49
Ko‗pchilik sayyohatchilar turli mamlakatlar milliy taomlari bilan tanishish
maqsadida maxsus gostronomik va ichimlik safarlariga otlanadilar. Bunday safarlar
chog‗ida ular mahalliy urf-odatlar bilan tanishishadi. Ko‗p hollarda folklor bayramlari
ishtirokchisiga aylanadilar. Germaniya va Chexiyada bo‗lganda, masalan, pivo
muassasalariga kirilmasdan qolmaydi. Ispaniyada bo‗lishni esa «passov a tapeo» siz,
ya‘ni barlar bo‗ylab sayr vino va pivoga qo‗shib beriladigan gazaklarni tatib ko‗rishni
tasavvur qilib bo‗lmaydi. Turistlarda etnografik restoranlar va kafelar katta qiziqish
uyg‗otadi. Ulardagi milliy ichki joziba, orastalik, ofitsiantlar kiyimi, orkestr repertuari,
taklif qilinadigan taomlar va ichimliklar hech kimni korxonalari befarq qoldirmaydi.
Milliylikdan tashqari, ovqatlanish korxonalari boshqa har xil ko‗rinishda bo‗lishi ham
mumkin: bank o‗ziga xos xizmatlaridan tortib, shamol tegirmonlarigacha. Tanlash
markaziy mavzusi zallarni jihozlanishi, mijozlarga xizmat ko‗rsatish marketing
tadqiqotlari va san‘at uyg‗unligini qamrab oladi. Bozor vaziyatini bilish va raqobat
sharoiti mavzu istiqbollarini begilash imkonini beradi. Bunda restoranlarning tajribali
menejerlari ko‗pincha o‗z funksiyalariga tayanadilar.
Mavzular tanlash hamisha ma‘lum qaltisliklar bilan kechadi. Muvaffaqiyatsizlikka
uchralganda uni almashtirishga to‗g‗ri keladi. Bunday vaziyatlarda odatda restoranlar
lavhasini yoki taomnomasinigina yangilash bilan cheklanishmaydi. Ular binoni to‗liq
rekonstruksiya qiladilar. Yangi xodimlar yollaydilar, taomnoma tuzadilar va oshxona
jihozlari buyuradilar. Tanlangan mavzuga doir tegishli ko‗ngil ochar dasturlar o‗ylab
topadilar. Odatda bunday qayta qurish ishlari qimmatga tushadi. Shuning uchun ungacha
moliyaviy reja ishlab chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: