O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Jismoniy nuqtai nazar
ga ko‗ra, «Men-konsepsiyasi» odam tanasi va 
organizmining psixofiziologik va anatomik xususiyatlarida: ko‗rish, eshitish, 
og‗irlik, jins, bo‗y o‗lchami va boshqalarda namoyon bo‗ladi. Bularga yana 
kiyinish rusumi, yoqtirgan avtomobil rusumi, uy-joy turi, yashash hududini kiritish 
zarur. 
Akademik nuqtai nazar
ga ko‗ra, «Men-konsepsiyasi» maktabda olingan 
baholar va erishilgan yutuqlar, o‗qishga bo‗lgan istak va malakalar, va shu 
kabilarda ifodalanadi. Odatda, ular ikki darajaga bo‗linadi: a) matematika
adabiyot, chet tillar va boshqa fanlar bo‗yicha erishilgan yutuqlarning qay darajada 
yaxshi va yuqoriligida namoyon bo‗ladigan akademik yutuqlarning umumiy 
jihatdan baholanishi; b) shaxsiy yutuqlarning bir xil ijtimoiy guruh yoki bir 
avlodga mansub bo‗lgan boshqa odamlarning yutuqlari bilan qiyoslashtirish 
asosida shakllanadigan akademik yutuqlarning ijtimoiy jihatdan baholanishi. 
Ijtimoiy nuqtai nazar
ga ko‗ra, «Men-konsepsiyasi» atrofdagi odamlar bilan – 
oila doirasida, qo‗shnilar orasida, ishxonada o‗zaro munosabatlarning 
o‗rnatilishiga bog‗liq bo‗ladi.[2] 
Ijtimoiy «Men» bizning boshqa odamlar, jamiyat hayotiga kirgan holda bu 
jamiyatga nisbatan ba‘zi bir majburiyatlarni bajarishimiz, boshqacha aytganda, 
ijtimoiy rollar: o‗quvchi, o‗g‗il-qiz, do‗st, sportchi, a‘lochi, yigit, qiz bolaning 
rolini o‗ynaganimiz yuzasidan paydo bo‗ladi. Biz boshqa odamlar bilan rollar 
darajasidagi muloqotda juda ko‗p vaqtimizni o‗tkazamiz. 
Transshaxsiy nuqtai nazarga
ko‗ra, «Men-konsepsiyasi» hayot mazmuni 
muammosini hal etishga mas‘ul bo‗lganligi, inson diniy qarashlari yoki ularning 
mavjud emasligi bilan bevosita bog‗liqligi sababidan muhimdir. 
Har bir «Men» tamoyillar, mulohazalar, ahloqiy qoidalar, maqsadlar
motivatsiyalarning yaxlit tizimidir. Balki, har bir «Men» o‗z tiliga egadir. Bunday 
tillar qatoriga harakatlar, ishoralar, mazmunlar, ichki nutq tillari kiradi (2 rasm).


63 
Umuman olganda, odamning nechtagacha «Men»i bo‗lishi mumkin? Keling, 
yuqorida keltirilgan ba‘zi «Men»larni sanab o‗tamiz. 
1. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin