12
rahbarligi ostida MMI da mehnatni tashkil etishning yangi usullarini o‗rganish,
loyihalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni o‗qitishva malakasini
oshirishning maqbul tizimini yaratish bo‗yicha salmoqli ishlar amalgaoshirildi.
A.K.Gastev asarlari jeda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, u tomonidan ishlab
chiqilgan taklif va tavsiyalar hozirgi davrda ham dolzarbdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish
va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori - Platon Mixaylovich Korjensev (1881-
1940). P.M.Korjensev 1923-1924 yillar davomida Butun Ittifoq mehnatni tashkil etish
Kengashi prezidiumi a‘zosi bo‗lgan va «Pravda» gazetasida ishlagan. Bu yil davomida u
«Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish tamoyillari», «Vaqt uchun kurash»,
«O‗zingni o‗zing tashkil et» singari asarlarini yozdi. P.M.Korjensev tomonidan tavsiya
etilgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlash, mehnat sharoiti, moddiy
vositalardan to‗g‗ri foydaanish xaqidagi takliflar juda dolzarb edi.
Mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga bu muammo bo‗yicha tadqiqot
olib borgan P.A.Popov, O.A.Ermanskiy va boshqalar ham salmoqli xissa qo‗shganlar.
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub islohatlar
boshqaruvni jamiyatni damokratlashtirish, oshkarolik va pastdan yuqoriga halq
hokimiyatini o‗rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo‗llarini ifodalab berdi.
Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga
o‗tishga asos bo‗ldi. Jamiyatdagi tub o‗zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, mnejment
uslublari va texnologiyasiga jiddiy o‗zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‗ydi.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirgi davrgacha
mavjud bo‗lgan tajriba, jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarini
boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va xuquqiy xujjatlarga
asoslangan holda amalga oshiriladi. Menejment sohasida jaxon tajribasi, rivojlangan
mamlakatlar va o‗zimizda to‗plangan tajribadan foydalaniladi.
Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko‗p yillarga mo‗ljallangan strategik
vazifadir. Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kechdi. Bu erda bozor
munosabatlariga o‗tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy
mulk bilan bir vaqtning o‗zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar
bilan hamkorlikka asoslangan holda turli xo‗jalik yuritish usullarini qo‗llash yo‗li bilan
amal qilishi kerak.
Menejment oldiga qo‗yilgan ko‗pchilitk vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda.
Hozirda iqtisodiy mehmonxonalar vazifalari o‗zgartirildi, boshqaruvning bozor
munosabatlariga
o‗tishi
amalga
oshirilmoqda,
boshqaruvning
ixtisoslashuv
chuqurlashuvi va kooperatsiya bo‗yicha aloqalar barqaror bo‗lishini ta‘minlovchi yangi
tashkiliy tizimlari vuudga kelmoqda.
Islohatlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo‗g‗inlarini - asosiy bo‗g‗in
(korxona)dan to boshqaruvning oliy bo‗g‗inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar
to‗g‗risidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari
bo‗yicha iste‘molchilar olddagi majburiyatlarini oshirdi.
Dostları ilə paylaş: