijodi  ma’naviy  taraqqiyotning  asosiy  tarixiy 

ildizlaridandir.  Har  bir  xalqning  og’zaki  ijodi  o’sha  xalqning  fe’l-atvori,  estetik 

didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini 

aks  ettiruvchi  o’ziga  xos  ko’zgudir.  Biz  ana  shu  ko’zgu  vositasida  olamshumul 

ezgu  niyatlar,  insoniy  fazilatlar,  yovuzlik,  zulm,  adolatsizlikka  qarshi  nafrat 

tuyg’ularini ko’ramiz. Shunday ekan, xalqimizning qalb qo‘ri, yuksak aql-zakovati 

bilan  asrlar  davomida  yaratilib,  avloddan-avlodga  o‘tkazib  kelingan  folklor 

namunalarini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega.  


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin