81
–
ta‘m bilish.
Sezgilar ma‘lum bir qo‘zg‘atuvchining muayyan retseptorga ta‘- siri
natijasida hosil bo‘lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil qiladigan
qo‘zg‘atuvchilarning va ana shu qo‘zg‘atuv- chilar ta‘sir qiladigan retseptorlarning
xususiyatlariga asosla- nadi.
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o‘rniga
qarab sezgilar,
odatda, uch guruhga ajratiladi:
1.
Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan
hamda tananing yuzasida retseptorlari bo‘lgan ekstrotseptiv sezgilar.
2.
Tananing ichki a‘zolarida va to‘qimalarida joylashgan hamda ichki
a‘zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo‘lgan interotseptiv
sezgilar.
3.
Retseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan proprio- tseptiv
sezgilar, ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi.
Ekstrotseptivlarni
ikki guruhga, ya‘ni aloqa bog‘laydigan kontakt va
distant
retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog‘laydigan retseptorlar ularga ta‘sir qiladigan
ob‘ektlar bilan bevosita aloqa bog‘lagan paytda qo‘zg‘aydi;
badanning tegishli
a‘zolari orqali sezish, ta‘m bilish retseptorlari shular jumlasidandir. Distant
retseptorlar uzoqdagi ob‘ektdan keladigan qo‘zg‘atishdan ta‘sirlanadi; distant
retseptorlarga ko‘rish, eshitish, hid bilish retseptorlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: