Dastlabki najas (mekoniy) – quyuq, to‘q-yashil rangdagi yopishqoq massa,
odatda 1-2 kun keladi. Keyinchalik najas birmuncha tez-tez keladi, shakli va
rangiga ko‘ra nogomogen bo‘ladi, u ichakning o‘tib ketuvchi katariga xos. 2-4 kun
o‘tgach najas bo‘tqasimon va rangi sariq tillarang bo‘ladi. Ich kelishining
tezlashuvi bola ovqatlantirishdagi xatolarda, ichakning infeksion zararlanishlarida
ro‘y berishi mumkin va koprogrammani, bakterial ekmani o‘rganish uchun
ko‘rsatma hisoblanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ko‘pchiligida najasida
ko‘p miqdorda mutsin, uchdan bir qismida esa ozroq miqdorda to‘qima oqsili
bo‘ladi.
27
Tizimlar bo‘yicha ko‘zdan kechirish. Agar bola vazmin bo‘lsa, birinchi
navbatda qorni ko‘zdan kechiriladi va qorin bo‘shlig‘i a`zolari palpasiya qilinadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalari, konyuktivalari ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Oyoqlarining chanoq son bo‘g‘imlarida kerilish darajasini tekshirishning oxirgi
bosqichida aniqlanadi. Nafas olish soni va yurak qisqarishlari tezligini uyquda
o‘tkazgan ma`qul, chunki bu ko‘rsatkichlar yangi tug‘ilgan chaqaloqda beqaror
bo‘ladi.
Boshni ko‘zdan kechirish. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda bosh shakli
homilaning tug‘ruqdagi holatiga va kalla suyaklarining tug‘ruq yo‘llari orqali
o‘tayotganda shakliga bog‘liq. Yangi tug‘ilgan bolaning boshi braxiotsefalik,
dolixotsefalik va aksariyat noto‘g‘ri shaklda bo‘lishi mumkin. Muddatiga yetib
tug‘ilgan chaqaloqning bosh aylanasi odatda 34-37 sm.ni tashkil qiladi, bu ko‘krak
qafas aylanasidan 1-3 sm.ga ko‘p. Bosh aylanasini takroriy o‘lchashni hayotining
3-kuni o‘tkazish zarur, chunki bu vaqtga kelib tug‘ruq shishi qaytadi. Tug‘ruq
o‘smasi tug‘ruq vaqtida homila boshini oldinda kelgan qismida joylashadi,
hamirsimon konsistensiyaga ega, aniq chegarasiz atrofdagi to‘qimalarga o‘tadi.
SHuningdek ko‘zdan kechirayotganda choklar va liqildoqlarning holatiga baho
berish zarur. Oldingi liqildoq chekka va peshona suyaklari o‘rtasidagi tojsimon va
sagittal choklar birikkan joyda joylashgan, orqa liqildoq – chakka va ensa suyaklari
o‘rtasidagi bo‘ylama va lyambdasimon choklar kesishgan joyda joylashgan.
Odatda katta liqildoq 2,5-3,0 sm o‘lchamga ega va 8-12- oyga kelib yopiladi,
kichik liqildoq ko‘pincha bola tug‘ilganda yopiq yoki hayotining 2-3-oyiga kelib
yopiladi. Sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda choklar va liqildoqlar odatda
ularni hosil qilgan suyaklar sathida bo‘ladi. Choklar va liqildoqlarning doimiy
bo‘rtib turishi kalla suyagi ichi bosimining oshishidan dalolat beradi. eksikozda
katta liqildoqning ichiga botishi qayd etiladi.
Bosh aylanasi, uning ko‘krak aylanasiga mos kelishi, choklar va
liqildoqlarning holati, liqildoqlarning yopilish muddatlari, ayniqsa homila
rivojlanishdan orqada qolgan bolalarda va muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalarda
o‘ziga xoslikka ega, shuning uchun bitta ko‘rsatkichning me`yoriy ko‘rsatkichdan
28
chetlanishiga asoslanib bolada gidro- yoki mikrotsefaliya borligi to‘g‘risida xulosa
chiqarishga hojat yo‘q.
Sog‘lom Yangi tug‘ilgan chaqaloqning yuzi simmetrik. Yaqqol asimmetriya
–rivojlanish nuo‘sonlari tug‘ma dakriotsistit va jag‘ osteomieliti, kalla suyagi
nervlarining zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Kefalogematoma – kalla suyagi gumbazi birorta suyagining suyak usti
pardasi ostiga qon quyilishi, aniq chegaralangan va bitta suyak chegarasida
joylashib, ba`zan ikki tomonlama bo‘lishi mumkin, sekin so‘rilib ketadi,
yallig‘lanishi, ohaklanishi mumkin. Kefalogematomaning yuz va gavdaning
(gemisindrom) qarama-qarshi tomonidagi uchoqli nevrologik simptomatika bilan
birga kelishi yarim sharning zararlanishi yoki kefalogematoma tomonida kalla
suyagi ichiga qon quyilishiga olib keladi. Palpasiyada flyuktuatsiyalar aniqlanadi.
Kefalogematomalar quyidagicha bo‘linadi:
1) joylashuvi bo‘yicha;
2) o‘lchamlari bo‘yicha: katta (5smdan ko‘p), o‘rtacha (3-5sm) va kichik (3sm
gacha);
3) kechishi bo‘yicha: asoratlangan (og‘ir, infeksiyalangan, ossifikatsiyalangan)
va asoratlanmagan.
Kefalogematoma, ayniqsa akusherlik qisqichlarini qo‘yish natijasida kelib
chiqqan bo‘lsa, kalla suyaklari sinishlari bilan birga uchrashi mumkin.
Kefalogematoma bo‘lgan barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kalla suyagini
rentgenologik tekshiruvdan o‘tkazish lozim. Kefalogematomalar davolashni talab
etmaydi.
Aponevroz ostiga qon quyilishlar kalla suyagining bittasi bilan chegeralanib
qolmaydi, flyuktuatsiya bilan ifodalanadi. Asoratlari: infeksiyalanish,
giperbilirubinemiya, anemiya kamroq uchraydi.
Kalla suyaklarining sinishlari. Paypaslab aniqlash mumkin: krepitatsiya,
shish. Tug‘ruq jarohati oqibatida sinishlar ko‘pincha chakka suyagi sohasida
joylashadi. Ko‘p sonli sinishlar takomilga etmagan osteogenez uchun xos.
29
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi kunlarida ko‘zlarni
ko‘rikdan o‘tkazish qiyinchilik tug‘diradi. Holati o‘zgarganda, ba`zan tinch
turganida ham qisqa muddatli, ko‘lami tor gorizantal nistagm bo‘lishi mumkin.
Ko‘z soqqalari harakatida vaqti-vaqti bilan yaqinlashadigan g‘ilaylik paydo
bo‘lishi mumkin. Skleralar va konyunktivalar rangining o‘zgarishi ayrim irsiy
kasalliklarda uchraydi. Skleralarning ikterik bo‘lishi giperbilirubinemiyaga xos.
Reaktiv kon’yunktivitlar kamdan-kam uchraydi. Kon’yunktivitni birinchi
navbatda infeksiyali ko‘rinishi (xlamidiyalar, stafilokokk, ichak tayoqchasi) deb
qarash kerak. Yiringli ajralmadan tashqari qizarish xos. Gonoblenoreya ko‘p
miqdorda yiringli ajralma, shish, yuqori qovoqning qizarishi bilan ifodalanadi.
Kon’yuktivitda yiringli ajralmani gonokokk va xlamidiyaga bakteriologik
tekshirish uchun ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i, lablarning shilliq pardalari – so‘lakning kam ajralishi
sababli tiniq pushti rang va quruqroq bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasini
yaxshi parvarish qilmaganda sathidan ko‘tarilib turadigan oq dog‘lar paydo
bo‘ladi, bu og‘iz oqarishi deyiladi. Candida zamburug‘lari tomonidan chaqiriladi.
Eng ko‘p uchraydigan yuz rivojlanish nuqsonlari (1:1000) – yuqori
labning yorilishi (xeylosxizis) va qattiq tanglayning yorilishi (palatosxiz)
hisoblanadi. Aspiratsion sindrom xavfi bo‘lganda zond orqali ovqatlantirish lozim.
Tug‘ruqxonadan chiqarishgacha obturator qo‘llangan ma`qul.
Qator xromosoma kasalliklarida bo‘yinning o‘zgarishi kuzatiladi. Kalta
bo‘yin umurtqalar tanalarining yassilanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qanotsimon bo‘yin (bo‘yinning yon sathlaridagi elkalarga tomon yo‘nalishida
joylashgan terining uzunasiga ketgan burmalari) Shereshevskiy – Terner sindromi
uchun xos. Bo‘yinni palpasiya qilish to‘sh-o‘mrovi so‘rg‘ichsimon mushakning
asimmetrik taranglashishini aniqlash mumkin. Rentgenologik tekshiruv o‘tkazish
tayinlanadi.
Sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloqda ko‘krak qafasining shakli
bochkasimon, pastki apertura yoyilgan bo‘ladi. Ko‘krak qafasi simmetrik, pastki
qismlar nafas harakatidaa faol qatnashadi. Ko‘krak qafasi shaklining quyidagi
30
patologik o‘zgarishlari eng ko‘p uchraydi: to‘shning ichiga botishi va kuraklarning
orqaga siljishi (voronkasimon ko‘krak). Muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalarda
nafas buzilishlari natijasida to‘shning ichiga botishini, voronkasimon ko‘krak
qafasidan farq qilish kerak. Distotsiya yoki travmatik tug‘ruqlarda o‘mrov suyagi
sinishi xavfi kuzatiladi. Ko‘krak qafasi paypaslab ko‘rilganida o‘mrov sinishi
(sinishning qancha vaqtdan buyon mavjudligiga ko‘ra shish, palpasiya qilishda
krepitatsiya yoki qadoq borligi aniqlanadi), qovurg‘alar sinishi (krepitatsiya, teri
osti emfizemasi) aniqlanadi. Ko‘krak qafasi rigidligining oshishi o‘pka
patologiyasi va ba`zi bir rivojlanish nuqsonlariga xos bo‘ladi.
Ko‘krak qafasini ko‘zdan kechirishda shifokor yurak-qon tomirlar va nafas
tizimining funksional holatiga baho bera boshlaydi.
Cho‘qqi turtkisi chapdan to‘rtinchi qovurg‘alar orasida o‘rta-o‘mrov
chizig‘idan 1-2sm tashqarida joylashgan. Nisbiy yurak tumtoqligi chegaralari
pal’pator perkussiya bilan aniqlanadai: yuqori chegarasi – III qovurg‘a chap
chegarasi – chin o‘rta o‘mrov va oldingi aksillar chiziqlar o‘rtasida, o‘rta-o‘mrov
chizig‘iga yaqin, o‘ng chegarasi –to‘shning o‘ng chegarasidan 1 sm tashqarida
yurak to‘mtoqligi chegaralarining kengayishi tug‘ma yurak nuqsonlarida,
gemodinamik
buzilishlardan
bo‘ladigan
yurak
dilatatsiyasida
(asfiksiya,
pnevmoniya, gepervolemiya) aniqlanadi. Yurak to‘mtoqligi chegaralarining siljishi
pnevmotoraks, diafragma churralari, atelektaz uchun xos va rentgenologik
tekshirish uchun ko‘rsatma hisoblanadi.
Sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloqda yurak tonlari – aniq, jarangdor, tiniq
bo‘ladi. Yurak qisqarishlari chastotasi o‘zgarib turadi (variabel) va tinchlikda
minutiga 110-140 marta urishni tashkil qiladi. Bradikardiyada YQS minutiga 100
martadan kam. Tug‘ilgandagi bradikardiya og‘ir gipoksiya yoki tug‘ruq
jarohatlaridan darak beradi. Turg‘un bradikardiya kalla suyagi ichiga qon
quyilishlar, bilirubin ensefalopatiyasi, gipotireoz uchun xos. Bradikardiya,
shuningdek metabolik buzilishlar, ritm buzilishlari ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.
Kamdan-kam hollarda bradikardiya yurakning infeksion zararlanganiga bog‘liq
bo‘lishi mumkin. YQS ning minutiga 160 dan ortiqligi taxikardiya, deb
31
hisoblanadi. Taxikardiya bilan bola gipertermiya, taktil, og‘riq ta`sirotlariga javob
beradi. Turg‘un taxikardiya ayrim yurak nuqsonlari, o‘pka patologiyasi, ritm
buzilishlari uchun xos. Yurak tonlarining bo‘g‘iqligi (to‘mtoqligi) og‘ir va davomli
gipoksiya, yurak nuqsonlari, miokardning infeksion zararlanishi, metabolik
buzilishlar uchun xos. Hayotining birinchi soatlari va kunlarida turg‘un sistolik
shovqin borligi hamma vaqt yurak nuqsonidan darak beravermaydi, balki fetal
kommunikatsiyalar faoliyat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yurak
nuqsonlarida sistolik shovqin, odatda, hayotining 3-5-kuni paydo bo‘ladi, ortib
borishga moyil, aksillar sohasiga, elkaga, ekstrakardial tomirlarga uzatiladi, tana
vaziyatiga aloqador emas.
O‘pka perkussiyasi bolaning chalqancha holatida qilinadi. Bunda jigarning
yuqori chegarasi aniqlanadi. Sog‘lom уangi tug‘ilgan chaqaloqda u V
qovurg‘a sathida bo‘ladi. Orqa o‘pka maydonlarini bolani kaftga qo‘yib o‘tkazish
maqsadga muvofiq. Zararlangan sath ustida perkutor tovushning qisqa tortishi
pnevmopatiyalar, pnevmoniyalar, atelektaz, piogidrotoraks uchun xos. Qiyosiy
perkussiya ma`lumotlari pnevmotoraks, o‘pka atelektazi, diafragma churralari,
o‘pka gipoplaziyasini aniqlashda ayniqsa ko‘p axborot beradi. Perkutor tovushning
har qanday o‘choqli o‘zgarishlari ko‘krak qafasini rentgenologik tekshirish uchun
ko‘rsatmadir. Sog‘lom уangi tug‘ilgan chaqaloqda nafas pueril, nafas olish va
nafas chiqarishning
1
/
3
–
1
/
2
qismi eshitiladi va hamma o‘pka maydonlari bo‘ylab
o‘tkaziladi. Nafas ifodasining o‘zgarishi (susaygan, qattiq) hamda o‘pkaning
o‘zgargan perkutor natijalari ham ko‘pgina kasalliklar va nafas tizimining
rivojlanish nuqsonlari bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloqda o‘rtacha nafas soni 1 minutda 30-60 ni
tashkil qiladi. Nafas sonining 1 minutda 60 dan ko‘p bo‘lishi taxipnoe, 30 dan
kamligi bradipnoe deb baho beriladi. Nafas sonining o‘zgarishi nafas tizimi
kasalliklari, MNS zararlanishlari, ayrim metabolik buzilishlar, yurak-tomirlari
patologiyasi bilan birga o‘tadi.
Tug‘ilishdan keyin birinchi-ikkinchi kundagi o‘pka ustidagi nam xirillashlar
nafas Mexanikasi buzilgan taqdirda, homila ichi o‘pka suyuqligining qoldig‘i
32
so‘rilib ulgurmagan taqdirda patologiya hisoblanmaydi. Keyingi kunlarda esa
patologiyadan darak beradi. Turli kalibrli xirillashlarning ko‘pligi aspiratsion
sindrom alomati bo‘lishi mumkin. Xirillashlarning jarangdorligiga va joylashish
doimiyligiga dinamikada baho berish diagnostik ahamiyatga ega. Nafas
shovqinlari hiqildoqning rivojlanish nuqsonlarida (stridorda inspirator shovqin) va
o‘pka zararlanganda (ekspirator shovqinlar) paydo bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom Yangi tug‘ilgan bolada nafas harakati buzilishlari hayotining
birinchi soatlarida qisqa apnoe (nafasning 10soniyagacha to‘xtab qolishi, undan
oshishi patologik holat, deb hisoblanadi) va gasplar borligi bilan yuzaga chiqishi
mumkin. Muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalarda nafas boshqarilishi
mexanizmlarining
yetilmaganligi,
metabolik
buzilishlar
(gipoglikemiya,
gipokal’tsiemiya va b.), qorincha ichiga qon quyilishlar, infeksiyalar bradikardiya
va tsianoz bilan o‘tadigan davomli apnoe vujudga kelishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Takrorlanadigan davomli apnoe talvasalar ekvivalenti sifatida qaralishi
mumkin. Nafas susayishi ekstrapul’monal sabablardan (tor burun yo‘llari,
shikastlanish natijasida burun shilliq pardasining shishi, O‘RVI, tug‘ruq vaqtida
onaga ayrim dori vositalarining qo‘llanilishi) bo‘lishi mumin. Yangi tug‘ilgan
chaqaloqning og‘zi bilan nafas olishini auskul’tatsiya usuli bilan qiyoslanadi.
Qorin. Sog‘lom yangi tug‘ilgan bolada qorni yumaloq shaklda, nafas olish
jarayonida faol qatnashadi. Qorinning dam bo‘lishi sog‘lom yangi tug‘ilgan
bolalarda keragidan ortiqcha emizilganda, gaz (el) hosil bo‘lishi oshganida (sun`iy
ovqatlantirish) sodir bo‘lishi mumkin. Qorinning dam bo‘lishi shuningdek past
ichak tutilishi, girsheprung kasalligi, nekrozga uchratuvchi enterokolit, mekoniy
ileusi (mukovistsidoz) klinik belgisi bo‘lishi mumkin va aksariyat og‘ir infeksion
kasalliklar: sepsis, pnevmoniya, homila ichi infeksiyalari bilan birga uchraydi.
Qorinning ichiga botishi yuqori ichak tutilishi, diafragma churralari,
postgemorragik anemiya, suvsizlanishga xos. Qorin asimmetriyasi diafragma
churralari, qorin oldingi devorining rivojlanish nuqsonlarida kuzatiladi. Qorin
oldingi devori teri qoplamlari rangining o‘zgarishi qorin bo‘shlig‘i a`zolarining
yallig‘lanish kasalliklari uchun xos bo‘ladi.
33
Kindik yarasini ko‘zdan kechirish: uning o‘lchamlari, yaracha atrofidagi va
kindik halqasi terisining holati, uning bitish holati, kindik venasi (kindik ustidan
o‘rta chiziq bo‘yicha) va ikkita arteriyasini paypaslash (kindikdan pastroqni va
lateral).
Jigar. Sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda jigar qovurg‘a ravog‘idan
o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘yicha ko‘pi bilan 2 sm ga chiqib turadi. Jigar homila ichi
infeksiyalari, asfiksiya, jigar subkapsulyar gematomasi, gemolitik kasallik,
patologik sariqliklar, modda almashinuvi kasalliklarida kattalashishi mumkin.
Taloq. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda qovurg‘a ravog‘ida paypaslanadi.
Splenomegaliyalar ko‘pincha perinatal infeksiyalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqning
gemolitik kasalligi, irsiy sferotsitoz va qator boshqa irsiy kasalliklarda uchraydi.
Buyraklar (ko‘pincha o‘ng) faqat chuqur paypaslashda aniqlanadi,
yuzasining g‘adir-budurligi rivojlanish nuqsonlarining belgisi bo‘lishi mumkin.
Jinsiy a`zolarni ko‘zdan kechirish. Sog‘lom yangi tug‘ilgan o‘g‘il
bolalarda moyaklar yorg‘oqqa tushgan, jinsiy olat boshchasi chekka kertmak ostiga
yashiringan. Muddatiga yetib tug‘ilgan qiz bolalarda katta uyatli lablar kichiklarini
bekitib turadi. Jinsiy lablar shishi, shilliqli yoki qonsimon ajralmalar jinsiy kriz
ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloq qo‘l-oyoqlarining tug‘ma nuqsonlari yoki
tug‘ruq jarohatlarini ko‘zdan kechirish lozim. Sog‘lom yangi tug‘ilgan
chaqaloqlarda chanoq-son bo‘g‘imlarida oyoqlarni deyarli gorizontal sathgacha
kerish mumkin. Chanoq-son bo‘g‘imlarida harakatlanishning cheklanishini MNS
zararlanishlarida, chanoq-son bo‘g‘imlari displaziyasida qayd qilinadi. Chanoq-son
bo‘g‘imidagi tug‘ma chiqishning mavjudligi Ortolani va Barlou testi orqali
tekshiriladi. Ushbu holatlarda shubhaning bo‘lishi ortopedga yuborish uchun
ko‘rsatma hisoblanadi.
Chanoq-son bo‘g‘imlarida patologik harakatchanlik oyoqlarning mushaklari
tonuslari pasayganda; ayrim irsiy kasalliklarda (Daun kasalligi, artrogripoz) qayd
qilinadi.
34
Ko‘zdan kechirishni yakunlayotgan shifokor bolaning muolajalarga javob
natijasini, termoregulyatsiya barqarorligini yana bir marta baholaydi, somatik va
nevrologik xususiyatlari, moslashish jarayonlari dinamikasini qayd etadi va
olingan ma`lumotlarni yangi tug‘ilgan bolaning rivojlanish tarixiga yozib qo‘yadi.
Nevrologik ko‘zdan kechirish. Yangi tug‘ilgan bolada ko‘rik sharoitlarini
moslashdan boshlash kerak, chunki xonaning harorati, yoritilishi etarli bo‘lmasa,
hosil qilinadigan refleks, reaksiyalarga va boshqalarga ta`sir etadi. Ko‘rik vaqtida
xonada havoning optimal harorati bolaning 2-3 daqiqalik ochiq holatdagi
moslashishidan so‘ng, taxminan 24-26
0
S bo‘lishi kerak. Past haroratda mushaklar
tonusining oshishi va tremor paydo bo‘lishi, yuqori haroratda – mushaklar
gipotoniyasi bo‘lishi mumkin. Yoritilish yangi tug‘ilgan bolaga nisbatan simmetrik
bo‘lishi kerak, chunki bir tomondan tushayotgan yorug‘lik qorachiq va ko‘z
yorig‘ini yoritilgan tomonda torayishini chaqiradi. Ko‘zdan kechirishda bolaning
boshi sapital tekislikda bo‘lishi zarur, chunki bosh burilgan tomondagi asimmetrik
bo‘yin-tonik refleks tufayli bosh burilgan tomonda mushak tonusining pasayishi,
qarama-qarshi tomonda esa oshishi qayd qilinadi.
Oxirgi emizishdan keyin o‘tgan vaqtni hisobga olish zarur, chunki bola
to‘yganidan so‘ng bo‘shashgan, unda mushak tonusi va qator reflekslar hamda
reaksiyalar pasaygan bo‘lishi mumkin, emizishdan oldin esa yangi tug‘ilgan bola
bezovtalik, tremor va mushak tonusi oshishiga olib keladigan nisbiy gipoglikemiya
holatida bo‘lishi mumkin.
Keyinroq yangi tug‘ilgan chaqaloqning holatini aniqlash maqsadga muvofiq
bo‘ladi, chunki reflekslar va reaksiyalarning bir xil ko‘rsatkichlari bolaning bir
holati uchun fiziologik va boshqa holati uchun patologik bo‘lishi mumkin.
H.F.R.Prechtl va D.J.Beintema (1964) yangi tug‘ilgan chaqaloqning quyidagi
holatlarini farq qiladilar.
1) ko‘zlar yumilgan, nafas olish bir tekis, harakatlar yo‘q;
2) ko‘zlar yumilgan, nafas olish notekis, sezilarli katta harakatlar yo‘q;
3) ko‘zlar yumilgan, katta harakatlar yo‘q;
4) ko‘zlar ochiq, doimiy sezilarli harakatlar, qichqirish yo‘q;
35
5) ko‘zlar ochiq yoki yumuq qichqirish yoki qo‘zg‘alish holat;
6) har qanday boshqa holat (tasvirlansin), jumladan koma.
Ko‘rik uchun optimal 4 holat hisoblanadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning umumiy faollik ko‘rsatkichi aloqaga
kirishishi, norozilik reaksiyasi (zo‘rlab uyg‘otish, ochlik, xul yo‘rgaklar va b.) va
ta`sirlovchi omillar bartaraf qilinganida tinchlanish tezligi bo‘yicha baholanadi.
CHaqaloqning kommunikabelligi hamda xulq-atvorini aniqlashda bolaning va
tekshiruvchining o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi va shunga ko‘ra
chaqaloqning quyida tasvirlangan reaksiyalarigina emas, balki ularni olishda
tekshiruvchining sabotliligi ham katta ahamiyatga ega. Yorug‘lik ta`sirotiga
javoban bola qovoqlarini yumadi (agar ko‘zlari yumuq bo‘lsa) yoki qisadi (agar
ko‘zlari ochiq bo‘lsa). Qator yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yorqin buyumga
qarash, ba`zan esa hatto kuzatish qayd qilinadi. eshituv ta`sirotida Yangi tug‘ilgan
chaqaloqda ko‘z yumilishi (koxleopal’pebral refleks) yoki qorachiq torayishi
(koxleopupillyar refleks) paydo bo‘lishi mumkin. Qator hollarda tarqalgan startle-
reaksiya (quyiroqqa q.) paydo bo‘lib, Moro refleksi uning elementi bo‘lishi
mumkin. Bolaning aloqa bog‘lashiga baho berishda jonli (tekshiruvchining yuzi va
tovushi) va jonsiz (sun`iy va tabiiy yorug‘lik manbalari, qo‘ng‘iroq, qarsak)
ta`sirlovchilarga eshituv va ko‘ruv reaksiyasining farqi muhim hisoblanadi. Izlash,
kaft-og‘iz, tortib olish reflekslari va Babinskiy refleksi (quyiroqqa q.) taktil
sezuvchanlik borligidan darak beradi.
Bolaga ohista igna sanchishda qoshlarini chimiradi, ko‘zlarini qisadi, burun-
lab egatini bujmaytiradi, og‘zini ochadi, lablarini cho‘chchaytiradi, og‘zi
cho‘ziladi, tili taranglashadi, iyagi titraydi, chinqiradi, shuningdek harakat
reaksiyasini: fleksiya bilan qo‘l-oyoqlar adduktsiyasini chaqiradi. Og‘riq
reaksiyasi
ta`sirotdan
bir
necha
sekund
o‘tgach paydo bo‘ladi, bu
mielinizatsiyaning etarlicha emasligidan, yangi tug‘ilgan chaqaloq nervlari
bo‘yicha o‘tkazuvchanlikning sekinligiga bog‘liq.
Sanab o‘tilgan reaksiyalarning pasayishi qator somatik va nevrologik
kasalliklar natijasida MNSning faolligining pasayish belgisidan yoki tegishli
36
analizatorning zararlanishdan bo‘lishi mumkin. Chunonchi, og‘riqqa reaksiya
yo‘qligi irsiy sensor polinevropatiyaning oqibati bo‘lishi ham mumkin.
Bolaning umumiy faolligining belgilari orasida spontan harakat faolligini
ko‘rsatib o‘tish zarur. Uni baholash etarli darajada sub`ektiv va shifokorning
tajribasiga bog‘liq, ob`ektivlashtirishga esa faollik videoyozuvini tahlil qilinganda
erishish mumkin. Odatda spontan harakatlar oyoqlarni vaqti-vaqtida bukish va
yozish ularning birini ikkinchisi ustiga qo‘yish (chalishtirilish), tayanchdan
tortishdan; qo‘llarni mushtlarni qisib tirsak va bilak-kaft bo‘g‘imlarida ko‘krak
sathida harakatlantirishdan iborat.
Yangi tug‘ilgan bolalar uchun fiziologik hisoblangan harakatlarda
xoreatetoid komponent borligi ekstrapiramid motorika ustunligidan darak beradi va
tilning bezovtaligi, barmoqlarning cho‘zilishi va bir-biriga aloqador bo‘lmagan
harakatlardan iborat bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolaning yuz ifodasi etarlicha boy va odatda, simmetrik; u
ko‘zni
qattiq
qisishdan,
qovoq
solishdan,
burun-lab
burmalarining
chuqurlashuvidan, labni cho‘chchaytirishdan, og‘zini ochishdan iborat.
Yuz asimmetriyasi bola boshining tug‘ruq yo‘llaridan o‘tish xususiyatlari
sababli birinchi kunlarda bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tomondan, yuz asimmetriyasi
kranial innervatsiyasi zararlanganiga bog‘liq bo‘lish mumkin.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ko‘z soqqalarining harakatlari etarlicha
muvofiqlashmagan va turtkisimon, ayrim bolalarda tinchlikda gorizontal nistagm
qayd etilishi mumkin, bolani aylantirganda nistagmning borligi vestibulyar
apparatning bekamu ko‘stlik belgisi hisoblanadi. Doimiy yoki davomli (20 s dan
ko‘p) nistagm (gorizontal, vertikal, rotator) gipoksik-ishemik ensefalopatiya (II
bosqich), kalla suyagi ichiga qon quyilishi, orqa miya beshinchi va (yoki) oltinchi
bo‘yin segmenti sathidagi spinal jarohat sababli vertebral-bazilyar etishmovchilik
natijasida vestibulyar apparatining ta`sirlanishidan dalolat beradi. O‘tib ketadigan
hamkor g‘ilaylik borligi sog‘lom yangi tug‘ilgan bolaning fiziologik xususiyati
bo‘lishi mumkin, biroq keyinchalik dinamik kuzatuvni talab qilmaydi. Bir ko‘z
soqqasining
yaqinlashishi
bilan
o‘tadigan
turg‘un
hamkor
g‘ilaylik
37
uzoqlashtiruvchi nervning zararlanganidan darak beradi; tarqoq g‘ilaylik ko‘zni
harakatlantiruvchi nervning zararlanganidan dalolat beradi va odatda, zararlangan
tomondagi ptoz va qorachiq kengayishi (midriaz) bilan birga keladi.
Me`yorda yangi tug‘ilgan bolada qorachiqlar yumaloq shaklda, simmetrik va
2-3mm diametrga ega. Qorachiqlarning simmetrik torayishi (mioz) gipoksik-
ishemik ensefalopatiyaning II bosqichida qayd qilinadi; ptoz va enoftal’m bilan
birga keladigan bir tomonlama mioz qorachiq toraygan tomonda orqa miyaning
ettinchi bo‘yin segmenti sathida zararlanish belgisi hisoblanadi (Klod Bernar
Gorner sindromi), shuningdek mioz tomonida ataksiya, tremor va mioklonuslar
bo‘lganda miya qopqog‘i zararlanganini taxmin qilish mumkin. Simmetrik midriaz
gipoksik – ishemik ensefalopatiyaning I bosqichida qayd etiladi, bir tomonlama
midriaz yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘zni harakatlantiruvchi nervning zararlanishi
bilan birga o‘rta miya zararlanganidan va midriaz tomonda ptoz bilan va qarama-
qarshi tomonda gemiparez bilan birga namoyon bo‘ladi va Veber sindromini
shakllantiradi.
Ko‘z yorig‘ining torayishiga olib keladigan holatlar yuqorida bayon qilingan
edi. Burun-lab burmasining tekislashuvi va yuzning pastki yarmida yuz ifodasining
susayishi, ko‘z yorig‘i kengaygan tomonda mushak tonusi va periostal
reflekslarning oshishi va tilning qarama-qarshi tomonga deviatsiyasi bilan birga
namoyon bo‘ladigan ko‘z yorig‘ining torayishi ko‘z yorig‘i kengaygan tomonda
piramida yo‘llar zararlanganidan darak beradi. Ko‘z yorig‘i qovoqlarni yumib
bo‘lmaslik (lagoftal’m), ko‘z soqqasining yuqoriga ketishi (Bella fenomeni), ko‘p
yosh oqishi yoki, aksincha, ko‘zning quruqligi yuz nervi yoki yadrosining periferik
zararlanganini ko‘rsatadi. Mushak tonusi, periostal reflekslar va qarama-qarshi
tomonidagi gipokineziya bilan shunday simptomatika borligi o‘rta miya
zararlangandan darak beradi (Miyyar-Gyubler sindromi); yuz nervi periferik parezi
belgilarining so‘rish, yutish, til mushaklari atrofiyasi, shuningdek qator hollarda
quloq tog‘ayining deformatsiyasi va pastki jag‘ning o‘sib yetilmaganligining birga
uchrashi yuz nervlari yadrolarining tug‘ma (odatda autosom-dominant) o‘sib
yetilmaganidan dalolat beradi (Mebius sindromi).
38
Ko‘z soqqalarining pastga harakatlarida (boshini birjoyda spontan yoki tez
harakati) qovoq va rangdor parda o‘rtasida skleraning oq hoshiyasi paydo bo‘ladi.
(Grefe simptomi). Grefe simptomi sog‘lom muddatiga yetmay tug‘ilgan va yetuk
bo‘lmagan bolalarda, shuningdek muddatiga yetib tug‘ilganlar hayotining birinchi
kunlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Bu simptom gidrotsefaliya, kalla suyagidagi
gipertenziya, bilirubin ensefalopatiyasida paydo bo‘lishi mumkin.
Asimmetrik og‘izni ochish. Bu bola esnaganda va qichqirganda yuz berib, uch
shoxli nerv harakat qismining bir tomonlama zararlanish belgisi bo‘lishi mumkin.
YUtish, qichqirish tuzilishi va til mushaklari atrofiyasi kranial nervlarning kaudal
guruhi (til-yutqun, adashgan va til osti nervlari) ning zararlanishi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin, bunda yutish refleksining pasayishi kaudal guruhdagi nervlarning
periferik zararlanishi (bul’bar falajlik), oshishi – yadro usti tuzilmalarining
zararlanishidan bo‘ladi (psevdobul’bar falajlik).
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qichqirishi umumiy faolligining eng muhim
ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi va davomiyligi hamda ifodasi bo‘yicha baholanadi.
Sog‘lom yangi tug‘ilgan bola uchun qattiq, jarangdor, emotsional yig‘lash xos.
Kuchsiz yig‘lash hamma kasalliklarda, MNS faoliyati susaygan sindromi bilan
o‘tadigan ham nevrologik (kalla suyagi ichiga qon quyilishlar, neyroinfeksiyalar,
gipoksik – ishemik ensefalopatiyaning II bosqichi), ham somatik (sepsis,
pnevmoniya va b.) kasalliklarida kuzatiladi. Asabiylashib jahl bilan yig‘lash
hamma holatlar, chunonchi nevrologik (gipoksik-ishemik ensefalopatiyaning I
bosqichi, kalla suyagi ichiga qon quyilishi) hamda metabolik (gipoglikamiya,
gipokal’tsimiya, gipomagniemiya va b.) holatlar uchun xos bo‘lib, ular nerv-
reflektor qo‘zg‘atuvchanlik yoki kalla suyagi ichi gipertenziyasi bilan o‘tadi.
Monoton (bir xil) yig‘i tug‘ma gidrotsefaliya va bilirubin ensefalopatiyasidan
darak berishi mumkin. Qichqirish kranial nervlarning kaudal guruhi yoki shu
yadrolar bilan bog‘liq yadro usti tolalari zararlanganda ovozi bo‘g‘iqlashib qoladi.
Yangi tug‘ilgan bola yig‘isining chastotali ta`rifi 400-650 Gts ga mos keladi ya`ni
birinchi oktavodagi “do”-“sol’” notalari). Chastotasi 800-1200 Gts pasayib
boruvchi ohang bilan yig‘lash paydo bo‘lishi bolada og‘riq borligini bildiradi.
39
Titrash (muayyan amplituda va chastota o‘qi atrofida jamlangan vaqti-vaqtida
tebranishlar sifatidagi) Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning deyarli yarmisida
uchraydi va fleksor mushak gipertoniyasi, chaqaloq bolalarning turg‘un reflekslari
va yuqori periostal reflekslari bilan birga jitteriness belgilaydi, bu sog‘lom
bolalarda gipernoradrenalinemiyaga bog‘liq, biroq shuningdek gipoglikemiya,
gipokal’tsiemiya, gipomagniemiya, narkotik abstinent sindrom, sepsis, gipoksik-
ishemik ensefalopatiyaning I bosqichi, kalla suyagi ichiga qon quyilishi oqibati
bo‘lishi ham mumkin. Past amplitudali yuqori chastotali titrash yangi tug‘ilgan
bola yig‘laganda yoki qo‘zg‘algan holatida, shuningdek uyquning ayrim
bosqichlarida fiziologik hodisa hisoblanadi. Tarqalganligi bo‘yicha titrash iyak, til,
shuningdek oyoq-qo‘llarni qamrab olishi mumkin.
Mushak tonusi Yangi tug‘ilgan chaqaloq harakat faolligining eng muhim
ta`rifi hisoblanadi. Bolaning faol mushak tonusi (pozasi) va passiv tonusi haqida
gapirish mumkin, uning qiymati bo‘g‘imlardagi harakatchanlik tekshirilganda
aniqlanadi. Sog‘lom muddatiga yetib tug‘ilgan bolada tonusning fleksor oshishi
(qo‘llar hamma bo‘g‘imlarda bukilgan, gavdaga yaqinlashtirilgan va ko‘krak
qafasiga yopishgan, panjalar musht qilib qisilgan, qo‘lning bosh barmoqlari qolgan
to‘rtta barmoq ostida; oyoqlar bo‘g‘imlarda bukilgan, oyoq panjalarida orqaga
bukish ustunlik qiladi). Qator hollarda qo‘llarda mushak tonusining oyoqlarga
nisbatan fiziologik oshishining ustunligi va bo‘yin ekstenziyasi qayd qilinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning faol mushak tonusi haqida, shuningdek bolani
havoda yuz tuban ko‘tarib turilganda xulosa chiqarish mumkin, bunda bolaning
boshi gavdasi bilan bitta chiziqda joylashadi, bolaning qo‘llari bir oz bukilgan,
oyoqlari esa uzatilgan bo‘ladi. Bir soatlik video yozuvda sog‘lom yangi tug‘ilgan
bola chalqancha vaziyatda toki stimulyatsiya qilguncha boshini 55 minutgacha
o‘ngga burgancha tutadi, fleksiya pozasi ekstenzor va asimmetrik pozalar kabi
shuncha uchraydi. Fleksor poza, ehtimol, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘rikka
reaksiyasi bo‘lsa kerak.
Me`yoriy passiv mushak tonusining taxminiy ko‘rsatkichlari: bosh
harakatlanganida yon iyak akromial o‘simtaga tegadi; qo‘llarni tirsak
40
bo‘g‘imlarida 108
0
gacha yozish mumkin, bilak-kaft bo‘g‘imlarida 150
0
gacha
bukish mumkin; bukilgan sonlarni har tomonga 75
0
(burish) uzoqlashtirish; 90
0
burchak ostida tizza bo‘g‘imida bukilgan oyoqni yozish; panjalarni dorsal bukish
102
0
ni tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda traktsiya o‘tkazishda (bilagidan
tortilganda) me`yoriy mushak tonusida tirsak bo‘g‘imlarida oz-moz yozilish ro‘y
beradi, shundan keyin fleksor holatda tekshiruvchi bolani qo‘llaridan tortganda
yana tonusning oshishi kuzatiladi:
Mushak tonusi bolaning gavda tuzilishi va fiziologik holatiga ko‘ra o‘zgarishi
mumkin. SHuning uchun mushak tonusidagi beqaror va ozgina o‘zgarishlarni
oldindan patologik, deb hisoblamaslik kerak. Bitta guruh mushaklarida
o‘zgaradigan tonus mushak distoniyasi deyiladi.
Mushak tonusining oshishi fleksor gipertoniyaning kuchayishida yuzaga
chiqadi (osiltirilgan holatda bolada qo‘llar va oyoqlar keskin bukilgan, traktsiyada
bukish fazasi bo‘lmaydi), yuqorida ko‘rsatilgan burchakli ko‘rsatkichlar pasaygan
mushak tonusining bunday oshishi gipoksik-ishemik ensefalopatiyaning
boshlang‘ich bosqichlari, kalla suyagi ichiga qon quyilishlar uchun xos. Qator
hollarda ekstenzor guruh mushaklarining tonusi oshadi, bu fleksor gipertoniya
oshishi, boshi yuz tuban pastga osilgan holatda esa bolaning boshi orqaga
tashlangan, qo‘llari yozilgan. ekstenzor gipertoniya opistotonus ko‘rinishida
maksimal darajada yuzaga chiqadi: boshi orqaga tashlangan, oyoqlari yozilgan va
ko‘pincha chalishtirilgan (ustma-ust qo‘yilgan). Mushak tonusining ekstenzor
oshishi gipoksik-ishemik ensefalopatiyaning III bosqichi, meningitlar, kalla ichiga
qon quyilishlari (ayniqsa, orqa kalla suyagi chuqurchasiga) uchun xosdir.
Billirubin ensefalopatiyasi uchun ham bolaning oyoq-qo‘llari uzatilgan va qo‘l
panjalari musht qilib qisilgan spetsifik holati xosdir.
Mushak tonusining pasayishi lokal va tarqalgan bo‘ladi. Mushak tonusining
tarqalgan pasayishida Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘ziga xos holati qayd qilinadi
– “baqa” holati (oyoq-qo‘llar hamma bo‘g‘imlarda yozilgan, sonlar uzoqlashgan va
tashqi rotatsiyada, qorin keng va yassilashgan). Passiv harakatlar hajmi ko‘paygan,
yuz tuban pastga engashtirilganda bosh va oyoq-qo‘llari osilib turadi, traktsiyada
41
bukish fazasi yo‘q va boshi orqaga tashlanadi. Tarqalgan gipotoniya Yangi
tug‘ilgan chaqaloqlik davrida ko‘pchilik somatik va nevrologik kasalliklarning
belgisi bo‘lishi mumkin (sepsis, pnevmoniya, harakat buzilishlari sindromi, har xil
etiologiyali homila ichi infeksiyalari, metabolik buzilishlar, gipoksik-ishemik
ensefalopatiyaning II-III bosqichlari, kalla suyagi ichiga qon quyilishlar, spinal
tug‘ruq jarohati, nerv-mushak kasalliklari (jumladan Vernig-Goffmann kasalligi).
Mushak gipotaniyasi orqa miya yoki miyacha evolyutsiyasi individual
xususiyatlarining belgisi (Uolton xavfsiz mushak gipotaniyasi) bo‘lishi
mumkinligini ko‘rasatib o‘tish joiz.
Lokal gipotaniya tegishli nevral innervatsiyaga (jarohatli nevropatiya,
pleksopatiya) yoki segmentar buzilishlarga (tug‘ruq spinal jarohati) bog‘liq
bo‘lishi mumkin.
Reflektor faoliyatga ushbu refleksni kam deganda uch marta tekshirish
asosida baho beriladi. Refleks tebranishi uchala sinamalarda saqlanib qolganda
yoki uchinchisida amplituda juda oz pasayganda refleks me`yoriy hisoblanadi:
tebranishning saqlanib qoladigan dastlabki past qiymatida yoki refleksni qayta
chaqirishda keskin pasayadigan uchta sinamada, shuningdek refleks hosil qilish
uchun takror qo‘zg‘atishga zarurat bo‘lganda u pasaygan hisoblanadi. Birinchi
chaqirishda refleksning me`yoriy tebranishi va keyin uning pasayishi yoki refleks
yo‘qolishi uning kamayib ketganini ko‘rsatadi. Refleksning yuqori tebranishi yoki
chaqirgan sayin uning ortishi refleks oshganligidan darak beradi. Refleksning
ekzal’tatsiyasi deganda uning spontan paydo bo‘lishi yoki xos bo‘lmagan
qo‘zg‘atuvchiga nisbatan paydo bo‘lishi, so‘nish yo‘qligi va himoya
mexanizmlarining ishga tushishi tushuniladi. Bir necha reflekslarni (Moro va
yuqorigi tortib olish; tayanch va qadamli) tekshirishni bir usulda jamlash hisobiga,
vaqt bo‘yicha qisartirish mumkin. Yangi tug‘ilgan bolada periostal (pay, chuqur)
reflekslar etarlicha beqaror (labil) va ularni boshqa ko‘rsatkichlardan alohida
baholash kam axborot beradi. Tizza reflekslari eng muntazam chaqiriladi, Yangi
tug‘ilgan bolani tekshirishning eng kam hajmiga axill, bitsipital va karporadial
reflekslarni o‘rganishni kiritish mumkin. Periostal reflekslarning simmetrik
42
pasayishi yoki yo‘qolishini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning somatik va metobolik
kasalliklari natijasida MNS faolligining umumiy pasayishida, shuningdek
gipoksik-ishemik
ensefalopatiyaning
II-III
bosqichlarida,
tug‘ruq
spinal
jarohatlarida, irsiy nerv-mushak kasalliklarida kuzatish mumkin. Reflekslarning
asimmetrik pasayishi yoki yo‘qolishi innervatsiya sohalari bilan muvofiq ravishda
nevral yoki segmentar spinal zararlanish to‘g‘risida ma`lumot berishi mumkin.
Periostal reflekslarning simmetrik oshishi yoki ekzal’tatsiyasi chaqaloqlarning
qator somatik va metabolik kasalliklari va holatlari (masalan, gipoglikemiya,
gipokal’tsiemiya va b.), shuninglek yuqorida tasvirlangan jitteriness hodisasida,
gipoksik-ishemik ensefalopatiyaning I bosqichida, kalla suyagi ichiga qon
quyilishlar va kalla suyagi ichi gipertenziyasi bilan o‘tadigan boshqa holatlarda
bo‘ladi. Periostal reflekslarning asimmetrik oshishi gipokineziya, mushak
tonusining oshishi va kranial innervatsiya bilan birga bosh miya qarama-qarshi
yarim shari markaz oldi pushtasining yoki pastga tushuvchi piramid yo‘llarning
zararlanganidan dalolat beradi.
Qorin va kremaster reflekslarni chaqirish va ifodalanganligining doimiy
emasligi sababli neonatologiyada chegaralangan ahamiyatga ega.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning reflekslarini (“birlamchi”, “shartsiz
reflekslar”) tekshirish alohida ahamiyatga ega. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning
ko‘pgina reflekslari bolaning evolyusion yetilganligini, uni funksional holatini aks
ettiradi va ulardan faqat ayrimlari muayyan topik ahamiyatga ega. Ularning ko‘p
sonli ekanligini nazarda tutib, eng ko‘p axborot beradiganlari xususida to‘xtalib
o‘tish zarur. Bola og‘iz burchagi sohasidagi terisini silashda bosh ta`sirlovchi
tomonga buriladi (izlash refleksi), barmoqni yangi tug‘ilgan chaqaloqning lablariga
ohista tekkizilganda lablarini cho‘zadi (tumshuq refleksi), og‘ziga so‘rg‘ich
solinganda so‘rish harakatlari paydo bo‘ladi (so‘rish refleksi). Kaft sohasini
bosilganda bola og‘zini ochadi, boshini egadi, elka va bilaklarini bukadi
(Babkinning kaft-og‘iz refleksi), barmoqlarni yangi tug‘ilgan bola qo‘liga
kiritilganda tekshiruvchining barmoqlarini tortadi (yuqori changallash refleksi), bu
qator holatlarda bolani o‘rnidan ko‘tarish imkoniyatini beradi (Robinson refleksi).
43
Moro refleksini chaqirish usuli bo‘yicha ko‘p ko‘rinishli hisoblanadi, bu uning
startle-reaksiyasi (cho‘chish reaksiyasi) yoki arousal-reaksiyasi (uyg‘onish,
jonlanish reaksiyasi) deb ataladigan, ya`ni yangi tug‘ilgan chaqaloqning birmuncha
murakkab fe`l-atvoriga bog‘liq. Moro refleksi eshituv ta`sirotlariga (qarsak), taktil
va vestibulyar ta`sirotlarga (yo‘rgaklash stolchasi bo‘ylab urish, bola gavdasi
holatini o‘zgartirish va h.k.) paydo bo‘ladi. Ta`sirotga javoban yangi tug‘ilgan bola
qo‘llarining har tomonga uzoqlashishi va qo‘l panjalarining yozilishi (I faza) paydo
bo‘ladi, shundan so‘ng qo‘llar dastlabki holatiga qaytadi (II faza). Umurtqa
pog‘onasi bo‘ylab elka terisi ta`sirlantirilganda yangi tug‘ilgan bola gavdasini
ta`sirlanish tomoniga yoysimon bukadi (Galant refleksi). Qo‘ltig‘idan ko‘tarilgan
bola oyoqlarini hamma bo‘g‘imlarida bukadi, tayanchga qo‘yilgadi esa yarim
bukilgan oyoqlarda turadi (muddatiga yetmay tug‘ilganlarda kuzatiladi), bola
oldinga engashtirilganda u qadam tashlash harakatlarini qiladi (yurish refleksi),
bunda u oyoqlarini boldirining uchdan bir pastki qismida chalishtirishi mumkin.
Bola qorni bilan yotganda tekshiruvchi o‘z kaftlarini uning oyoq panjalariga
qo‘yganida reflektor itarib yuborish va emaklash paydo bo‘ladi (Bauer refleksi).
Oyoq panjasi yostiqchasi II-III barmoqlar sohasida bosilganda tovonning bukilishi
paydo bo‘ladi (Verkomning pastki changallash refleksi), tovonni shtrixli
ta`sirlantirishda uning yozilishi va barmoqlarning elpig‘ichsimon ochilishi paydo
bo‘ladi (Babinskiy refleksi).
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reflekslarining faolligi o‘zgarishi periostal
reflekslar o‘zgarishlaridagi holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kaft-og‘iz va
yuqori changallash refleksi, shuningdek Robinson refleksi orqa miyaning tegishli
bo‘yin segmentlari zararlangani to‘g‘risida ma`lumot berishi mumkin. Bu Moro
refleksiga ham taalluqli, biroq uning pasayishi miya o‘zagi zararlanishlariga
bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Moro refleksi holati yangi tug‘ilgan bola umumiy
funksional holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Yangi tug‘ilgan
bola umumiy funksional holatining boshqa muhim ko‘rsatkichlari bo‘lib, pastki
tovon refleksi va Babinskiy refleksi hisoblanadi, ularning yo‘qolishi nerv
tizimining faoliyati juda pasayib ketganda paydo bo‘ladi. Qadam (yurish) refleksi
44
va tayanch refleksi ko‘pincha yirik bolalarda bo‘lmaydi. Galant refleksi ba`zan
bola hayotining 5 – kunidan keyin paydo bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bola reflektor faoliyatining o‘ziga xosligi vestibulyar
reflekslar borligi hisoblanadi. Chalqancha yotgan yangi tug‘ilgan bolaning boshi
egilganda qo‘llardagi fleksor tonus oshadi, ekstenzor tonus esa-oyoqlarda oshadi,
bosh yozilganda (ko‘tarilganda) qarama-qarshi reaksiya (simmetrik bo‘yin-tonik
refleks). Bolaning boshi yon tomonga burilganda burilgan tomondagi qo‘l va
oyoqda yozilish hamda qarama-qarshi tomonda bukilish ro‘y beradi.
Gestatsiyaning 36-37-haftasidagi bolalarda bo‘yin-tonik reflekslari yaxshi
ifodalangan, uning ortiqcha ifodalanganligi muddatiga yetib tug‘ilgan bolada
gipoksik-ishemik ensefalopatiyaning II bosqichida, bilirubin ensefalopatiyasida,
kalla suyagi ichiga qon quyilishlarida uchraydi. Spontan harakatlar va reflektor
faolligi ba`zi bir turlarining paydo bo‘lish va so‘nish dinamikasi 2 – jadvalda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |