O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI 

IJODI ORQALI O’QUVCHILAR TAFAKKURINI O’STIRISHNINIG 

NAZARIY ASOSLARI 

 

1.1.  Boshlang’ich sinflarda o’qish  darslarini tashkil etish  

                        va  ularda DTS talablari 

 

       O'qish  inson  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega.  O'qishni  bilmagan  odamning 

ko'zi ojiz kishidan farqi bo’lmaydi. O'qish faoliyati boshlang'ich sinflarda barcha 

fanlarda  amalga  oshiriladi,  lekin  o'qishga  o'rgatish  o'qish  darslarining  asosiy 

vazifasidir.  Kichik  yoshdagi  o'quvchini  o'qishga  o'rgatishda  ularning  umumiy 

rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. 

Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga 

ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va 

axloqiy-ta’limiy  tarbiya  asoslari  turadi.  Shuning  uchun  ham  boshqa  predmetlar 

ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.  

       O’quvchi  matnni  to’g’ri,  tez,  tushunib  o’qish,  mazmunini  o’zlashtirish  bilan 

ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat 

ta’lim standartlari (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-

biluv  ko’nikma-malakalari  hamda  bilimlarni  egallashlariga  yo’l  ochiladi.  Aynan 

o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa, olamni anglashga bo’lgan 

intilishlariga turtki beriladi. 

      Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili, o’qish darslari adabiyot fanining 

tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Dasturlarning  o’qish  va  nutq  o’stirish  bo’limida 

o’tkaziladigan  mashg’ulotlar  mazmuniga;  o’quvchilarni  to’g’ri,  ravon,  ma’lum  

darajadagi  tezlik  bilan  ifodali  o’qishga  o’rgatish;    bolaning    ona  -  Vatan,  uning 

tabiati    kishilar  mehnatidagi  qahramonlik,  jasurlik,  milliy  istiqlol  g’oyalarini  ular  

ongiga  singdirish kabi  bilimlarni boyitish orqali  o’quvchilarning bilim, ko’nikma 

malakalari  kengaytiriladi,  shakllanadi va  mustahkamlanadi. 



 

    O’qish  darslarini  Davlat  talablari  asosida  hayotiy    tajribalarga,  kuzatishlarga 



suyanib,  hayotga  bog’lab  o’tishi  uning    ta’sirchanligi    ongli  idrok    etishlarini  

ta’minlaydi.  O’qish  va  nutq  o’stirishning  ta’lim  -  tarbiyaviy  maqsadlari,  sinflar 

bo’yicha  o’qish mazmunini  o’qish ko’nikmalarining  og’zaki va yozma nutqlarini 

rivojlantirish usullarini, o’qish  mashg’ulotlarining    yozma  nutq    bilan   bog’lanish 

kabi masalalar aniq kiritilgan.  

        Shu  maqsadda  «O’qish  kitobi»  darsliklariga  ona  tabiat,  atrofimizni  o’rab 

turgan  olam,  Vatanimiz  tarixi  va  bugungi  qiyofasi,  kattalar  va  bolalar  hayoti, 

mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik 

kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, 

axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. 

O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar 

bilan  tanishtirish  va  ularni  o’qish,  rasmlar  asosida  hikoya  qilish  tarzida 

uyushtirilsa,  o’qish  texnikasi  egallangandan  so’ng  o’qish  muayyan  mavzular 

bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. 

Ijtimoiy-tarixiy  mazmundagi  mavzular  Vatanimiz  o’tmishi,  xalqimiz  hayoti, 

mardonavor  kurashi,  ulug’  siymolar  tomonidan  amalga  oshirilgan  ishlar,  tarixiy 

sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi.  

     Tabiatga  oid  mavzular  yordamida  o’quvchilar  tabiatdagi  o’zgarishlar,  yil 

fasllarining  almashinuvi,  hayvonot  olamiga  doir  bilimlarni  egallaydilar.  Bunday 

mavzudagi  asarlar  o’quvchilarni  kuzatuvchanlikka,  tabiatni  sevishga,  unga 

nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi. 

       Umuman,  «O’qish  kitobi»  darsliklaridagi  barcha  mavzular  o’quvchilarga 

ta’lim-tarbiya  berish  bilan  birga,  ularning  lug’atini  boyitishga,  og’zaki  va  yozma 

nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi. 

       Amaldagi  «O’qish  kitobi»  darsliklarida  materiallarning  sinfdan  sinfga  o’tgan 

sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.  

Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning 

o'qish darslarida o'quvchilaming o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida 

ishlash  ta’  limning  didaktik  maqsadi  hisoblanadi.  U  turli  mavzudagi  matnlar  ustida 



 

ishlash  orqali  ma'naviy-ahloqiy,  adabiy-estetik  tarbiya  bilan  chambarchas  bog'lab 



olib boriladi. 

Darsliklardagi  har  bir  mavzu  uchun  tanlangan  matnlarning  janriy  rang-

barangligiga,  poetik  mukammalligiga,  o'quvchilaming  bilim  darajasi  va  yosh 

xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi. 

O'quvchilar  darsliklar  yordamida  o'zlashtiriladigan  bilim,  ko'nikma  va 

malakalarining  kelajak  hayotda  zarur  bo'lishini  tushunib  yetishishlariga  erishish 

o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. 

Boshlang'ich  ta'lim  bo'yicha  DTS  va  „Ona  tili"  o'quv  dasturida  o'qish  ta'limi 

oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qitish 

bosqichlari,  tamoyillari  va  metodlari,  birinchi  navbatda,  ilg'or  pedagogik 

texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir. 

Umuman  olganda,  o'qish  darslari  oldiga  qo'yiladigan  didaktik  vazifalar 

quyidagilardan iborat: 

        1.  O'quvchilarda  yaxshi  o'qish  sifatlari:  to'g'ri,  tez,  ongli,  ifodali  o'qishlarini 

shakllantirish. 

2.  O'quvchilarni  kitobdan  foydalanishga,  undan  kerakli  bilimlarni 

olishga  o'rgatish,  kitobga  muhabbat  uyg'otish;  ularni  oddiy  kitobxondan 

chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tari sh. 

3. O'quvchilarning 

atrof-muhit 

haqidagi 

bilimlarini 

kengaytirish 

va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 

4. O'quvchilarni  axloqiy,  estetik  jihatdan  yetuk  va  mehnatga  mu- 

habbat ruhida tarbiyalash. 

5. O'quvchilarning 

bog'lanishli 

nutqini 

va 


adabiy-estetik 

tafak- 


kurini o'stirish. 

6. O'quvchilarning xayolot olamini boyitish. 

7.  Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. 

Shuni  unutmaslik  kerakki,  har  bir  ta'limiy  vazifani  bajarishning  aniq  va 

ilmiy  metodik  usullari  mavjud  bo'lib,  ular  zamonaviy  o'qitish  usullari  bilan 



10 

 

boyitib  borilmoqda.  Bu  vazifalar  boshqalari  bilan  o'zaro  bog'liq  holda  va 



sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi. 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin