186
MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal-interfaol rejimda
ishlaydi. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib,
hisoblash jarayonlarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi
tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish,
loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, MATLAB dasturiy
tizimi bilan Microsoft Office, Maple sistemasi va boshqa bir qancha dasturlarga
bevosita bog’lash orqali shu dasturlarda ishchi varag’ida MATLABda mavjud
buyruqlardan “jonli” ravishda foydalanish mimkin. Masalan Microsoft Office
Excelda MATLAB buyruqlaridan foydalanish orqali undagi ishlarni osonlashtirish
mumkin. Microsoft Office Wordda(Word+Notebook) esa MATLAB tizimi
buyruqlaridan foydalanib, “jonli” elektron darsliklar, darsliklar, prezentatsiyalar va
turli ko’rinishdagi “jonli” elektron hujjatlar yaratish imkoniyatlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: