Aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash



Yüklə 35,14 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü35,14 Kb.
#175609
AHOLINI SIFATLI QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI BILAN TA\'MINLASH


AHOLINI SIFATLI QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI BILAN TA'MINLASH
Mamlakatimizda so’ngi yillarda olib borayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlash orqali aholining oziq-ovqatga bo’lgan talabini qondirishi, oziq-ovqat havfsizligini rivojlantirish darajasini oshirish, unda aholining farovon hayot kechirishda oziq-ovqat mahsulotlarining tutgan o’rnini yuksaltirish muhim masalalardan biridir.
Ma’lumki, bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi butun jahonni tashvishga solib kelayotgan global muammolardan biri bo’lib qolmoqda. BMT Oziqovqat va qishloq xo’jaligi tashkilotining (FAO) ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda dunyodagi jami aholining qariyb 30 foizi to’yib ovqat yemaslikdan qiynalmoqda. Bunday sharotda respublikamizda aholini sifatli va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash borasida respublikamizda so’ngi yillarda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2017 yin 7 fevralda tasdiqlangan PF 4947 sonli “O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ichki bozorda ularga bo’lgan narxlar keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, agar 1990 yilda barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha aholi jon boshiga hisoblaganda me’yorga nisbatan oz iste’mol qilingan bo’lsa, 2018 yilga kelib me’yorga nisbatan iste’mol hajmi go’shtda 105,40, sut mahsulotlarida 194,90, kartoshkada 104,4 foizni, sabzavotda va polizda 221,3 foizni tashkil etdi. 2021 yilda esa xo‘jalik toifalari orasida meva va rezavorlar yetishtirishning eng katta hajmi 1 567,4 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 54,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi. Bu ko’rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 5,5 % o‘sish kuzatildi.
Respublikamizda qishloq xo’jaligining barcha sohalarini, shu jumladan meva, uzum va rezavor mahsulotlarini jadal rivojlantirish, tuproq unumdorligini ko’tarish, ularning hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda mavsumdan tashqari davrda saqlash xalqimizni meva va uzum mahsulotlariga bo’lgan talabini to’la qondirishga qaratilishi zarur. 2021 yilda hududlar bo’yicha meva va rezavorlar yetishtirish ko’rsatkichlari.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ichki bozorda aholi talabini ta’minlash va narxlar barqarorligini saqlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:


1. Respublikada 2023-yil hosili uchun asosiy maydonlarning 3,2 mln gektar, takroriy maydonlarning 783 ming gektar, bog‘-tok qator oralarining 140 ming gektar, dala chetlarining 34,6 ming gektar, lalmi yerlarning 373 ming gektar maydoniga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish rejalashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar va tumanlar hokimlarining 2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz hajmlari to‘g‘risidagi taklifi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
2. 2023-yil 15-apreldan boshlab eksperiment tariqasida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlar loyihalarini moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etilsin, unga ko‘ra:
a) tashabbuskorlar tomonidan ishlab chiqilgan meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish hamda maxsus texnikalarni, jumladan oziq-ovqat sanoatidagi texnologiyalarni xarid qilish yo‘nalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” DUKka yetkaziladi. Bunda: Agentlik “Agroservis operator” DUK bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni shakllantiradi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga taqdim etadi; Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi belgilangan tartibda loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etadi;
b) “Agroservis operator” DUK mazkur mablag‘lar hisobidan intensiv bog‘ va tokzorlar, agrologistika obyektlarini hamda texnologik liniyalarni (zamonaviy issiqxonalar, laboratoriyalar, kichik agrologistika markazlari, qayta ishlash quvvatlari), oziq-ovqat sanoatidagi liniyalarni qurib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiradi. Bunda lizing to‘lovi 10 foizi oldindan to‘lash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi. Belgilansinki, mazkur tartib doirasida ajratiladigan mablag‘lar: milliy valyutada 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunda AQSh dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
xorijiy valyutada jalb qilingan foiz stavkasiga bir foizlik punkt qo‘shilgan holda taqdim etiladi.
Vazirlik mazkur bandda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 130 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi (paxta, g‘alla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli ekinlar) mahsulotlarining ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda, “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan “Elektron hukumat” tizimining tegishli platformalari orqali o‘zaro integratsiya qilinadi.
Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda o‘zining tegishli platformalari Vazirlikning yagona integratsion platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
b) 2023-yil 1-iyunga qadar paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat ko‘rsatish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
Bunda, tijorat banklari imtiyozli kredit ajratishi uchun ularga “Agroplatforma” axborot tizimi orqali idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi yordamida taqdim etilgan yer ijara shartnomalari yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reyestri ko‘chirmalaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
2023-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar 2-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi respublika budjetidan qaytariladi;
mazkur bandning  ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan to‘lovlar respublika budjetining daromadlar qismida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishga rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
2023-yil 1-iyundan boshlab qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha subsidiyalar Vazirlikning “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-225-son qarori doirasida Agentlikning Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan, 2023-yilda 400 milliard so‘m (birinchi yarim yillikda 200 mlrd so‘m) budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratsin.
6. Vazirlik:
a) 2023-yil 1-noyabrga qadar xalqaro moliya institutlarining 2 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, Marhamat, Toshloq, Mingbuloq, Nukus, Ellikqal’a, Urganch, Buxoro, Xatirchi, Bulung‘ur, Jomboy, Qamashi, Yakkabog‘, Sherobod, Denov, Sharof Rashidov, Boyovut, Ohangaron va Chinoz tumanlarida xususiy sektorni jalb qilgan holda meva-sabzavot, kartoshka, poliz ekinlarini intensiv usulda yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilish choralarini ko‘rsin;
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar xalqaro moliya institutlarining 3 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali huzurida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan oziq-ovqat va meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi laboratoriyani tashkil etsin;
v) har oyda bitta hududda xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobidan Bilim va innovatsiyalar milliy markazi, tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalarni jalb qilgan holda xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar ishtirokida meva-sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlar, dorivor o‘simliklar yetishtirish, ularni qayta ishlash, eksport qilish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazib borsin;
g) 2023-yil 1-noyabrga qadar Bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzurida Yuqori Chirchiq tumanida, agrar biznes sohasidagi mutaxassislar, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan agroklasterlar, fermerlar, dehqon xo‘jaliklarining bilimlarini oshirish, ularda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, biznes loyihalarini tayyorlash bo‘yicha agrar sohada biznes maktab tashkil qilsin.
Bunda, ushbu maktab “Agrobank” ATBning joylardagi agromarkazlari, ma’muriy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, agrar sohadagi agromaslahat va tavsiyalarni berish faoliyatini olib borayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli tuzilmalari va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro muvofiqlashgan holda tashkil etiladi;
d) respublika hududlaridagi oziq-ovqat bozorlari va savdo komplekslarida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi yuzasidan monitoring olib borsin hamda ushbu ma’lumotlarni Vazirlik saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib borsin.
Bunda, Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan) tashkil etiladi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi, Vazirlik 2023-yilda 3-ilovada keltirilgan prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq 100,4 ming gektar yer maydonlarining qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilishini ta’minlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari, Vazirlik, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bir oy muddatda mahsulot yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta’minotchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi, savdo-xarid tashkilotlari va qishloq xo‘jaligi kooperativlari o‘rtasida 2023-yil hosili uchun mahsulot yetkazib berish va xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilishiga va ularning o‘z vaqtida bajarilishiga mas’ul etib belgilansin.
9.Agentlik: Import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat import mahsulotlarini, shu jumladan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish va ko‘paytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashsin va xizmat ko‘rsatsin;
Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda 2023-yilda mevali bog‘ va uzumzorlar barpo etadigan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari talabidan kelib chiqqan holda muvofiqlik sertifikatiga ega mevali bog‘ va uzum ko‘chatlari yetkazib berishni tashkil etsin;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, 2023-yil bahor va kuz oylarida har bir viloyatda o‘rtacha 250 — 300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etsin;
uch oy muddatda bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘liq raqamlashtirgan holda ularning pasportlari yaratilishini ta’minlasin.
10. Suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda sug‘orish mavsumida tasdiqlangan suv olish limitlari doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suvga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, sug‘orish jadvallari asosida o‘z vaqtida suv bilan ta’minlasin.
11. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun aholiga dehqon xo‘jaligi yuritish maqsadida beriladigan yerlarning maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Vazirlik ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Vazirlik bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri A.B. Voitov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

1 O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasining ma’lumotlari. Yetishtirilgan meva va rezavorlar umumiy hajmida hududlar bo‘yicha eng katta ulush Andijon (23,0 %), Farg‘ona (13,0 %), Samarqand (12,6 %), Namangan (10,4 %) va Buxoro (9,2 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, meva va rezavorlar umumiy hajmida eng kam ulush, Sirdaryo viloyati (1,5 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (2,2 %) kuzatildi. Ko‘rsatib o‘tilgan davrlarda yuqori o‘sish sur’atlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (106,9 %), Sirdaryo (105,7 %), Qashqadaryo (105,6 %), Surxondaryo (104,9 %), Namangan (104,8 %) viloyatlarida qayd etildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda ta’kidlash joizki, mamlakatimiz qishloq xo’jaligining samaradorligini yanada oshirish va barqarorligini ta’minlash qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori texnologiyalarini o’zlashtirish, zamonaviy qishloq xo’jaligi texnikalaridan foydalanish, qayta ishlash tarmoqlarining rivojlanishi, yer va boshqa turdagi resurslardan foydalanishni yaxshilash, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari o’rtasidagi baho nomutanosibligini tugatish, davlat tomonidan qishloqlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, ichki xo’jalik munosabatlarini takomillashtirish, servis xizmati ko’rsatishni yaxshilash, ushbu tarmoqni boshqarishda zamonaviy ilmiy asoslangan uslublardan foydalanish kabilarga bevosita bog’liqdir. Xo’jalik yuritishning bunday istiqbolli tizimi amaldagisi bilan taqqoslanganda uni tashkil etish va faoliyat yuritilishining innovatsion yondashuvga asoslanganligi – o’ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, agrar tarmoqning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishga faqatgina, bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga innovatsiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqdir. Ta’kidlash lozimki, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o’z mablag’laridan foydlanilayotgan holatlarda, asosiy turdagi texnologiyalarga ega bo’lgan, lekin investitsion mablag’larga va yalpi ishlab chiqarish tajribalariga ega bo’lmagan boshqa korxonalar bilan hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Agrar tarmoq doirasida innovatsion faoliyatning ushbu elementi muhim ahamiyat kasb etadi. Hamkorlikning bunday ko’rinishini quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirish mumkin:



  • ilmiy-tadqiqot ishlariga investitsiyalar kiritish;

  • boshqaruvchilik yordamini ko’rsatish;

  • o’xshash va nomukammal texnologiyalar vujudga kelganda mustaqil korxonalarni aniqlash;

  • yirik va kichik korxonalarning ustuvorliklari va imkoniyatlarini birlashtirish;

  • istiqbolli va yuqori riskka ega bo’lgan noan’anaviy texnologiyalarni ishlab chiquvchi mustaqil tarkibiy tuzilmani tashkil etish. Mamlakatimiz Prezidentning «O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-5009-son qarorida aynan oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo’nalishida qo’yilgan vazifalar mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishda muhim hujjat ekanligidan dalolat beradi. Ya’ni bu yo’nalishlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • shakllangan dehqonchilik ko’nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlarining hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish;

  • 2021 yil 1 apreldan boshlab tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog’ va tokzorlar barpo etish va 7 yil muddatda to’lash sharti bilan aholiga sotish tizimi yo’lga qo’yish;

kooperatsiya shartlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo’jaliklari hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalarining ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga berish va boshqalar. Yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi jarayonida mamlakatimiz qishloq xo’jaligida 2021- yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni (2020- yilning yanvar-dekabr oylari mos ravishda 2019- yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan – 102,9 %), shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 103,9 % (102,9 %)ni, o‘rmon xo‘jaligi – 101,5 % (101,7 %)ni, baliqchilik xo‘jaligi – 121,4 % (117,9 %)ni tashkil qildi
XULOSA
Olib borilgan izlanishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, oziq-ovqat mahsulotlarining importi ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, narxlarni pasaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat muhitini yaratish imkonini beradi va buning natijasida ularni samaradorlikni oshirishga majbur qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tashqi bozorlarda raqobatlashish imkonini beradi va shu bilan birga sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda yanada samarali ishlashga majbur qiladi.
Yüklə 35,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin