O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/86
tarix11.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153678
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

reproduktiv usul
shaxsiy xavfsizlik madaniyatini o‗zlashtirish jarayonida 
tarbiyalanuvchilarning faoliyatini qayta tiklanishini taqdim etishiga asoslangan. 
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning faoliyatini xavfsiz axloq haqida olgan 
bilimlarini tiklash va tanish xolatlarda xavfsizlik haqidagi bilim va 
ko‗nikmalarini shakllantirish orqali amalga oshiradi. Bu usulni tatbiq etish 
shakli bo‗lib, reproduktiv suxbat, mashqlar, bilim olish orqali tanish xolatlarda 
xavfsiz hayot faoliyatini ma‘lum bilim va ko‗nikmalari shakllanishi 
hisoblanadi;

qisman izlash usuli
insonni xavfsizlik darajasiga ta‘sir etuvchi, amaliy, 
kommunikativ, badiiy va boshqa bilishga xizmat qiladigan muammolarni 
birgalikda yechishni ko‗zda tutadi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan 
birga muxokamada shaxslararo munosabatlarning inson xavfsizligi darajasiga 
ta‘siriing muammosini tashxiz qiladi. Tarbiyalanuvchilar nafaqat tarbiyachi
tomonidan taklif etilgan xavfsiz va samarali munosabat namunalarini 
takrorlaydilar, balki ularning ko‗rinishini o‗zgartirib, bir necha yo‗llardan 
murakkabini tanlaydilar.

tarbiyaning ijodiy usuli
inson xavfsizligini ta‘minlashning turli
muammolarini tarbiyalanuvchilarning o‗zi mustaqil hal qilishini tashkil qilishiga 
asoslangan. 
Muzokaralar, 
aqliy 
hujumlar, 
kasbiy 
o‗yinlar 
chog‗ida 
tarbiyalanuvchilar ijodiy harakat qilib, mustaqil ravishda odatiy bo‗lmagan 
xavfli vaziyatlardan chiqish yo‗llarini topadilar. Insonning tashqi jilosi va savlati 


80 
orqasidan ular muttahamning asl basharasini, ko‗rkam ko‗rinish bahonasida 
honaga kirmoqchi bo‗lgan o‗g‗rining makkorona urinishlarini payqashini ko‗ra 
olishi, chet elda ishlab chiqilgan xavfsizlik vositalaridan respublikamizda 
foydalanish mumkinligini muxokama qilishlari kerak. Ijodiy usuldan 
foydalanilganda tarbiyachi tomonida tashkiliy funksiya turadi, ya‘ni shaxsan u 
maqsadlarni qo‗yadi, tarbiyalanuvchilarning ishlarini to‗g‗rilaydi, xulosalarni 
chiqaradi;

evristik usul
shaxsiy xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va 
o‗zlashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarning maksimal yuqori darajadagi 
mustaqilligini va ijodini ta‘minlaydi. Tarbiya asta-sekin o‗zini tarbiyalash 
jarayoniga o‗tadi, bunda faoliyatning asosiy bosqichlarini tarbiyalanuvchi 
mustaqil amalga oshiradi: maqsadni qo‗yadi, vositani tanlaydi, o‗z faoliyatini 
tashkil etadi, o‗zini nazorat qiladi. Inson xavfsizligining boshlang‗ich yoki 
so‗nggi bosqichlarida amaliy yoki nazariy muammolarni ijodiy hal qilishda 
tarbiyachiga tarbiyalanuvchi ko‗pincha maslahatchi sifatida murojaat qiladi. 
Masalan, ma‘lum shahar sharoitida insonning ekologik xavfsizligi haqida ilmiy 
maqolaga tayyorlanish chog‗ida yuqori sinf o‗quvchisi shaharning turli 
qismlarida, haftaning turli kunlarida, turli ob-havo sharoitlarida, yilning turli 
fasllarida ovqatlanishni ratsionalizatsiyalash, dam olishni tashkil etish 
shakllari, sport bilan shug‗ullanish, dam olishni tashkillashtirish va b. haqida 
xulosalarni o‗z chiqaradi.
O‗quvchining xulosa va takliflari nafaqat o‗zi uchun, balki boshqalar 
uchun ham obektiv yangi, original bo‗lib, shahar aholisida, o‗zida atrof-muhit 
ifloslanishi, shovqin, ichimlik suvining ifloslanishi, sifatsiz oziq-ovqat 
mahsulotlaridan xavfsizlantirishga qiziqish uyg‗otishi kerak. Xavfsiz turdagi 
shaxs sifatlarini shakllantirishni o‗quv-tarbiyaviy jarayonida ―Hayot faoliyati 
xavfsizligi asoslari‖ umumta‘lim kursi alohida ahamiyat kasb etadi.
HFX asoslarining bilim berish ko‗lami bo‗yicha bosh maqsadi o‗ziga, 
jamiyatga, tabiatga zarar keltirmaydigan xavfsiz turdagi ruhan va jismonan 
rivojlangan, hususan o‗zini rivojlanishiga, saqlashiga, kamolotga yetishiga


81 
insonni undovchi jamoa-kollektiv sabablari bo‗lgan o‗zaro yordam an‘analarida 
faoliyatini olib borishi va o‗rab turgan odamlarning kuchsizligi va 
qiyinchiliklaridan g‗arazgo‗ylik bilan foydalanishi, o‗zini va o‗zgalarni 
muxofazalashda bilim va
ko‗nikmalarga ega ma‘lumotlari bo‗lishi, havfli vaziyatlarni avvaldan ko‗ra 
olishi va ulardan juda kam yo‗qotishlar bilan chiquvchi shaxsni shakllantirish 
hisoblanadi.
9
HFX asoslarini bilim berish ko‗lamining tarbiyaviy yo‗naltirilganligi o‗ziga 
yarasha fanni zaruriy ma‘lumotlar bilan to‗ldirish bilan birga, boshqa fanlarni 
maqsadga yo‗naltirgan, ularning xavfsizlik muammolari va hal qilish usullari 
bilan meyoriy to‗liq va so‗zsiz ijro etishni talab qiladi. Bu quyidagi yo‗nalishlar 
bo‗yicha amalga oshishi mumkin (32-rasm).

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin