Лук А. Н
. Память и кибернетика. – М., 1999. – С. 80.
88
–
ma‘lumot idrok qilinganidan so‘ng 20 soniya ichida takror- lash;
–
ma‘lumotni takrorlash, takrorlashni har ikki soatda amalga oshirish;
–
mavjud imkoniyat chegarasidan ortiqcha ishlashga harakat qilish;
–
ma‘lumotni mantiqiy butunlikda takrorlash.
Kasbga oid muhim ma‘lumotni eslab qolish samaradorligini oshirish usullari:
Eslab qolish haqida o‟ziga buyruq (ustanovka) berish
. Xodim har safar
kasbga oid muhim axborotga duch kelganida o‘ziga:
«Buni eslab qolish kerak!»,
deb aytishi zarur.
Yodlash.
Katta hajmdagi, eslab qolish qiyin bo‘lgan ma‘lumotni odam
«ichida» yoki fikran takrorlashi, uning xotirada aniq saqlanib qolishiga erishishi
lozim.
Anglash.
Har qanday ma‘lumot, agar u anglangan bo‘lsa, esda yaxshi saqlanib
qoladi. Eslab qolinadigan ma‘lumotdagi ma‘noli aloqalarni aniqlashga «Nima
uchun?» degan savolini qo‘yish yordam beradi;
Qonuniyatlarni izlash.
Bu raqamli ma‘lumotlarni, masalan, avtomashina va
telefon raqamlarini eslab qolishni osonlash- tiradi. Ushbu usul eslab qolinadigan
ma‘lumotda muayyan qonuniyatni – ma‘noli, raqamli va boshqa qonuniyatlarni
topishga asoslanadi.
Analogiya, o‟xshashliklardan foydalanish.
Yangi ma‘lumotni ma‘lum
ma‘lumot bilan qiyoslash doimo uni eslab qolishni osonlashtiradi. Ob‘ekt nimaga
o‘xshashini aniqlash kerak.
Obrazli tasavvur.
So‘zda ifodalangan ma‘lumotni tasavvur qilish orqali eslab
qolish ancha oson.
Xayolan gapirish
. Qidirilayotgan shaxsning surati, agar xodim uni eslab
qolayotganda fikran, ichki nutqida «gapirsa», yuzidagi ayrim jihatlarni ta‘kidlasa,
xotirada mustahkamroq va aniqroq saqlanib qoladi.
Modellashtirish.
Mantiqiy aloqalar yordamida betartib faktlar yagona tizimga
birlashtiriladi. Ana shu tizim eslab qolish uchun model bo‘lib xizmat qiladi.
Taxminni ilgari surish yordamida bo‘lgan voqea qayta gavdalantirilsa,
modellashtirilsa, kerakli ma‘lumotni yaxshi eslab qolishga yordam beradi.
89
Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish
. Kerakli ma‘lumot
xotirada saqlanib qolinmasa (yoki, aksincha, saqlab qolinsa) nima bo‘lishini
tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi.
Tartibga keltirish
. Ilgari esda olib qolingan ma‘lumotni endi esda olib qolish
kerak bo‘lgan ma‘lumot bilan bog‘lash ularning xotirada ishonchliroq saqlanib
qolishiga imkon beradi.
Unutish orqali eslab qolish.
Nimanidir unutishni istasak, biz ana shu narsaga
diqqatimizni jamlaymiz va natijada uni esda olib qolamiz. Xayolan yoqtirgan
odamingizni dushmaningiz deb tasavvur qilishga harakat qilib ko‘ring... Tasavvur
qildingizmi? Endi esa uni kallangizdan chiqarib tashlashga harakat qiling. Siz bu
to‘g‘rida o‘ylamaslikka qanchalik ko‘p harakat qilsangiz, u sizni shunchalik
kuchliroq ta‘qib etadi.
Vaziyatni jismonan tiklash.
Go‘yoki «o‘sha joyning o‘zida bo‘lib qolish» va u
erdagi narsalarni, masalan, kerakli tartibda joylashtirish lozim. Ko‘rish
tasavvurlariga tayanish zarur narsalarni eslashni osonlashtiradi.
Vaziyatni xayolan esga tushirish
. Har doim ham o‘sha sharoitda jismonan
bo‘lish, ahvolni jismonan esga tushirishning imkoni bo‘lmaydi, ammo butun
vaziyatni uning qismlari bo‘yicha xayolan tasavvur qilish, esga tushirish orqali
ma‘lumotni ham eslash mumkin.
Vaziyatlarni saralab tanlash
. U kim? Eslay olmaysiz... Shunda u kishini
qaerda ko‘rgan bo‘lishingiz mumkinligini tasavvur qiling: bo‘limda, uyingiz
hovlisida, transportda va hokazo. Vaziyatlarni saralash chog‘ida sizni
qiziqtirayotgan shaxs haqidagi ma‘lumotlar ham chiqib keladi.
Voqealar ketma-ketligini xayolan esga tushirish (uzilgan zanjirni tiklash).
Xotirada voqealarning butun ketma-ketligini tiklash zanjirdagi yo‘qolgan halqani
topishga yordam beradi. Qidirilayotgan ma‘lumot saqlanishi kerak bo‘lgan
ma‘lumotlarning xayoliy zanjiridagi barcha halqalarni ketma-ket tekshirib chiqing.
Zanjirda kemtik topganingizda undan sakrab o‘ting, oldinroqqa o‘ting, so‘ngra orqaga
qayting. Agar halqa tiklanmasa, xotirangizni uzoq vaqt zo‘riqtirmang – buning yordam
berishi gumon.
Tanani bo‟sh qo‟yish
. Relaksatsiya – tanani bo‘shashtirish amalda hammaga
90
yordam beradi. Masalan, uch daqiqaga tanangizni bo‘sh qo‘ying va hech narsani
o‘ylamaslikka harakat qiling, kerakli fikr miyaga tez va oson keladi.
Xotira turlari ichida kasbiy xotira eng samarali hisoblanadi, chunki u
insonning qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lib, muddatli mashq va iste‘dod (musiqachi,
matematik), diqqat xususiyatlariga bevosita aloqador. Ayrim shaxslarda obrazli
xotira rivojlangan bo‘ladi (insonning tuzilishi, predmetlar, ovoz, rang),
boshqalarda so‘z, raqamlar bilan bog‘liq (so‘z, fikr, sonlar) xotira ustuvor
hisoblanadi. Inson hamma taassurotlarni eslab qola olmaydi. Axborotni ham turli
ma‘no, shaklda saqlash mumkin.
Yana alohida
obrazli ko‟rish xotirasi ham mavjud bo‟lib (eydetizm),
inson
ko‘rgan narsalarini
(tezkor xotirada)
ko‘rish maydonidan chetda, hatto mayda
tafsilotlari bilan uzoq saqlay oladi. Xotiraning ma‘lum turi rivojlanishida shaxs
xususiyat- larining bevosita ahamiyati katta.
Faylasuf, yurist, advokatlarda
mantiqiy xotira kuchli
bo‘ladi. San‘atkor,
sportchilarda
harakat xotirasi,
musiqachilarda
eshitish xotirasi,
degustatorlarda
ta‘m bilish, mazani sezish xotirasi, kimyogarlarda
hid xotirasi,
ko‘rlarda
sezish
xotirasi
rivojlangan bo‘ladi.
Masalan,
hisobchilarda son, sanalarni, kadrlar bilan
ishlovchilarda ismlarni, rassomlarda ranglarni ajratib farqlash, ilg‘ash xotirasi
yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Xotira qonuniyatidan samarali foydalanish uchun eslab qolish va esga
tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanishni, shuningdek,
xotiraning ishini engillashtiruvchi sun‘iy assotsiativ aloqalar o‘rnatishni o‘rganish
zarur.
Dostları ilə paylaş: |