242
IX - BOB. TAFAKKUR. INTELLEKT. NUTQ
9.1. Tafakkur, uning xususiyatlari, shakllari va turlari.
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‗zini turli xil faoliyatlarni
bajarish va bu ob‘ektlarga ta‘sir ko‗rsatgan holda ma‘lum bir ijtimoiy va shaxsiy
ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‗rganadi. Sezgi,
idrok va
tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‗rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda
insonga aniq bir ob‘ektlar va ularning bevosita o‗rganiladigan xossalari haqida
ma‘lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob‘ektiv
reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida
jismlar va real olam
hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch
ahamiyatga ega bo‗lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar:
«yuaga kelgan vaziyatda nimani,
qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat
natijasida nima hosil bo‗ladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor,
tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi.
Ushbu jarayonning
mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‗zgartirishdan
iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni
ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi.
Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‗liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt
va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur
jarayonida
tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‗tish sodir bo‗ladi.
Shunday qilib,
tafakkur
ni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks
ettirish sifatida ta‘riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri
umumlashtirish
dan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni
umumlashtirgan holda aks
ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‗tmish avlodlarining ham
tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‗zaki va
yozma nutqda (o‗qituvchilar ma‘ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.)
Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‗plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar,
chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va
243
munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli
xildagi vositalardan foydalanadi.
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta‘sir
ko‗rsatmay, ko‗pchilik hollarda asboblar ko‗magida olingan qo‗shimcha
belgilar
yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi
Dostları ilə paylaş: